29
Asos bo‗luvchi standartlar barcha STT dagi, masalan, Konstruktorlik
hujjatlarining yagona tizimi (O‗z. KHYaT), Texnologik hujjatlarning yagona tizimi
(O‗z.THYaT), Mahsulot sifati ko‗rsatkichlari tizimi (O‗zMSKT),
Sertifikatlashtirish
milliy tizimi (O‗z SMT), Texnik-iqtisodiy, ijtimoiy axborotlarni tasniflash-kodlash
yagona tizimi (O‗z.TIIA TKYaT), o‗lchashlar birliligini ta‘minlash davlat tizimi (O‗z
O‗DT), Mahsulot yaratish va ishlab chiqarishni tashkil qilish tizimi
(O‗z.MYaIChQT), Akkreditlash tizimi (O‗z. AT),
Mahsulotni sinash tizimi
(O‗z.MST), Sifat tizimi (O‗z.ST) va b. dagi faoliyatlarni tartibga soladi.
Xalqaro standartlardan foydalanish maqsadlarida SDT da Standartlashtirish
bo‗yicha xalqaro tashkilot (ISO) va Xalqaro elektrotexnik komissiya (MEK) ning
atrof muhitni boshqarish tizimida, standartlar kataloglarini taqdim etish tartibida va
xalqaro va hududiy standartlarni O‗zbekiston standartlari
sifatida qabul qilish
tartibida to‗rt xil nomli standartlar qabul qilingan. ―Standartlashtirish to‗g‗risida‖
O‗zbekiston Respublikasining qonuniga o‗zgartirishlar kiritish va standartlashtirishni
yanada rivojlantirish va mukammallashtirishga qaratilgan, O‗zbekiston Respublikasi
Hukumatining standartlashtirish masalalari bo‗yicha qator qarorlari (12 avgust 1994
y., №410, 5 yanvar 1998 y. №5, 3 oktabr 2002 y. №342, 5 avgust 2004 y. №373)
qabul qilinganligi munosabati bilan asos bo‗luvchi me‘yoriy hujjatlarga keyingi
yillarda 50 ga yaqin o‗zgartirishlar kiritildi.
Uz SDT, har qanday tizim kabi, quyidagi muhim asoslarga tayanadi:
tashkiliy asoslar;
huquqiy asoslar;
tasniflash;
atamalar va ta‘riflar;
asosiy qoidalar;
nazariy asoslar.