1.2.1 Standartlashtirishning qisqacha tarixi, Standarlashtirish ishlarini
qadim zamonda, o„rta asrda va XX asr boshlaridagi holati
Insoniyat taraqqiyotining Homo habilis (tadbirkor odam) darajasidan homo
Sapiens (farosatli odam) darajasiga uning faoliyati turlari ichida ko‗zga
tashlanganlaridan biri bu biz haqli ravishda atashimiz mumkin bo‗lgan
standartlashtirishdir.
Qadim zamon odamlari, o‗ta qiyin tabiiy sharoitlarda hayot kechirish, ya‘ni
yemoq uchun xayvonlarni ovlash, o‗simliklarni iste‘mol qilish va boshqa tabiat
in‘omlaridan foydalanishga majbur edilar.
Ovlashning metod va vositalari inson «tirikchiligi» faoliyatida amalda sinalib
takomillashib borish bilan birga, qabiladan-qabilaga, avloddan-avlodga me‘yoriy -
«standart» lar tarzida o‗tib keldi.
Bunday tartiblanishuv inson faoliyatining boshqa jabhalarida ham kuzatila
boshladi. Aytaylik, sovuqdan, tabiiy ofat va boshqa kutilgan va kutilmagan
hodisalardan yashirinish joylarini qidirish, qurish va mustaxkamlash, hayvon
mo‗ynalaridan xayotda foydalanish, po‗stin va cho‗qay tikish kabi ishlarni amalga
oshira borish standart talablarining dastlabki ko‗rinishlari sifatida ijtimoiy xayot
talablari ekanligini e‘tirof etish mumkin.
9
Qadimgi Misrda, Fraunlar davrida katta tarixiy inshootlar, jumladan, Misr
tarixiy piramidasining qurilish jarayonida inson ishqalanish kuchini yengish, kam
kuch bilan katta yukni joyidan siljitish uchun avvalo chanasimon sirpanish vositalari,
keyinchalik esa g‗o‗lasimon vositalarini ixtiro qildilar. Natijada og‗ir yukni yengil
ko‗zg‗alishini ta‘minlovchi aylanma xarakat orqali istalgan ilgarilanish masofasiga
eltish vositasi G‗ildirak paydo bo‗ldi. Doimiy o‗zgarmas o‗lchovlarga (60x60x120
sm) ga ega bo‗lgan
qurilish materiallari qo‗llanilib ularning o‗lchami nazorat qilib
turiladigan bo‗ldi.
Quldorlik tuzumi davrlarida butun Rim imperiyasi uchun jaroxatlangan o‗q otish
vositalarining elementlari o‗zaroalmashinuvchan bo‗lishi ta‘minlangan edi.
Shuningdek Imperiya shaxar xududi suv ta‘minotida bir xil diametrli boshlang‗ich
diametri taxminan 95 mm, tarnov (truba) lar ishlatilib, boshqa o‗lchamlari
ta‘qiqlangan edi.
Feodalizm tuzumi davrida, quldorlikka nisbatan taraqqiyot yanada jadallashib va
juda ko‗p buyum va vositalar o‗zlarida standart elementlarini mujassamlashtira bordi.
Bu borada XII-XIV asrlarda Germaniya xunarmadnchiligida yuz bergan ba‘zi bir
tartiblashtirilgan, masalan maxsulot sifati, ish vaqtining davomiyligi, shogirdlar soni,
ish usullari va shu kabilarni belgilab qo‗yish amalga oshirildi. To‗qimachilik
sanoatida 1298-yillarda sifat va o‗lcham uchun me‘yorlar o‗rnatildi.
1715-yili Rossiyaning Tula qurol zavodida bir xil kalibr belgilangan. Rossiya
Imperiyasining Pyotr I hukmronligi davrida XVII-XVIII asrlarda yaratilgan juda ko‗p
qurol aslaxa elementlari aniq bir xil na‘munalardan qilinishi belgilanib, hozirgi
zamon standartlashtirilishining prototipi tarzida namoyon bo‗lgan.
1785- yili Fransuz muxandisi Leblan 50 dona qurol – aslaxa qulflarini yaratdi,
ularning har biri boshqa qurol – aslaxalar uchun ishlovsiz tushar edi.
1846-yilda esa Germaniyada temir yo‗llar eni (koleyasi)ni va vagon ulash
ilashmasini unifikasiyasi (birxillashtirish) amalga oshirildi. 1869-yilda esa temir yo‗l
relsi profili o‗lchamlari bo‗yicha standart na‘munalar to‗plami chikdi.
1870 - yilda Yevropaning bir qator mamlakatlarida Standart g‗ishtlar chiqarila
boshladi.
1891- yilda Angliyada, keyinchalik esa boshqa Yevropa mamlakatlarida
Standart burama (rezba)lar ishlab chiqarila boshlandi.
