• Tayanch iboralar
  • 1.1.Zamonaviy kompyurerlarning asosiy turlari Kompyuter
  • 1-ma’ruza kompyuter arxitekturasining rivojlanish bosqichlari, zamonaviy kompyuterlarning arxitekturasi tamoillari va klassifikatsiyasi reja




    Download 409,84 Kb.
    bet1/11
    Sana30.05.2024
    Hajmi409,84 Kb.
    #257873
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    1-ma\'ruza


    1-MA’RUZA
    KOMPYUTER ARXITEKTURASINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI, ZAMONAVIY KOMPYUTERLARNING ARXITEKTURASI TAMOILLARI VA KLASSIFIKATSIYASI
    Reja:
    1.1.Zamonaviy kompyurerlarning turlari.
    1.2.Kompyuter arxitekturasi va tashkil etilish tamoillari.
    1.3.Kompyuterning asosiy ko‘rsatgichlari.


    Tayanch iboralar: kompyuter, raqamli xisoblash mashinasi, analog xisoblash mashinalari, supperkompyuter,meymnfreym,server,mikroprotsessor. IBM PC turidagi shaxsiy kompyuter, markaziy protsessor, operativ xotira, doimiy xotira, uzulishlar kontrolleri, xotiraga bevosita ega bo‘lish kotrolleri .


    1.1.Zamonaviy kompyurerlarning asosiy turlari
    Kompyuter (elektron xisoblash mashinasi) –xisoblash va axborot masalalarini yechish jaroyonida axborotlarga avtomatik ishlov berish uchun mo‘ljallangan texnik vositalarining to‘plami.
    Kompyuterlar qator belgilar bo‘yicha turlarga ajratilishi mumkun, xususan:

    • ishlash tamoili;

    • element asosi ;

    • vazifasi;

    • xisoblash jarayonining tashkillashtirilish usuli;

    • o‘lchami va xisoblash quvvati;

    • imkoniyatlari;

    • dasturlarni parallel bajarish imkoniyati bo‘yicha va xokazo.

    Ishlash tamoili bo‘yicha xisoblash mashinalarni katta uchta guruxga ajratish mumkun (1.1-chizma): analogli (uzuluksiz), raqamli va aralash (gibrid).


    1.1-chizma.Ishlash tamoili bo‘yicha xisoblash mashinalarni turlarga ajratish.


    Bu uch turga bo‘lishning ko‘rsatgichi, u xisoblash mashinalarda ishlatiladigan axborotlarning ifodalanish shaklidir (1.2-chizma).
    Raqamli xisoblash mashinasi (RXM), yoki kompyuter diskret ko‘rinishda ifodalangan, aniqrog‘i raqamli shaklda ifodalangan axborot bilan ishlaydi.

    1.2-chizma.Xisoblash mashinalarda axborotlarni ifodalanishining ikki shakli.


