Siz tizimni turli xil ko'rinishlarini ko'rsatish uchun turli xil modellarni ishlab
chiqishingiz mumkin. Masalan:
1. Tashqi ko'rinish, tizimning konteksti yoki muhitini modellashtirish.
2. O'zaro munosabatlar ko'rinishi, tizim bilan muhit yoki tizim komponentalari
o'rtasidagi o'zaro munosabatni modellashtirish.
Strukturaviy ko'rinish, tizim tomonidan ishlov berilayotgan ma'lumotlar strukturasi
yoki tizim tashkilotini modellashtirish.
3. Xatti harakatlar ko'rinishi, tizimning dinamik xatti harakatlari va hodisalarga
qanday javob
berishini modellashtirish.
Tizimning turli xil modellarini yaratish uchun UML bir nechta diagrammalarga
ega.
1. Faoliyat diagrammalari, jarayondagi faoliyatlarni ko'rsatadi
2. Foydalanish holati diagrammari, tizim va uning muhiti o'rtasidagi
munosabatni ko'rsatadi.
3. Ketma-ketlik diagrammalari, shaxs va tizim va tizim komponentalari orasidagi
munosabatlarni ko'rsatadi.
4. Sinf diagrammalari, tizimdagi obyektlar sinflari va ularning o'zaro munosabatini
ko'rsatadi
5. Holat diagrammari, tizimning ichki va tashqi hodisalarga ta'sirini ko'rsatadi.
UML(Unified Modeling Language) - birlashgan modellashtirish tili dasturiy
ta'minot tizimlarini modellashda 13 ta turli xil diagramma turlaridan foydalanadi.
UML dasturiy ta'minot tizimlarini modelini yaratishda standart yondashuv deb
qabul qilingan.