7
Standartlashtirish mahsulot muomalada bo‗lganida va sotish bosqichlarida
mahsulotni joylashtirishda yaxshi tartib va sharoitlar yaratishga, yuklashga,
saqlashga, omborlarda mahsulot sifatini buzilmay saqlashga, transportda olib
yurishda, buyumni tarqatish, sotish tashkilotlariga talablar belgilaydi.
Standartlashtirish iqtisod, texnologiya va fundamental fanlar singari asosiy
yo‗nalishlarni bir – biriga bog‗lovchi vosita hamdir.
Standart
bu ko‗pchilik manfaatdor tomonlar kelishuvi asosida ishlab chiqilgan,
ma‘lum sohalarda optimal tartiblashtirishga yo‗naltirilgan faoliyatning har xil turiga
yoki natijalariga tegishli bo‗lgan umumiy va takror qo‗llaniladigan qonun qoidalar
tavsiflar, talablar va usullar belgilangan va tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan
me‘yoriy hujjatdir.