37
Shu sababli, ko‗pgina xalqaro standartlarni yaratishda
boshqa faoliyatdagi
metrologlar va mutaxassislarning ishtirokini talab etadi, hamda standartlashtirish
bo‗yicha Xalqaro tashkilot qonunlashtirilgan metrologiya bo‗yicha Xalqaro tashkilot,
Xalqaro elektrotexnik komissiya va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda ish
olib boradi.
Standartlashtirish bo‗yicha shug‗ullanadigan Xalqaro tashkilotning texnik
qo‗mitalari
barcha ilmiy-texnik, iqtisodiy va sotsial faoliyatda Xalqaro
standartlarning loyihalarini yaratish bilan shug‗ullanadi. Eng ko‗p e‘tibor kimyo,
neft-kimyo, qishloq xo‗jaligi va oziq-ovqat sanoatiga katta e‘tibor beradi. ISO 9000,
ISO 9001 va ISO 9004 standartlar raqamida O‗zbekiston Davlat standartlari sifatida
qabul qilingan. 11000 dan ortiq standartlar O‗zstandart Agentligining so‗rov-
yo‗riqnoma jamg‗armasida o‗z o‗rnini egallab kelmoqda.
Standartlashtirish bo‗yicha Xalqaro tashkilot a‘zolari standartlashtirish bo‗yicha
Milliy tashkilotlar deyiladi. A‘zolari bo‗lib, har bir mamlakatdan bir kishi ishtirok
etadi. Bosh Assambleyaning yig‗ilishida standartlashtirish bo‗yicha Xalqaro tashkilot
a‘zoligiga har bir tashkilotdan uchtagacha delegat ishtirok etadi. Bunga bog‗liqsiz
ravishda har bir qo‗mita standartlashtirish bo‗yicha Xalqaro tashkilot a‘zoligiga bir
kishi ovoz bilan saylanadi.
1970 yil 14 oktabrdan boshlab, Xalqaro standartlashtirish kuni deb e‘lon qilindi.
1972 yilgacha Xalqaro standartlar «standartlash bo‗yicha Xalqaro tashkilot tavsiyasi»
degan nom bilan yuritilgan. Standartlashtirish bo‗yicha Xalqaro tashkilotning
tavsiyasiga binoan 1970 yil Anqara shahrida
VIII Bosh Assambleyaning
standartlashtirish bo‗yicha Xalqaro tashkilotida «Xalqaro standartlar» deb qabul
qilindi va 1972 yildan boshlab kuchga kirdi.
Xalqaro
standartlar
xalqaro
savdodagi
barcha
texnik
to‗siqlardan
chetlashtirishda samarali vosita bo‗lib hisoblanadi. Shu bilan birgalikda, bu tashkilot
ilmiy-texnik miqyosini va mahsulot sifatini aniqlaydi.