XIX asrning oxirlariga kelib yevropa mamlakatlari, ayniqsa ko‗p mamlakatli
Germaniyada standartlashgan deb atalishi mumkin bo‗lgan narsalar soni juda
ko‗payib, F. Engel‘s ta‘biri bilan aytganda o‗lchash va tarozilashning turlari
10
shunchalik ko‗pki, hatto bir yillik kunlar soniga tengdir. Chunki buning o‗ziga xos
sabablari bor edi. Katta bir mamlakat ichida kichik-kichik respublikalar mavjud
bo‗lib, hali umumlashgan talablar ro‗yobga chiqmagan, o‗lchovlar tasodifiy
tanlangan edi. Masalan Genrix-I ma‘lum uzunlikka teng o‗lcham "lokot" nomi bilan,
buyuk Karl oyog‗i o‗lchamiga teng birlik "fut" nomi bilan yuritilgandi.
1790-yilda Fransiyada ilk bor uzunlik birligi sifatida "metr" yaratilib, u yer
meridiani chorak uzunligining o‗n milliondan birini tashkil etdi. Oradan 85 yil
o‗tgach, Parij konvensiyasida xalqaro o‗lchov va tarozilov maxkamasi uzunlik birligi
sifatida "metr"ni qabul qildi. Bu voqea ilmiy texnik taraqqiyotning muhim
xodisalaridan biri bo‗ldi.
XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida texnika taraqiyotida anchagina
yutuqlarga erishildi, sanoat va ishlab chiqarishni yiriklashuvi vujudga keldi. Bu esa
bir qator rivojlanayotgan mamlakatlarda standartlashtirishga qiziqishni kuchaytirdi.
Bu mamlakatlarning ba‘zilarida milliy standartlashtirish tashkilotlari paydo bo‗ldi.
Standartlashtirish qo‗mitasi barpo bo‗lgan
mamlakatlar orasida Angliya binchi
bo‗ldi. Qo‗mitaning asosiy vazifasi Buyuk Britaniya imperiyasi iqtisodiy salohiyatini,
ashyo–mahsulot, harbiy texnika, buyumlariga standartlar ishlab chiqish va uni joriy
etish hisobiga amalga oshirishni ko‗zlashdan iborat edi.
Standartlashtirish tarixiy jarayoni tahlili shuni ko‗rsatadiki, Davlatlarning
hukmronlikka intilishi, jumladan urush jarayonlari standartlashtirishni jadallashtiradi.
Xususan, birinchi jahon urushi vaqtida va uning tugallanishidan keyin bir qator
mamlakatlar: Gollandiya, Germaniya, Fransiya, Shvesiya Avstriya, Vengriya,
Belgiya, Italiya, Yaponiya va boshqalarda standartlashtirish bo‗yicha milliy
tashkilotlar tuzilgan edi.
1905 yilda Avstraliyada meva mahsulotlari uchun 1-chi standart qabul qilingan.
Ular mamlakatdan chiqarilayotgan mevalar sifatini aniqlab bergan. Maxsus qarorga
ko‗ra olma va noklar faqat standart talablariga muvofiq saralanib, qadoqlangandan
keyingina sotilishi mumkin bo‗lgan.
Rossiyada standartlashtirish bo‗yicha birinchi ishlar 1907 yilda boshlangan.
Sang-Peterburgda meva, choy va vino birjasi yonida ―Doimiy texnik komissiya‖
tuzilgan. Bu komissiya mevalarni hamma navlarini tovarlik qiymatiga ko‗ra 3
guruhga bulgan:
1.
Juda qimmat mevalar,
2.
O‗rtacha qimmat mevalar,
3.
Arzon mevalar.
11
Komissiya tomonidan ―Mevalarni saralash va qadoqlash qoidalari‖ ishlab
chiqildi. Mevalar quyidagi belgilariga ko‗ra saralanishi kerak bo‗lgan:-
massasi,tozaligi,shaklining to‗g‗riligi.
1930 yilda Butunittifoq standartlashtirish komiteti qabul qilindi. Shu yili olma
uchun standart OST-558 qabul qilindi. Bu standartlar savdoga chiqariladigan olmaga
qo‗yiladigan talablar yig‗indisidan iborat. OST quyidagi bo‗limlarni o‗z tarkibiga
olgan:-
1.
Aniqlash,
2.
Sinfga ajratish,
3.
Saralash,
4.
Qadoqlash,
5.
Markalash,
6.
Qabul qilish qoidalari,
7.
Tashish,
8.
Saqlash.
1931 yilda yangi meva va sabzavotlardan 80 turdagi navlariga standartlar joriy
etilgan. 1940 yilda Oliy kengash Prezidiumining qaroriga ko‗ra standartlar Davlat
standarti (qisqacha GOST) deb yuritila boshlangan.
1970-1980 yillarda standartlashtirishning rejasiga binoan respublika texnik
shartlari o‗rniga, ko‗plab meva va sabzavotlarning muhim navlariga GOST ishlab
chiqilgan. Xalq xo‗jaligini rivojlantirish yo‗nalishlari bo‗yicha, mavjud standartlarni
qayta ko‗rib chiqish va yangilarini ishlab chiqish nazarda tutilgan. Bu yo‗nalishdagi
ishlar hozirgi kunda ham olib boriliyapti. Bunga vazirliklarning yetakchi ilmiy
tekshirish institutlari jalb etilgan.
|