jinoyatchiligi va muhim infrastrukturalar himoyasini o‘z
ichiga olgan milliy
xavfsizlik bilan bog‘liq texnik tushuncha sifatida qaraydilar. Turli soha xodimlari
tomonidan o‘z maqsadlariga moslashtirish holatlari mavjud bo‘lsada, axborot
xavfsizligi va kiberxavfsizlik tushunchalari orasida ba’zi muhim farqlar mavjud.
Axborot xavfsizligi sohasi, axborotning ifodalanishidan qat’iy nazar (qog‘oz
ko‘rinishidagi, elektron va insonlar fikrlashida, og‘zaki va vizual)
intelektual
huquqlarni himoyalash bilan shug‘ullanadi. Kiberxavfsizlik esa elektron shakldagi
axborotni (barcha holatdagi, tarmoqdan to qurilmagacha bo‘lgan, o‘zaro birga
ishlovchi
tizimlarda saqlanayotgan, uzatilayotgan va ishlanayotgan axborotni)
himoyalash bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari, hukumatlar tomonidan
moliyalashtirilgan hujumlar va rivojlangan
doimiy tahidlar ham aynan
kiberxavfsizlikka tegishli.