1-ma’ruza Mavzu: Fanning asosiy tushunchalari, atamalar va diskret xabar manbalarini va axborot tavsiflari




Download 33.27 Kb.
bet1/2
Sana27.03.2024
Hajmi33.27 Kb.
#179118
  1   2
Bog'liq
1-ma\'ruza
15-16-лаборатория (5), 2- лабаратория, Mahamadiyev Nozim 1-labarotoriya l ish, KA 10-Mustaqil ishi, MTA 6-Amaliy ishi, 2-amaliy ma\'lumotlar tuzilmasi, 8 (1), 8-amaliy ish, 2 практическая, MENTAL KITOB 1, Mavzu Kompyuterning tashkiliy qismlari, asosiy ko‘rsatkichlari , 5-ma\'ruza, amaliy ish2, kV NH2IesNx8MRalj-qm01CRIxRZf75F, 4 mi

1-ma’ruza
Mavzu: Fanning asosiy tushunchalari, atamalar va diskret xabar manbalarini va axborot tavsiflari
Axborot nazariyasi va kodlash fanining masalalari quyidagilar:

  • Informatsiyani saqlashga mo’ljallangan xotira qurilmasining hajmini aniqlash;

  • Berilgan informatsiya simvollarining minimal soni orqali uzatishga imkon beruvchi kodlashning eng tejamli usullarini qidirish;

  • Uzatilayotgan informatsiyaning kechikishsiz va buzilishsiz uzatilishini ta’minlovchi aloqa kanalining o’tkazish qobiliyatini aniqlash;

  • Ma’lumotlarni zichlash;

  • Kodlashdan informatsiyani kriptografik bekitish vositasi sifatida foydalanish.

Texnika vositalari yordamida qidirish, qabul qilish, saqlash, ishlov berish, uzatish mumkin bo’lgan shakliga keltirilgan har qanday informatsiya ma’lumot deb ataladi. Informatsiya va ma’lumot Informatika fanining asosiy tushunchalari hisoblanadi. Ushbu tushunchalar orasida farq bormi? degan savol tug’ilishi tabiiy. Savolga javob berish uchun quyidagi misolni ko’raylik. Do’stingiz bir varaq qog’ozga o’nta telefon tartib raqamini yozib sizga ko’rsatdi, deylik. Siz ko’rsatilgan raqamlarni ma’lumot sifatida qabul qilasiz. Chunki Siz bu raqamlardan foydalana olmaysiz. Agar do’stingiz telefon tartib raqamining to’g’risiga firmaning nomi va faoliyat turini yozsa, unda siz uchun bu ma’lumotlar informasiyaga aylanadi, chunki kelgusida undan foydalanish mumkin.
Informatsiya – muayyan obekt xususidagi bilimlarimiz noaniqlik darajasini pasaytirishga imkon beruvchi har qanday axborot (ma’lumot).
Informatsiya o’z – o’zidan paydo bo’lmaydi, u informasion jarayonlarda paydo bo’ladi. Informatsiyani qidirish, to’plash, saqlash, uzatish, ishlov berish va foydalanish bilan bog’liq jarayonlar informatsion jarayonlar deyiladi.
Sistema – atrof muhit shart – sharoitlarini hisobga olgan holda ma’lum (yagona) maqsadga yo’naltirilgan, o’zaro bog’langan obektlar majmui. Sistemalar o’zining tarkibi va maqsadi bilan bir – biridan farq qiladi.
Informasion sistema – berilgan maqsadga yerishishda informasiyani saqlash, unga ishlov berish va uzatish jarayonlarida foydalaniladigan vositalar, usullar va xodimlarning o’zaro bog’langan majmui.
Umuman informasion sistemani murakkab sistemalar safiga kiritish mumkin va uning tarkibi informasion, texnik, matematik, dasturiy, tashkiliy va huquqiy ta’minotlardan iborat yekanligini tasavvur yetish mumkin.
Informasion ta’minotga informasiyani tasniflash va kodlashning yagona sistemasi, unifikasiyalangan xujjatlar sistemasi, tashkilotda ishlatiluvchi informasion oqim sxemalari hamda ma’lumotlar bazasini qurish metodologiyasi kiradi.
Texnik ta’minotga informasion sistemaning ishlashini ta’minlovchi texnik vositalar kompleksi hamda bu vositalarga va texnologik jarayonlarga taalluqli xujjatlar kiradi.
Matematik va dasturiy ta’minotga informasion sistema maqsadi va vazifalarini amalga oshiruvchi hamda texnik vositalar majmuini bir me’yorda ishlashini ma’minlovchi matematik metodlar, modellar, algoritmlar va dasturlar kiradi.
Tashkiliy ta’minotga informasion sistemani yaratish va ishlatish jarayonida xodimlarning texnik vositalar bilan o’zaro munosabati tartibini belgilovchi usullar va vositalar kiradi.
Huquqiy ta’minotga informatsion sistemani yaratish, yuridik maqomini va ishlashini aniqlovchi, informasiyani olish, o’zgartirish va undan foydalanish tartibini belgilovchi huquqiy me’yorlar kiradi.
Ob’yekt, jarayon yoki xodisa holati xususidagi yangi sifatli informasiyani (informasion maxsulotni) olish maqsadida ma’lumotlarni (birlamchi informasiyani) to’plash, ishlash va uzatish vositalari majmuasidan foydalanish jarayonini informasion texnologiya deyiladi.
Informatsion texnologiyaning vazifalari bo’yicha quyidagi turlarini ko’rsatish mumkin.

