bilan bog‘langanligiga, qanday ishlayotganligiga va saqlanayotganligiga bog‘liq
bo‘ladi.
“Aloqa xavfsizligi” bilim sohasi tashkil etuvchilar o‘rtasidagi
aloqani
himoyalashga e’tibor qaratib, o‘zida fízik va mantiqiy ulanishni mujassamlashtiradi.
“Tizim xavfsizligi” bilim sohasi tashkil etuvchilar, ulanishlar va dasturiy
ta’minotdan iborat tizim xavfsizligining jihatlariga e’tibor qaratadi.
Tizim
xavfsizligini tushunish uchun, nafaqat uning tarkibiy qismlari va ularning
bog‘lanishlarini tushunish, balki yaxlitlikni ham hisobga olish talab etiladi. Ya’ni,
tizimni to‘liqligicha ko‘rib chiqish talab etiladi.
Mazkur bilim sohasi, “Tashkil
etuvchilar xavfsizligi” va “Aloqa xavfsizligi” bilim sohalari bilan bir qatorda, tashkil
etuvchilar bog‘lanishlarining xavfsizligi va undan yuqori tizimlarda foydalanish
masalasini hal etadi.
“Inson faoliyati xavfsizligi” bilim sohasi kiberxavfsizlik bilan bog‘liq inson
hatti-harakatlarini o‘rganishdan
tashqari, tashkilotlar (masalan, xodim) va shaxsiy
hayot sharoitida ma’lumotlarni va shaxsiylikni himoya qilishga e’tibor qaratadi.
''Tashkilot xavfsizligi” bilim sohasi tashkilotni kiberxavfsizlik tahdidlaridan
himoyalash va tashkilot vazifasini muvaffaqqiyatli
bajarishini madadlash uchun
risklarni boshqarishga e’tibor qaratadi.
“Ijtimoiy xavfsizlik” bilim sohasi jamiyatda u yoki bu darajadagi ta’sir
ko‘rsatuvchi kiberxavfsizlik omillariga e’tibor qaratadi. Kiberjinoyatchilik,
qonunlar, axloqiy munosabatlar, siyosat, shaxsiy hayot
va ularning bir-biri bilan
munosabatlari ushbu bilim sohasidagi asosiy tushunchalar hisoblanadi.