• Tizimli, maxalliy va tashqi interfeyslar turi
  • Qattiq magnit diskdagi jamlovchilarning sig‘imi va turi
  • Kesh-xotirani sig‘imi va turi
  • Mikroprotsessor va interfeys kod shinalarining razryadligi




    Download 409,84 Kb.
    bet10/11
    Sana30.05.2024
    Hajmi409,84 Kb.
    #257873
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    1-ma\'ruza

    Mikroprotsessor va interfeys kod shinalarining razryadligi. Razryadlar soni – bu ikkilik sonining maksimal razryadlar soni, ular ustida bir vaqtda mashina operatsiyalari bajarilishi mumkun, shu jumladan axborotlarni uzatish operatsiyasi xam; razryadlar soni qancha ko‘p bo‘lsa ShK ning unumdorligi xam ko‘p bo‘ladi.
    Mikroprotsessorning razryadligi ba’zida uning registrlarining va axborotning kod shinasinining razryaligi bilan, ba’zida esa manzilining kod shinasining razryadligi aniqlab beradi. Bu shinalarning razryadligi VLIW turidagi MP larda bir xil (64-razryadli intel-arxitektura - IA ).
    Tizimli, maxalliy va tashqi interfeyslar turi. Interfeyslarning turli turlari mashina qismlari o‘rtasidagi axborot almashuvining turli tezligini taminlaydi, turli sondagi va turli xil tashqi qurilmalarni ulashga imkoniyat beradi xamda simsiz aloq kanalini ishlatadi.
    Operativ xotira sig‘imi. Operativ xotira sig‘imi megabaytlarda o‘lchanadi. Eslatma, 1 Mbayt = 1024 Kbayt = 10242 bayt.
    Ko‘pchilik zamonaviy amaliy dasturlar 16 Mbayt sig‘imdan kam bo‘lgan operativ xotira bilan ishlamaydi yoki ishlasa xam juda sekin ishlaydi.
    Nazarda tutish kerakki murakkab masalalarni yechishda (xotiraga yetishmovchilik sezilganda) asosiy xotira sig‘imini ikki xissa oshirilsa, kompyuterning samarali unumdorligini taxminan 1,41 martta oshiradi (kvadrat ildiz qonuni).
    Turli turdagi operativ xotiralari – SDRAM, DDR DRAM, DR DRAM va boshqalar - turlicha funksional imkoniyatlarga egadirlar.
    Qattiq magnit diskdagi jamlovchilarning sig‘imi va turi. Odatda QMDJ sig‘imi gigabaytlarda o‘lchanadi, 1 Gbayt = 1024 Mbayt.
    1 Tbayt sig‘imli venchesterni bugungi kunda ishlatsa bo‘ladi, ammo, yangi dasturiy taminotlar yaqin kunlarda ko‘p terabaytli tashqi xotirani ta’lab etishi mumkun.
    Kesh-xotirani sig‘imi va turi. Kesh-xotira – bu bufer, foydalanuvchi ega bo‘la olmaydigan tezkor xotira, ancha sekin ishlovchi xotira qurilmalarida saqlanayotgan axborotlarni avtomatik ravishda kompyuter tomonidan operatsiyalarni bjarilishini tezlatish uchun ishlatiladi. Masalan, asosiy xotira bilan bo‘ladigan operatsiyalarni tezlatish uchun mikroprotsessor yadrosida registrli kesh-xotira tashkillashtiriladi (L1 – birinchi bosqich kesh-xotirasi), mikroprotsessor platasida (L2 - ikkinchi bosqich kesh-xotirasi), tizimli platada (L3 - uchinchi bosqich kesh-xotirasi); diskli xotira bilan bo‘ladigan operatsiyalarni tezlatish uchun operativ xotira yacheykasida kesh-xotira yoki disk jamlovchi ichida flesh-xotira tashkillashtiriladi (L4 - to‘rtinchi bosqich kesh-xotirasi).
    Etiborga olish kerakki, 256 Kbayt kesh-xotiraning majutligi ShK unumdorligini taxminan 20% oshiradi.

    Download 409,84 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 409,84 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mikroprotsessor va interfeys kod shinalarining razryadligi

    Download 409,84 Kb.