  • boshqarish;

  • ofisni avtomatlashtirish;

  • qaror qabul qilishni qo’llash;

  • yekspert sistemalar.

Informatsiyaning struktura o‘lchovidan foydalanilganda faqat xabarning diskret tuzilishini, undagi mavjud informatsion elementlar va ular orasidagi bog‘lanishlar xisobga olinadi. Strukturaviy yondashishda informatsiyaning geometrik, kombinatorik va additiv o‘lchovlari farqlanadi.
Geometrik o‘lchov informatsion xabarning geometrik modelining parametrini (uzunligini, yuzasini, xajmini) diskret birliklarda o‘lchashni faraz qiladi.
Masalan, informatsiyaning geometrik modeli sifatida birlik uzunlikdagi chiziqni (1.1-rasm “a” – “0” yoki “1” qiymatni oluvchi bir xonali so‘z), kvadratni(1.1-rasm “b” – ikki xonali so‘z) yoki kubni(1.1-rasm “v” – uch xonali so‘z) ko‘rsatish mumkin.


1.1 – rasm.

Ushbu strukturalarda informatsiyaning mumkin bo‘lgan maksimal qiymati modelning informatsion xajmini belgilaydi. Informatsion xajm barcha koordinatalar bo‘yicha diskret qiymatlarning yig‘indisi sifatida aniqlanadi.


Informatsiyaning statistik nazariyasi K.SHennon tomonidan batafsil o‘rganilgan.
Yuz berish extimolligi birga yaqin bo‘lgan tez-tez uchraydigan xodisa xususida xabar paydo bo‘lsa, bunday xabarning qabul qiluvchi uchun informativligi kam bo‘ladi. Huddi shunday, yuz berish ehtimolligi nulga yaqin bo‘lgan xabarning ham informativligi kam bo‘ladi.
Xodisalarga qandaydir tajribaning natijasi sifatida qarash mumkinki, bunday tajribaning barcha natijalari ansamblni, ya’ni hodisalarning to‘liq guruhini tashkil etadi. K.SHennon tajriba jarayonida paydo bo‘luvchi xodisaning noaniqligi tushunchasini kiritdi va uni entropiya deb atadi.
Entropiya quyidagi xususiyatlarga ega:

  1. Entropiya haqiqiy va manfiy bo‘lmagan kattalik. Chunki, har qanday i(1 ≤ i ≤ N) uchun pi 0 dan 1 gacha oraliqda o‘zgaradi, ya’ni log2 pi manfiy va demak, - pi log2 pi musbat.

  2. pi lardan biri birga teng, qolganlari nolga teng bo‘lganida entropiya nolga teng. Bu vaziyat manbaning holati to‘la aniqlanganiga mos keladi.

  3. Barcha ehtimolliklar bir-biriga teng bo‘lganida entropiya eng katta qiymatga ega bo‘ladi, ya’ni


Download 33.27 Kb.
  1   2




Download 33.27 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-ma’ruza Mavzu: Fanning asosiy tushunchalari, atamalar va diskret xabar manbalarini va axborot tavsiflari

Download 33.27 Kb.