67
Optimallashtirish usullari:
- Matematik optimallashtirish usuli – optimallashtirilgan standartlashtirish
ob‘ektining ishchi holati va matematik modelini batafsil yaratishni tashkil asosidagi
usul. Bu usul ilgarilanma standartlarni ishlab chiqishda sifatni bashoratlashni
ta‘minlashi va yuqori aniqligi bilan farqlanadi. Biroq, undan faqat yaxshi o‗rganilgan
ob‘ektlar, ularni yaratish shartlari va qo‗llanilishini optimallashtirishda
foydanalish
mumkin.
- Ekstrapolyatsiya (narsa va hodisaning bir qismini kuzatish asosida olingan
xulosalarni uning boshqa qismiga yoyish yoki tatbiq etish) yordamida to‗g‗ridan-
to‗g‗ri bashoratlash usuli. Bosh usuli o‗tgan vaqt statistikasidan foydalanish bo‗lib va
vaqt bo‗yicha o‗zgarish imkoniyatlarini hisobga imkonini bermaydi. Shuning uchun
ekstrapolyatsiya usuli qisqa davr vaqtni bashoratlashda foylanish maqsadga muvofiq.
- Funksiya-qiymatli tahlil asosida
optimallashtirish usuli, ya‘ni iqtisodiy
samaradorlik, vaqt bo‗yicha xarajat va samarani solishtirish va bu asosida eng yaxshi
variantlarni tanlash. Ammo, bu yerda standartlashtirish ob‘ekti (qo‗llanilishi)
ekspluatatsiyasidan samara variatsiya tahlili nazarda olinmaydi.
-
Muhandislik
hisoblari
(mustahkamlik,
aniqlik,
chidamlilik,
ishab
chiqaruvchanlik va boshqa ko‗rsatkichlari) asosidagi usul. Taniqli hisoblash
usullariga: usulning
aniqligi juda ham yetarli, ammo u turli ob‘ektlarni solishtirib
baholash uchun foydalanib bo‗lmaydi, faqat bir turdagi ob‘ektlarga qo‗llash samara
beradi.
Ekspertli usullar. Ekspertlarning tajribasi, ziyrakligi, bilimdonligiga asoslangan.
Ekspertlarning
xulosalari yuqori niqlikda, ishonchli, asoslangan, yanglishmagan,
jamoa fikridan mustaqil, yangilangan, dadil va keng ko‗lamli bo‗lishi lozim. Ekspert
usullari ob‘ekt to‗g‗risida nazariy yo‗li bilan yoki
eksperimental usullar bilan
ma‘lumotlar olish umkoni bo‗lmagan hollarda qo‗llaniladi.
Quyidagi ekspert usullari mavjud: evristik (aqliy hujum, ssenariyali, anketali) va
jamoali ekspertizalar. Yanada xolisona va istiqbolli usul bo‗lib ekspertlar guruhi
doirasida jamoali ekspertiza usuli hisoblanadi. Biroq, muayyan sharoitlarga bog‗iq
holatlarda bu usullardan kombinatsiyalashgan holda qo‗llaniladi.