Standartlashtirishning asosiy tushuncha, maqsad va vazifalari




Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/94
Sana04.10.2024
Hajmi2,06 Mb.
#273607
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   94
Bog'liq
1 мъаруза ўЎ

2.1.1 Standartlashtirishning asosiy tushuncha, maqsad va vazifalari 
Faraz qilaylik, endi dam olay deb, dam olish xonasiga kirib, chiroqni yoqqan 
edik, lip etib yondi-yu, o‗chdi. Nima qilamiz? Darhol boshqa lampochkani olib, 
almashtiramiz. Xo‗sh, buning nimasi g‗ayri tabiiy? Siz bunda kuygan lampochkani 
o‗rniga boshqasi aynan, ham kuchlanish bo‗yicha, ham qo‗vvati bo‗yicha, ham 
o‗lchamlari bo‗yicha to‗g‗ri kelishini ostida qanchalar inson mehnati yotganligini 
hech o‗ylab ko‗rganmisiz? 
Odatda biz standart bo‗yicha degan iborani ko‗p ishlatamiz. 
Xo‗sh standart nima? Standart - bu ko‗pchilik manfaatdor tomonlar kelishuvi 
asosida ishlab chiqilgan va ma‘lum sohalarda eng maqbul darajali tartiblashtirishga 
yo‗naltirilgan hamda faoliyatning har xil turlariga yoki natijalariga tegishli bo‗lgan 
umumiy va takror qo‗llaniladigan qoidalar, umumiy qonun-qoidalar, tavsiflar
talablar va usullar belgilangan va tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan me‘yoriy 
hujjatdir. 
Standartlar fan, texnika va tajribalarning umumlashtirilgan natijalariga 
asoslangan va jamiyat uchun yuqori darajadagi foydaga erishishga yo‗naltirilgan 
bo‗lishi kerak. 
Standartlar darajasiga qarab, halqaro, mintaqaviy davlatlararo, milliy va korxona 
miqyosida faoliyat ko‗rsatadi. 
Davlat standartlari mahsulotni ishlab chiqish va uni ishlab chiqarishga qo‗yish 
bosqichida yangi mahsulotlarning yuqori sifatli turlarini yaratish va o‗zlashtirishni 
tezlashtirishga, ishlab chiqaruvchi, tayyorlovchi va iste‘molchi oralaridagi 
munosabatlarni yaxshilashga yo‗naltirilgan. 
Standartlashtirish tizimi yangi buyumga o‗z vaqtida yuqori sifatli loyiha-
konstruktorlik hujjatlar berish, korxonaning yangi mahsulotini berilgan sifat 
ko‗rsatkichlariga asosan tayyorlashni va kerak bo‗lsa mahsulotning ishlab 
chiqarishdan olib tashlashni belgilaydi. 


42 
Standartlashtirish mahsulot muomalada bo‗lganida va sotish bosqichlarida 
mahsulotni joylashtirish (upakovka)da yaxshi tartib va sharoitlar yaratishga, 
yuklashga va joylashtirishga, saqlashga, omborlarda mahsulot sifatini buzilmay 
saqlashga, transportda olib yurishda, buyumni tarqatish, sotish tashkilotlariga talablar 
belgilaydi. 
Standartlashtirish tub mohiyati bilan ishlab chiqarishni tashkil etishning eng 
samarador formalari haqidagi fandir. 
Standartlashtirish iqtisod, texnologiya va fundamental fanlar singari asosiy 
yo‗nalishlarni bir-biriga bog‗lovchi vosita hamdir. 
Ko‗pgina texnika jihatidan ilg‗or mamlakatlarda standartlashtirish masalalariga 
o‗suvchi qiziqish qayd qilinmoqda, uning asosi bo‗lgan standartlashtirishning 
nazariyasiga ham katta e‘tibor berilmoqda. 
Standartlashtirishni texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarishda eng ratsional joriy 
qilish, mahsulot sifatini yaxshilash, mehnat harajatlarini va moddiy resurslarni 
ta‘sirchan vositalaridan biri sifatida ko‗rilmoqda. 
Ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik dastur va loyihalarni amalga oshirish 
standartlashtirishning asosiy maqsadlaridan hisoblanadi. Bu maqsadni amalga 
oshirilishi «Standartlashtirish to‗g‗risida»gi qonunda aniqlashtirilgan: «To‗liq yoki 
qisman respublika budjet mablag‗larini moliyalashtiruvchi davlat dasturlarini ishlab 
chiqishda mahsulotning sifatini me‘yoriy taminlanishi bo‗yicha bo‗limlar ko‗zda 
tutilishi shart». 
Tabiiy va texnogen falokatlar va boshqa favqulodda vaziyatlar vujudga kelishini 
hisobga olgan holda, iqtisodiyot ob‘ektlarining xavfsizligini ta‘minlash. 
O‗zRH 78-001 rahbariy hujjat bilan me‘yoriy hujjatlarda yong‗in xavfsizligi 
talablari to‗liq ko‗rsatilishini tekshirish metodikasi ustidan nazorat qilish tartibi 
tasdiqlangan. 
Standart bu ko‗pchilik manfaatdor tomonlar konsensusi (kelishuvi) asosida 
ishlab chiqilgan, ma‘lum sohalarda optimal tartiblashtirishga yo‗naltirilgan 
faoliyatning har xil turiga yoki natijalariga tegishli bo‗lgan umumiy va takror 
qo‗llaniladigan qonun-qoidalar, tavsiflar, talablar va usullar belgilangan va tan 
olingan idora tomonidan tasdiqlangan me‘yoriy hujjatdir. 
Standartlashtirish bu barcha manfaatdor tomonlar ishtirokida umumfoydali, 
jumladan, iqtisodiyotga erishishda takrorlanadigan vazifa (jarayon)larning umum 
maqbul yechimini topish uchun foydalanish sharti, texnik xavfsizlik va ekologiya 


