44
Demak, standartlashtirish ob‘ekti – standartlashtiriladigan yoki unga
yo‗naltirilgan mahsulot, ishlar (jarayonlar) va xizmatlardir.
Standartlashtirish jihati – tanlangan standartlashtrish ob‘ektini standartlashtirish
yo‗nalishi bo‗lib, unga ko‗rsatilgan talablar turini aniqlaydi.
O‗z-o‗zidan standartlashtishrish jihati muayyan bir guruhdagi mahsulot yoki
xizmatlar bo‗lib, unda: atama va ta‘riflar,
sinflanishi, asosiy parametriga talablar,
saqlash, tashish va vosita hamda usullariga talablar,
nazorat usullari va vositalari,
metodlariga talablar va boshqalar hisoblanadi.
Standartlashtirish sohasi o‗zaroaloqador standartlashtirish ob‘ektlari majmuasi
deb ataladi. Standartlashtishrish sohasi bo‗lib, kimyo sanoati,
mashinasozlik,
transport, oziq-ovqat sanoati, tibbiyot, ekologiya va boshqalar hisoblanadi. Masalan,
kimyo sanoati standartlashtirish sohasi bo‗lsa, kimyo sanoatining standartlashtirish
ob‘ektlari bo‗lib texnologik jarayonlar,
mahsulotlar, qurilmalarning xavfsizligi va
ekologikligi va boshqalar hisoblanadi.
Standartlashtirish turli darajalarda amalga oshiriladi. Standartlashtirish darajasi
dunyoning siyosiy,
geografik, iqtisodiy hududi qabul qilingan standart
ishtirokchilarining aloqadorligi bilan farqlanadi. Jami bo‗lib to‗rtta asosiy darajaga:
halqaro, hududiy, milliy va korxona (tashkilot) darajasiga bo‗ladi.
Standartlashtirish ob‘ekti, jihati va darajasi standartlashtirish sferasini tashkil
etadi. Uni uch o‗lchamli to‗g‗ri burchakli kordinata
tizimlarida grafik shaklda
tasvirlash mumkin (2.1.1.2-rasm).
45
Odatda xalqaro, mintaqaviy, milliy standartlashtirish idoralari mavjud.
Xalqaro standartlashtirish faoliyatida barcha mamlakatlarning tegishli idoralari
erkin holda ishtirok etish mumkin.
Mintaqaviy standartlashtirish deganda dunyo miqyosida birgina jug‗rofiy yoki
iqtisodiy mintaqasiga qarashli mamlakatlarning tegishli idoralari uchun erkin holda
ishtirok etishlari mumkin bo‗lgan standartlashtirish tushuniladi.
Milliy standartlashtirish – bu muayyan bir mamlakat doirasida o‗tkaziladigan
standartlashtirish faoliyatidir.
Standartlashtirish har xil faoliyat turlari va uning
natijalariga daxldor qoidalar,
umumiy qonun-qoidalar yoki tavsiflarni o‗zida qamrab olgan me‘yoriy hujjat
hisoblanadi.
Me‘yoriy hujjat – atamasi standartlar, texnikaviy shartlar, shuningdek umumiy
ko‗rsatmalar, yo‗riqnomalar va qoidalar tushunchasini ham o‗z ichiga qamrab oladi.
Standartlashtirish maqsadlari ko‗p qirrali bo‗lib, ular asosan quyidagilardan
iborat: birxillashtirish (har xillikni boshqarish), qo‗llanishlilik,
moslashuvchanlik,
o‗zaroalmashuvchanlik, sog‗liqni saqlash, xavfsizlikni ta‘minlash, tashqi muhitni
asrash, mahsulotni himoyalash, o‗zaro
tushunishlikka erishish, savdodagi iqtisodiy
ko‗rsatkichlarni yaxshilash va boshqalar. Bir maqsadning amalga oshishida bir
vaqtda boshqa maqsadlarning ham amalga oshishi mumkin.
Xalqaro
Hududiy
Milliy
Korxona darajasi