13
1932- yil mart oyida "O‗zbekiston mintaqalarini 2 xil vaqt kamariga o‗tkazish
to‗g‗risida "Sovnarkom karori kabul qilindi: 4-vaqt kamari (Moskva vaqtiga + 2 soat)
va 5-vaqt kamari (Moskva vaqtiga +3 soat).
Shu yili O‗zbekistonda ilk bor kunjutning urug‗lik navi uchun O‗ZREST 50
Respublika standarti kabul qilindi.
O‗zbekistonda standartlashtirishning zamonaviy bosqichi 1973 yili O‗zbekiston
Respublikasi davlat Standart boshqarmasi (O‗zdavstandart) tashkil etilganidan
boshlanadi.
O‗zbekiston suverenlikka erishgandan so‗ng, ya‘ni 1992 yil mart oyidagi
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining № 93-son "O‗zbekiston
Respublikasida standartlashtirish ishlarini tashkil kilish to‗g‗risidagi karori qabul
qilingan vaqtdan boshlab, standartlashtirishning yangi davri boshlandi".
1993-1998
va
2000-2003
yillarda
O‗zbekistonda standartlashtirishni
jadallashtirish borasida bir qator o‗ta muhim xukumat qarorlari chiqdi, muayyan
chora
tadbirlar
belgilandi.
Standartlashtirishni
rivojlantirishning
xalqaro
standartlashtirish jarayoni bilan uyg‗unlashgan asosiy yo‗nalishlari belgilanib,
soxalar standartlari, me‘yoriy hujjatlarni ishlab chikish va joriy etish bo‗yicha
vakolatli davlat muassasalari, nazorat qilish va kuzatib borish bo‗yicha idora va
tashkilotlar belgilandi.