    Analog xisoblash mashinalari, yoki uzuliksiz xisoblash mashinalari, ular uzuluksiz shakldagi axborotlar bilan ishlaydilar, yani qandaydir fizik kattalikdagi uzuluksiz qatorga ega bo‘lgan qiymatlar ko‘rinishidagi (ko‘pincha elektr kuchlanishi). AXM juda sodda va foydalanishga qulay; bu mashinada ishlashda masalalarni dasturlash uchun odatda ko‘p mexnat ta’lab etilmaydi. Masalani yechish tezligi operatorning xoxishi bo‘yicha o‘zgarishi mumkun va xoxlagancha yuqori tezlikda amalga oshirish mumkun (RXM qaraganda yuqori), ammo masalani yechish aniqligi esa juda past (nisbiy xatoligi 2 – 5 % gachan). AXM murakkab mantiq ta’lab etilmaydigan va tarkibida differensial tenglama bo‘lgan matematik masalalar samarali yechiladi. Elektron AXM ni ko‘pincha elektron modellashtiruvchi mashinasi xam deb ataydilar, chunki masalani yechish uchun ularda tadqiqot qilinayotgan tizimning fizik modeli yaratiladi. To‘g‘ri, xuddi shu asosda elektron RXM xam xuddi Shunday atash mumkun, vaxolangki ularda xam yechiladigan masala modeli yaratiladi, ammo model abstrakt, matematikdir.
    DXM (duragay (gibrid) xisoblash mashinasi), yoki kombinatsiyalashtirilgan xisoblash mashinasi, raqamli va uzuluksiz shaklda ifodalangan axborotlar bilan ishlaydi. Ular o‘zida AXM va RXM afzalliklarini mujassamlashtirgan bo‘ladi. DXM ni murakkab tez ishlovchi texnik majmualarni boshqarish masalalarini xal qilishda foydalanish maqsadga muvofiqdir.
    Iqtisodda va shuningdek ilim xamda texnikada eng ko‘p foydalaniladigan va tarqalgan turi bu RXM, odatda ularni raqamli xususiyatini eslatmasdan oddiy kompyuter deb ataladi.
    Yaratilish bosqichi va element asosi bo‘yicha kompyuterlarni shartli ravishda avlodlarga bo‘linadi:
    1-avlod, 1950 yillar: elektron vakuumli lampalardagi EXM;
    2-avlod, 1960 yillar; diskret yarimo‘tkazgichli asboblardagi EXM (tranzistorlardagi);
    3-avlod, 1970 yillar; yarimo‘tkazgichli kichik va o‘rta integral sxemalardagi kompyuterlar (bitta g‘ilof ichida yuzlab – minglab tranzistorlar joylashtirilgan). Integral sxema – maxsus vazifalar uchun mo‘ljallangan elektron sxema, u yaxlit yarimo‘tkazgichli kristal sifatida bajarilgan bo‘lib, o‘zida katta sondagi aktiv elementlarni (diod va tranzistorlarni) birlashtiradi;
    4-avlod, 1980-90 yillar; katta va juda katta integral sxemalardagi kompyuterlar, ularning asosiysi – mikroprotsessorlar (bitta kristalda o‘n mingta’lab – millionlab aktiv elementlar mavjut). Katta integral sxemalarda aktiv elemantlar shunchalik zich joylashtirilganki, 1-avlod kompyuterining barcha elektron qurilmalari 100 – 150 m2 maydonni egallagan bo‘lsa, xozir 1,5 – 2 sm2 maydonni egallovchi bitta mikroprotsessorga joylashtirilgan. Juda katta integral sxemalardagi aktiv elementlar o‘rtasidagi masofa 0,032 – 0,11 mikronni tashkil etadi (solishtirish uchun, odamning soch tolasining qalinligi bir necha o‘n mikronga teng).
    5-avlod, xozirgi vaqt (2015...); bir necha o‘nlab parallel ishlovchi mikroprotsessorlardan tashkil topgan kompyuterlar, ular yordamida bilimlarga ishlov berishning samarali tizimlarini qurishga imkoniyat mavjut; parallel tarkibli juda murakkab mikroprotsessorlarda bajarilgan kompyuterlar bir vaqtning o‘zida dasturning o‘nlab ketma-ket ko‘rsatmalarini bajara oladilar.
    6-avlod va keyingilari: yalpisiga parallellashtirilgan va neyron tarkibdagi optoelektron kompyuterlar, ularda ko‘p sonli murakkab bo‘lmagan mikroprotsessorlarning taqsimlangan tarmoqli bo‘lib, neyronli biologik tizimning modeli kabidir.
    Kompyuterlarning xar bir keyingi avlodi o‘zining oldingi avlodiga nisbattan jiddiy yaxshi ko‘rsatgichlarga ega bo‘ladi. Kompyuterlarning unumdorligi va barcha xotirasining sig‘imi odatda birnecha o‘n marotaba ortiq.

    Download 409,84 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 409,84 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-ma’ruza kompyuter arxitekturasining rivojlanish bosqichlari, zamonaviy kompyuterlarning arxitekturasi tamoillari va klassifikatsiyasi reja

    Download 409,84 Kb.