• C++ tilining tayanch turlari
  • Berilganlar turlari va о‘zgaruvchilar




    Download 25,77 Kb.
    bet4/6
    Sana25.11.2023
    Hajmi25,77 Kb.
    #105274
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    1-Ma’ruza mashg’uloti. Mavzu Kirish. C dasturlash tili.

    Berilganlar turlari va о‘zgaruvchilar
    Programma bajarilishi paytida qandaydir berilganlarni saqlab turish uchun о‘zgaruvchilar va о‘zgarmaslardan foydalaniladi. О‘zgaruvchi - programma obyekti bо‘lib, xotiradagi bir nechta yacheyka-larni egallaydi va berilganlarni saqlash uchun xizmat qiladi. О‘zgaruvchi nomga, о‘lchamga va boshqa atributlarga - kо‘rinish sohasi, amal qilish vaqti va boshqa xususiyatlarga ega bо‘ladi. О‘zgaruvchilarni ishlatish uchun ular albatta e’lon qilinishi kerak. E’lon natijasida о‘zgaruvchi uchun xotiradan qandaydir soha zahiralanadi, soha о‘lchami esa о‘zgaruvchining konkret turiga bog‘liq bо‘ladi. Shuni qayd etish zarurki, bitta turga turli apparat platformalarda turlicha joy ajratilishi mumkin.
    О‘zgaruvchi e’loni uning turini aniqlovchi kalit sо‘zi bilan boshlanadi va ‘=’ belgisi orqali boshlang‘ich qiymat beriladi (shart emas). Bitta kalit sо‘z bilan bir nechta о‘zgaruvchilarni e’lon qilish mumkin. Buning uchun о‘zgaruvchilar bir-biridan ‘,’ belgisi bilan ajratiladi. E’lonlar ‘;’ belgisi bilan tugaydi. О‘zgaruvchi nomi 255 belgidan oshmasligi kerak.
    C++ tilining tayanch turlari
    C++ tilining tayanch turlari, ularning baytlardagi о‘lchamlari va qiymatlarining chegaralari 1.2-jadvalda keltirilgan.


    Butun son turlari. Butun son qiymatlarni qabul qiladigan о‘zgaruvchilar int (butun), short (qisqa) va long (uzun) kalit sо‘zlar bilan aniqlanadi. О‘zgaruvchi qiymatlari ishorali bо‘lishi yoki unsigned kalit sо‘zi bilan ishorasiz son sifatida qaralishi mumkin.

    Belgi turi. Belgi turidagi о‘zgaruvchilar char kalit sо‘zi bilan beriladi va ular о‘zida belgining ASCII kodini saqlaydi. Belgi turidagi qiymatlar nisbatan murakkab bо‘lgan tuzilmalar - satrlar, belgilar massivlari va hakozalarni hosil qilishda ishlatiladi.
    1.2-jadval. C++ tilining tayanch turlari










    Download 25,77 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 25,77 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Berilganlar turlari va о‘zgaruvchilar

    Download 25,77 Kb.