1-ma’ruza. Kirish. Emm tushunchasi. Reja




Download 91,59 Kb.
bet1/4
Sana18.05.2024
Hajmi91,59 Kb.
#242455
  1   2   3   4
Bog'liq
1-maruza


1-MA’RUZA. KIRISH. EMM TUSHUNCHASI.
Reja:
1.1. Kirish.
1.2. EMM tushunchasi.
1.3. EMM vektorlari va muhit parametrlari
1.4. Moddiy tenglamalar


1.1. Kirish.

Elektromagnetizm nazariyasi asosida elektromagnit maydoni tushunchasi yotadi. Elektromagnit maydon esa materiyaning aloxida, muxim ko‘rinishi bo‘lib, bir-birini shartli ravishda to‘ldiruvchi va doimo birga mavjud bo‘luvchi elektr va magnit maydonlarining yig‘indisi xisoblanadi.


Zamonaviy telekommunikatsiya sohasida radiotexnik tizimlarning hissasi tobora yuksalmoqda. Shu bilan birgalikda, foydalanilayotgan radiochastota spektrining yuqoriroq tebranishlar soxasiga siljishi kuzatilmoqda. Masalan, sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimlari 4...6 GGts diapazonining imkoniyatlarida to‘la foydalanib, endi 11...14 GGts chastota diapazoniga ko‘chib o‘tgan. Koinot stansiyalari esa 20...30 GGts diapazonida faoliyat yuritish uchun katta amaliy saloxiyatga ega.
Signallarni tashuvchi chastotalarning oshib borishi uning yordamida ko‘psonli kanallarni uzatish imkonini beradi, ya’ni, foydalanilayotgan diapazon hajmini kengaytirishga ta’sir ko‘rsatadi. Shu nuqtai nazardan ham 3000 GGts chastotali optik diapazonining imkoniyatlari juda ham yuqoridir. Zamonaviy telekommunikatsiya sohasida optik tolali aloqa tizimlarining asosiy o‘rinni egallab borishi xam ana shu omil bilan bog‘liq. OTAT ning asosiy elementi sifatida qurilmalarni bog‘lovchi kvars tolasini e’tirof etish lozim. Ammo, harakatdagi ob’ektlar bilan aloqa o‘rnatishda OTAT asosiy aloqa turi sifatida namoyon bo‘la olmaydi. Chunki, xarakatdagi ob’ekt uchun erkin tarqaluvchi radioto‘lqinlardan foydalanish qulayroq. Masalan, uyali aloqa tizimlarida 450, 800, 900, 1800, 1900 MGts chastota spektrlaridan keng foydalaniladi.
Zamonaviy telekommunikatsiya tizimlaridan keltirilgan misollar shuni ko‘rsatadiki, yuqori chastotali spektrlardan foydalanish rivojlanuvchan yo‘nalishdir. O‘ta yuqori chastotali (shuningdek optik) texnikaning nazariy zaxirasi Maksvell tenglamalariga asoslangan va unda vektorli algebra, vektorlar tahlili elementlaridan foydalaniladi.
Erkin fazodagi, O‘YuCh qurilmalaridagi, xamda uzatish liniyalaridagi to‘lqinli jarayonlarni kvant fizikasi darajasida o‘rganish talab etilmaydi. Ularni cheksiz fazodagi uzluksiz maydonlar ko‘rinishida taxlil qilish yetarli. Bunday kuzatuvni makroskopik kuzatuv deyiladi. Bu kabi yengillashtirilgan nazariyani esa klassik elektrodinamika deyiladi.
Ushbu ma’ruzalar matnining 1-qismi elektrodinamikaning nazariy asoslarini qamrab olgan va texnik elektrodinamika sohasining boshqa qismlarini o‘rganishda nazariy zaxira vazifasini bajaradi.



Download 91,59 Kb.
  1   2   3   4




Download 91,59 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-ma’ruza. Kirish. Emm tushunchasi. Reja

Download 91,59 Kb.