|
C++ tili alfaviti va leksemalar
|
bet | 3/6 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 25,77 Kb. | | #105274 |
Bog'liq 1-Ma’ruza mashg’uloti. Mavzu Kirish. C dasturlash tili. C++ tili alfaviti va leksemalar
C++ tili alfaviti va leksemalariga quyidagilar kiradi:
- katta va kichik lotin alfaviti harflari;
- raqamlar - 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9;
- maxsus belgilar:“ { } | [ ] ( ) + - / % \ ; ‘ : ? < = > _ ! & ~ # ^ . * Alfavit belgilaridan tilning leksemalari shakllantiriladi:
identifikatorlar; kalit (xizmatchi yoki zahiralangan) sо‘zlar; о‘zgarmaslar; amallar belgilanishlari; ajratuvchilar.
Identifikatorlar va kalit sо‘zlar
Programmalash tilining muhim tayanch tushunchalaridan biri -identifikator tushunchasidir. Identifikator deganda katta va kichik lotin harflari, raqamlar va tag chiziq (‘_’) belgilaridan tashkil topgan va raqamdan boshlanmaydigan belgilar ketma-ketligi tushuniladi. Identifikatorlarda harflarning registrlari (katta yoki kichikligi) hisobga olinadi. Masalan, RUN, run, Run - bu har xil identifikatorlardir. Identifikator uzunligiga chegara qо‘yilma-gan, lekin ular kompilyator tomonidan faqat boshidagi 32 belgisi bilan farqlanadi.
Identifikatorlar kalit sо‘zlar, о‘zgaruvchilar, funksiyalar, nishonlar va boshqa obyektlarni nomlashda ishlatiladi.
S++ tilining kalit sо‘zlariga quyidagilar kiradi:
asm, auto, break, case, catch, char, class, const, continue, default, de-lete, do, double, else, enum, explicit, extern, float, for, friend, goto, if, inline, int, long, mutable, new, operator, private, protected, public, register, return, short, signed, sizeof, static, struct, swith, template, this, throw, try, typedef, typename, union, unsigned, virtual, void, volatile, while.
Yuqorida keltirilgan identifikatorlarni boshqa maqsadda ishlatish mumkin emas.
Protsessor registrlarini belgilash uchun quyidagi sо‘zlar ishlatiladi:
_AH, _AL, _AX, _EAX, _BH, _BL, _BX, _EBX, _CL, _CH, _CX, _ECX, _DH, _DL, _DX, _EDX, _CS, _ESP, _EBP, _FS, _GS, _DI, _EDI, _SI, _ESI, _BP, _SP, _DS, _ES, _SS, _FLAGS.
Bulardan tashqari «__» (ikkita tagchiziq) belgilaridan boshlangan identifikatorlar kutubxonalar uchun zahiralangan. Shu sababli ‘_’ va «__» belgilarni identifikatorning birinchi belgisi sifatida ishlatmagan ma’qul. Identifikator belgilar orasida probel ishlatish mumkin emas, zarur bо‘lganda uning о‘rniga ‘_’ ishlatish mumkin: Cilindr_radiusi, ailana_diametiri.
|
| |