49
– standartlashtirishning hamma bosqichlarida me‘yoriy hujjatlarni o‗zaro
bog‗liqligini va kelishilganligi, boshqarishning barcha pog‗onalarida ularni o‗xshash
ob‘ektlari uchun qaytadan ishlab chiqilmasligi;
– amaldagi me‘yoriy
hujjatlar, standartlashtirish bo‗yicha dasturlar va ish
rejalari to‗g‗risidagi axborotlarni oshkoraliligi;
– ko‗pchilik dahldor tomonlarning kelishuviga erishish asosida me‘yoriy
hujjatlarni tasdiqlash;
– me‘yoriy hujjatlarning sertifikatlashtirish maqsadlari uchun yaroqliligi;
– standartlashtirish sohasida zamonaviy axborot tizimlari va texnologiyalarni
qo‗llash va hakozo.
Standartlashtirishning umumiy tamoyillari deb quyidagilarni ham keltirish
mumkin:
1) Tomonlar qiziqishini balanslashtirish. Standartlashtirish barcha qiziquvchi
tomonlar ya‘ni mahsulotni iste‘molga tayyorlovchilar, ishlab chiquvchilarning o‗zaro
intilishiga va fikrlariga, har bir tomon uchun mahsulotni ko‗p
qirrali boshqarish
bo‗yicha uning sifati, iqtisodiy ko‗rsatkichi, qo‗llanuvchanligi, o‗rin bosishi va
o‗zaroalmashinuvchanligi, uning atrof-muhit, jamiyat hayoti va sog‗lig‗ uchun
xavfsizligi va boshqa masalalar bilan o‗zaro kelishilgan va asoslangan bo‗lishi lozim.
2) Tizimli tamoyil. Tizim deganda yuqori samaradorlilik
va kam xarajatlilik
bilan qo‗yilgan maqsadni bajarishga olib boriladigan ishlar va o‗zarobog‗liq
elementlar majmui tushuniladi. Tizim elementlari aloqalari miqdori aniqlanilgan yoki
tasodifiy bo‗lishi mumkin. Tizimga kiradigan turli darajada elementlarining
o‗zarobog‗liqligi va ularning majmui ierarxik bog‗liqlikda tuzulmani hosil qiladi.
Standart talablarini optimallashtirish odatda standartlashtiri ob‘ektlarini
parametrik optimallashtirish bilan bog‗liq bo‗ladi.
3) Ishlarni istiqbolligi kelajakda optimal bo‗ladigan hamda standartlashtirish
ob‘ektlariga o‗rnatiladigan talablar va me‘yorlarning yetarli darajada oshirishga
bog‗liqligi bo‗yicha chiqarilayotgan mahsulotni oldindan standartlashtirish
tushuniladi. Ilmiy-texnik bashoratlash oldindan standartlashtirishda muhim ahamiyat
kasb etadi.
Standartlar buyumlarni asosiy texnik ko‗rsatkich darajalari va sifati chegeralari
hamda ayni paytda yetarli tavsiflari ko‗rib chiqiilishi lozim.
4) Standartlashtirishning o‗zgaruvchanligi. Sandartlarni
davriy ravishda ularga
o‗zgarish kiritilishi, bekor qilinishi yoki ularni ko‗rib chiqilishini hamda tekshirishni
ta‘minlaydi.
50
Amaldagi standartlar muddati bo‗yicha uning amal qilishi muvofiqligiga
tekshiriladi. Tekshirish paytida ularning ilmiy-texnik darajasi va eskirgan
ko‗rsatkichlarni, me‘yorlar, tavsiflar, talablar, atamalar, tushunchalar va belgilashlar
asoslangan holda zarar bo‗lsa yangilashlar ishlab chiqiladi.
5) Standartlashtirishda optimallashtirish (maqbullashtirish). Standartlashtirish
ob‘ektining foydasiz ko‗rsatkichlari aniqlansa hamda uslubiy va me‘yoriy-texnik
hujjatlarida banday natijalar aks etishi bilan takomillashtirish va ularni
unifikatsiyalash hamda optimallashtirish usullari ishlab chiqiladi.
Standartlashtirish bo‗yicha
ishlarda, texnologik jarayonlarni optimallashtirish
hamda sifatni oshirishni ta‘minlash uchun takomillashgan optimallashtirish usullari
keng va samarali qo‗llanilib kelinmoqda.
6) Mahsulot (xizmat)larni o‗zaroalmashinuvchanligi, bir-biriga mosligi va
xavfsizligini ta‘minlash usuli standartlarni ishlab chiqishda muhimliligi. Bu
ko‗rsatkich umum davlat ahamiyatiga molik bo‗lib, buning uchun ularni
standartlashtirish,
mahsulot, xizmat va jarayonlarni sertifikatlashtirish va ularni
bajaralishini tekshirish amalga oshirish hisoblanadi.
Standartlarda majburiy talablar va usullar ularni xolisona tekshirish va
ko‗rsatilgan talablarga javob berishi «majburiy standartlar» aniq qilib belgilangan
matn bo‗yicha keltiriladi.
7) Uyg‗unlashganlik tamoyili. Uyg‗unlashgan (o‗zaroaloqador) standartlarni
ishlab chiqilishi qaraladi. Bitta ob‘ektga bizning davlat standartlashtirish
tashkiloti
qabul qilgan hamda xaqaro (hududiy) tashkilotlar ishlab chiqqan o‗zaroaloqador
aynan o‗xshash standartlardan foydalanishda hujjatlarning bir xilligini ta‘minlanishi
tushuniladi.
8) Standartni aniq rasmiylashtirilishi. Standartlarda me‘yor va talablarning ikki
xil mazmunga ega bo‗lishiga yo‗l qo‗yilmaydi.
9) Standartlashtirishning samaradorligi ijtimoiy va iqtisodiy samara bo‗lib hisob
olinadi. Iqtisodiy samara standartlarda texnikaviy va informatsion malumotlarni bir-
biriga to‗g‗ri kelishini, materiallar sarfini kamaytirishni, chidamliligini oshirishni va
resurslarni tejashni ta‘minlaydi. Ijtimoiy samara standartlarda insonlar hayoti va
sog‗lig‗i hamda atrof-muhit xavfsizligini ta‘minlash yo‗nalishlarini yaratadi.