1 мъаруза ўЎҒғҚқҲҳ




Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/94
Sana04.10.2024
Hajmi2,06 Mb.
#273607
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   94
Bog'liq
1 мъаруза ўЎ

 
II -
 
MODUL. STANDARTLASHTIRISHNING HUQUQIY ASOSLARI
 
MAQSAD VA VAZIFALARI, TAMOYILLARI 
2.1 
 
O„zbekiston Respublikasida standartlashtirishning huquqiy asoslari 
―O‗zbekiston Respublikasida standartlashtirish bo‗yicha ishlarni tashkillashtirish 
to‗g‗risida‖ (mart 1992 y.) Respublika Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 
belgilangan standartlashtirishning tashkiliy asoslari ―Standartlashtirish to‗g‗risida‖ 
O‗zbekiston Respublikasining Qonuni bilan qonunlashtirilgan. Qonun 28 dekabr 


38 
1993 y. da qabul qilingan, 28 fevral 1994 y. umumiy axborot vositalarida chop 
etilgan va shu kundan boshlab kuchga kirgan. 
Qonunda standartlashtirishning asosiy maqsadlari belgilangan: 
– iste‘molchilar va davlatning mahsulot (xizmatlar) ning aholi hayoti, sog‗ligi va 
mulki, atrof muhit uchun xavfsizligi masalalari bo‗yicha manfaatlarini himoya qilish; 
– mahsulotning o‗zaro almashinuvchanligi va mos keluvchanligini ta‘minlash; 
– mahsulotning sifati va raqobatbardoshligini oshirish; 
– barcha turdagi boyliklarning tejalishiga ko‗maklashish; 
– ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalarni amalga oshirish; 
– tabiiy va texnogen halokatlar va boshqa favqulodda vaziyatlarning sodir 
bo‗lishi ehtimolini hisobga olgan holda xalq xo‗jaligi ob‘ektlarining xavfsizligini 
ta‘minlash; 
– o‗lchashlarning birliligini ta‘minlash. 
O‗zbekiston Respublikasining ―Standartlashtirish to‗g‗risida‖ qonunida 
belgilanganki, respublikada standartlashtirish bo‗yicha ishlarni o‗tkazish umumiy 
tashkiliy-texnik qoidalarini belgilovchi O‗z SDT faoliyat ko‗rsatadi. Bu qoidalarning 
o‗zi O‗zdavstandart tomonidan o‗rnatiladi. Davlatarxitekturaqurilish (qurilish, 
qurilish industriyasi, shu jumladan loyihalash va konstruksiyalash sohasida), 
Davlattabiatqo‗mitasi (tabiiy boyliklardan foydalanish va atrof muhitni ifloslanish va 
boshqa zararli ta‘sirlardan saqlash sohasida, Sog‗liqni saqlash vazirligi (tibbiyotga 
mo‗ljallangan mahsulotlar, tibbiyot texnikasi buyumlari, dori-:darmonlar sohasida, 
shuningdek respublikada chiqariladigan va import bo‗yicha keltiriladigai mahsulotda 
inson uchun xavfli aralashmalar borligini aniqlash masalalari bo‗yicha) o‗zining 
vakolat 
doirasida 
standartlashtirish 
bo‗yicha 
ishlarni 
tashkillashtirish, 
muvofiqlashtnrish va ta‘minlash ishlarini olib boradi. Respublikada ko‗llaniladigan 
me‘yoriy hujjatlar ro‗yxati keltirilgan: 

xalqaro (davlatlararo, hududiy) standartlar; 

O‗zbekiston davlat standartlari; 

tarmoqlar standartlari; 

texnik shartlar; 

ma‘muriy-hududiy standartlar; 

korxonalarning standartlari; 

xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari. 


39 
Standartlashtirish bo‗yicha me‘yoriy hujkatlarga shuningdek, standartlashtirish 
bo‗yicha qoidalar, me‘yorlar, texnik-iqtisodiy va ijtimoiy axborotlar tasniflagichlari 
(klassifikatorlari) ham kiradi. 
Xalqaro (davlatlararo, hududiy), xorijiy me‘yoriy hujjatlar O‗zdavstandart 
tomonidan belgilangan tartibda qo‗llaniladi. Yagona va uzluksiz ta‘lim davlat 
tizimida ta‘lim davlat standartlari ishlab chiqiladi, respublika Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan tasdiqlanadi. 
Standartlashtirish bo‗yicha me‘yoriy hujjatlar mamlakatimiz va xorijiy fan va 
texnikasining zamonaviy yutuqlariga asoslanishi va xalqaro savdo uchun ortiqcha 
to‗siqlar paydo qilmasligi lozim. Raqobatbardoshlikni ta‘minlash uchun o‗zuvchi 
(oldindan tuzilgan) standartlar yaratilishi mumkin. 
Mahsulotni me‘yoriy xujjatlarsiz ishlab chiqarish va xaridga qo‗yish man etiladi. 
Mahsulotning aholi hayoti, sog‗ligi, mulkiga xavfsizligini ta‘minlaydigan 
me‘yoriy hujjatlarning talablari, mahsulotning mos keluvchanligi va o‗zaro 
almashinuvchanligini, bularni tekshirish usullarining bir xilligini va bir xil 
tamg‗alanishini ta‘minlash uchun rioya qilinishi shart. 
Standartlar va o‗lchashlar birliligini ta‘minlash ustidan davlat nazorati idoralari, 
ob‘ektlari va sub‘ektlari, davlat nazoratini bajaruvchi davlat inspektorlarining 
huquqlari va mas‘ulligi, shuningdek davlat nazorati sub‘ektlarining va bularga rahbar 
shaxslarning standartlashtirish to‗g‗risida qonunlarni buzganligi uchun, shuningdek 
standartlardagi majburiy talablarni buzganligi uchun javobgarliklari belgilangan. 
Davlat nazorati idoralariga quyidagi huquqlar berilgan: 

aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish to‗g‗risida ko‗rsatma berish; 

jarima solish; 

tadbirkor sub‘ektlarning lavozimli shaxslarini ma‘muriy javobgarlikka 
tortish; 

tekshirilgan mahsulotni ishlab chiqarishni taqiqlash yoki xaridga qo‗yish 
(yetkazib berish, sotish)ni, foydalanish (ekspluatatsiya qilish) ni to‗xtatish; 

standartlarning majburiy talablariga mos kelmaydigan va davlat ruyxatidan 
o‗tmagan import mahsulotning xaridga qo‗yilishini taqiqlash; 

mahsulotni ishlab chiqarish yoki xaridga qo‗yishni (yetkazib berish, 
sotishni) taqiqlash to‗g‗risidagi davlat inspektorining ko‗rsatmasini buzganligi uchun 
jarima yozish. 


40 
Jarima sud tononidan belgilanadi, agar tadbirkor sub‘ekt qoidani buzganlikdagi 
aybini o‗z bo‗yniga olsa va jarimani o‗z ixtiyori bilan to‗lashga rozi bo‗lsa, bu 
to‗g‗rida qaror davnazorat idoralari tomonidan qabul qilinadi. 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10 noyabr 2006 y. № 
235 qarori bilan Davlat nazorati to‗g‗risidagi Nizomga jarimaga tortish qismida 
o‗zgartirishlar va qo‗shimchalar kiritilgan (Nizom 12 avgust 1994 y. № 410 
hukumat qarori bilan tasdiqlangan). 
a) 4 modda beshinchi abzas quyidagicha tahrirda bayon etiladi:
―xo‗jalik faoliyatini yurituvchi sub‘ektlarga nisbatan standartlarning majburiy 
talablarini buzganligi uchun, lavozimli shaxslarga ma‘muriy jazo qo‗llanilgandan 
keyin yil davomida takror buzilishga yul qo‗yganligi uchun xaridga chiqarilgan 
mahsulot narxining 50 foizi miqdorida jarimalarni qo‗llash tug‗risida qaror qabul 
qilish‖; 
b) quyidagi mazmunda 9 modda qo‗shimcha kiritilsin:
―9. Xo‗jalik faoliyati sub‘ektining oxirgi hisobot sanasida joriy aktivlarining 
summasidan 20 foizdan ortiq jarimalarni undirish qaror qabul qilingan kundan 
boshlab 6 oyga har oyda to‗lash sharti bilan cho‗zilishi mumkin‖ 
Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan ishlar ro‗yxati belgilangan: 
– xalqaro, davlatlararo, hududiy me‘yoriy hujjatlarni ishlab chiqish yoki 
qatnashish; 
– standartlashtirishning muayyan ob‘ektlari bo‗yicha qonun hujjatlarining 
loyihalarini ishlab chiqish; 
– asos bo‗luvchi tashkiliy-metodik va umumtexnikaviy me‘yoriy hujjatlarni 
ishlab chiqish va uning ishlashini ta‘minlash; 
– texnik-iqtisodiy axborot tasniflagichlarini ishlab chiqish, bular to‗g‗risida 
rasmiy axborot tayyorlash va chop etish, shuningdek barcha foydalanuvchilarga 
tarqatish: 
– umumdavlat ahamiyatidagi ilmiy-tadqiqot va boshqa ishlarni bajarish 
– standartlarning majburiy talablariga rioya qilish ustidan davlat nazoratini 
amalga oshirish; 
– me‘yoriy hujjatlar davlat jamg‗armasini shakllantirish va olib borish. 
Standartlarni, mahsulot va xizmatlar katalogini belgilangan tartibda xaridga 
qo‗yishdan olingan mablag‗lar, shuningdek standartlashtirish to‗g‗risidagi qonunlarni 
buzganligi uchun jarimaga tortishdan olingan mablag‗larning bir qismi ham 
moliyalash manbalari bo‗lishi mumkin. 


41 
Davlat budjeti mablag‗laridan moliyalashtiriladigan davlat dasturlarini ishlab 
chiqishda mahsulot sifatini me‘yoriy ta‘minlash bo‗limlari nazarda tutilishi lozim. 
Muvofiqlik belgisi bilan tamg‗alangan mahsulot chiqaruvchi korxonalarni, 
shuningdek 
ananaviy 
texnologiya 
imnoniyatlaridan 
o‗zuvchi, 
istiqbolga 
mo‗ljallangan talablar standarti bo‗yicha mahsulot ishlab chiqargani uchun iqtisodiy 
yordam va rag‗batlantirish davlat kafolati Qonunda ko‗zda tutilgan. 

Download 2,06 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   94




Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish