1.6. Elektrostatik maydonning grafik tasviri
Elektrostatik maydon ekvipotensial yuza va maydon vektori chiziqlari orqali tasvirlanadi. Ekvipotensial yuzalar = const tenglamasi yordamida aniqlanadi. Doimiy qiymatni o‘zgartirish orqali ekvipotensial yuzalar guruxini xosil qilish mumkin. Tasvirlashda ekvipotensial yuzalar shunday joylashtiriladiki, bunda yonma-yon joylashgan qo‘shni yuzalar potensiallar farqi bir hil qiymatga ega bo‘lishi lozim.
2=1 + :
3 =2 + =1 + 2 : (1.29)
n+1 =n + =1 + n .
Ekvipotensial yuzalar yaqin joylashgan joyda maydon kuchlanganligi yuqori bo‘ladi va ular o‘zaro kesishmaydi..Elektr maydon kuch chiziqlari ekvipotensial yuzaning urunmatashkil etuvchisi bilan mos keladi va to‘g‘ri burchak ostida kesishadi. Vektor chiziqlarining differensial tenglamasi
[E dl] = 0. (1.30)
Dekart koordinatlar tizimida
Ey dz - Ez dy = 0 : Ez dx - Ex dz = 0: Ex dy - Ey dx = 0. (1.31)
Ekvipotensial yuzalarning bittasi to‘g‘ri burchakli bo‘laklarga bo‘linadi. Bo‘laklarning o‘lchamini shunday tanlash lozimki, bunda maydon vektorining barcha bo‘laklar orqali oqimi bir xil qiymatga ega bo‘lsin. Chizmada xar bir bo‘lakka bittadan vektor chizig‘i o‘tkaziladi va bu chiziq xar bir bo‘lakning markazidan o‘tishi kerak. Maydonning kuchlanganlik yuqori bo‘lgan hududlarida vektor chiziqlari soni ko‘payadi, ya’ni zichroq joylashtiriladi. Elektrostatik maydonda Ye vektorining chiziqlari tutashmagan, egri, xamda ular musbat zaryaddan manfiy zaryad tomonga yo‘nalgan bo‘ladi. Bunda musbat va manfiy zaryadlar kuch chiziqlarining boshlanish va tugash nuqtalari sifatida namoyon bo‘ladi.
Nazorat savollari
1. Garmonik tebranishlar deb nimaga aytiladi?
2. Qanday harakat tebranish deyiladi?
3. Tebranish davri nima?
4. Tebranish chastotasi nima?
5. Davr va tebranish chastotasi o'rtasida qanday bog'liqlik bor?
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Пименов Ю.В, Вольман В.И. , Техническая электродинамика, - М: Радио и Связь, 2002 г.
2. Витевский В. И., Павловская Э. А. Электромагнитные волны в технике связи, - М: Радио и связь, 1995-125с.
3. Сборник упражнений и задач по электродинамическим дисциплинам: Учебное пособие для вузов. / Под ред. Э.А. Павловской. - М.; Радио и связь,1996- 197с.: ил.
|