43 
talablariga rioya qilingan holda, ma‘lum bir sohada, faoliyatni optimal darajada
tartiblashtirish maqsadida qoidalar o‗rnatish va qo‗llashdir. 
"Standartlashtirish ob‘ekti" tushunchasini keng ma‘noda ifodalash uchun 
"mahsulot, jarayon, xizmat" iboralari qabul qilingan bo‗lib, buni har qanday 
materialga, tarkibiy qismlarga, asbob-uskunalarga, tizimlarga, ularni mosligiga, 
qonun-qoidasiga, ish olib borish uslubiga, vazifasiga, usuliga yoki faoliyatiga teng 
darajada daxldor deb tushunmoq lozim (2.1.1.1-rasm). 
Standartlashtirish har qanday ob‘ektning muayyan jihatlari (xususiyatlari) bilan 
cheklanishi mumkin. Masalan, oyoq kiyimga nisbatan yondashiladigan bo‗lsa, uning 
katta-kichikligi va pishiqligini alohida standartlashtirish mumkin. 
Standartlashtirish ob‘ekti sifatida xizmat – xalqqa xizmat qilishni (xizmat 
shartlarini qo‗shib) va korxona hamda tashkilotlar uchun ishlab chiqarish xizmatini 
o‗z ichiga oladi. Standartlashtirishning boshqa ob‘ektlari faoliyatining biriktirilgan 
sohalarida O‗zbekiston Respublikasi Tabiati muhofaza qilish davlat qo‗mitasi, Davlat 
arxitektura va qurilish qo‗mitasi hamda Sog‗liqni saqlash vazirligi tomonidan 
belgilanadi. 
Mahsulotlar 
(xalq iste‘moli tovarlari, 
ishlab chiqarish 
vositalari) 
Xizmatlar
(xo‗jalik, ishlab chiqarish) 
Jarayonlar
(ishlar) 
Xom-ashyo va tabiiy 
yonilg‗ilar 
Materiallar va oziq-
ovqatlar 
Tayyor buyumlar 
Bir guruhdagi 
mahsulotlarning 
alohida jihatlari: 
- atamalar, 
belgilashlar; 
- parametr va 
o‗lchamlari; 
- texnik talablar; 
- nazorat usullari; 
- tamg‗alash, 
qadoqlash, tashishi va 
saqlash qoidalari 
Materialli 
Nomaterialli (ijtimoiy-
madaniy) 
Bir guruhdagi 
xizmatlarning alohida 
jihatlari: 
- atamalar; 
- texnik talablar; 
- baholash usullari; 
- korxonalarni 
sinflanishi; 
- xodimlarga talablar 
- Mahsulot hayotiy 
siklining alohida 
bosqichlariga mansub 
jarayonlar; 
- nomaterial ishlab 
chiqarish bilan bog‗liq 
jarayonlar (statistik, 
bank, nashriyot 
faoliyati); 
- boshqaruv 
jarayonlari; 
- o‗lchash jarayonlari; 
- axbortlarni qayta 
ishlash va hisoblash 
jarayonlari; 
- himoyalash faoliyati 
jarayonlari (insonlar, 
tabiat) 

Download 2,06 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   94




Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Standartlashtirishning asosiy tushuncha, maqsad va vazifalari

Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish