o'z ichiga oladi. Dasturiy injiniring nimaligi haqida
sizga kengroq tushuntirish
maqsadida quyida ko'p so'ralgan savollarga qisqacha javoblarni havola etamiz
(Jadval 1.1)
Savol
Javob
Dasturiy ta'minot nima?
Kompyuter dasturlari va unga bog'liq hujjatlar. Dasturiy
mahsulotlar olohida mijozlar uchun yoki umumiy bozor
uchun ishlab chiqarilishi mumkin.
Yaxshi dasturiy
ta'minotningattributlari
nima?
Yaxshi dasturiy ta'minot talab qilingan funksionallikka
ega, foydalanuvchiga qulay, ishonchli va davomiy bo'lishi
lozim.
Dasturiy injiniring
nima?
Dasturiy injiniring bu dasturiy mahsulotni ishlab
chiqishning barcha qirralari bilan bog'liq muhandislik.
Dasturiy injiniringni
asosiy faoliyatlari nima?
Dastur xususiyatlari, dasturiy ta'minot ishlab chiqish,
dasturiy ta'minotni tekshirish, va dasturiy ta'minot
evolyutsiyasi.
Dasturiy injiniring va
kompyuter ilmi o'rtasida
qanday farq bor?
Kompyuter ilmi nazariya vatushunchalarga e'tiborni
qaratadi; dasturiy injiniring amaliy ishlab chiqish va
foydali dasturiy ta'minotni yetkazib berishga e'tibor
qaratadi.
Dasturiy injiniring va
tizim injiniring o'rtasida
qanday farq bor?
Tizim injiniring bu apparat ta'minot, dasturiy ta'minot va
jarayon injiniringni o'z ichiga oluvchi kompyuter asosli
tizimlarni ishlab chiqish.
Dasturiy injiniring
ushbu umumiy
jarayonning bir
qismidir.
9
Dasturiy injiniringni
narxi qancha?
Taxminan 60% xarajatlar ishlab chiqarish uchun va 40%
xarajatlartestlash uchun sarf bo'ladi.
Eng yaxshi dasturiy
injiniring usuli va
metodi qaysi?
Barcha dasturiy ta'minot loyihalari professional tarzda
boshqarilishi va
ishlab chiqilishi kerak, turli xil
tizimlaruchun mos bo'lgan turli xil usulllar qo'llaniladi.
Dasturiy injiniringa veb
qanday xilmaxillik olib
keldi?
Veb dasturiy servislarni va yuqori taqsimlangan servisga
asoslangan tizimlarni ishlab chiqishni olib kirdi.
Dasturiy injinerlar dasturiy mahsulotni ishlab chiqish bilan shug'ullanadilar. Ikki
xil turdagi dasturiy mahsulotlar mavjud:
1.
Umumiy mahsulotlar Bular autonom tizimlardir ya'ni ishlab chiqarish
tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladi va ochiq bozorda
sotib ola biladigan
mijozlarga sotiladi. Bu turdagi dasturiy mahsulotlarga shaxsiy kompyuterlar uchun
dasturiy ta'minotlar masalan ma'lumot bazalari, matn tahrirlovchi, rasmlar chizish,
loyihalarni boshqarish uskunalari kabi dasturlarni misol qilib olishimiz mumkin.
2.
Buyurtma mahsulotlar Bular alohida mijozlar
tomonidan buyurtma qilingan
tizimlardir. Bu
turdagi dasturiy mahsulotlarga elektronik qurilmalar uchun nazorat tizimlari,
maxsus ish
jarayonlariga yordam berish uchun yozilgan tizimlarni misol qilib olishimiz
mumkin.
Bu ikki turdagi mahsulotlarning asosiy farqi shundaki, umumiy mahsulotlarda
dasturiy ta'minot xususiyatlarini dasturiy ta'minotni ishlab chiqaruvchi tashkilot
nazorat qiladi. Buyurtma mahsulotlarda mahsulotni sotib oluvchi tashkilot dasturiy
ta'minot xususiyatlarini ishlab chiqadi va nazorat qiladi.
Biroq hozirgi kunga kelib bu ikki turdagi mahsulotlar orasidagi farq tobora
kamayib boryapti, chunki ko'pgina tizimlar umumiy mahsulot sifatida qurilyapti va
mijozlar qaladiga qarab moslashtirilyapti. Enterprise Resource Planning (ERP)
tizimlar, masalan SAP tizimi bunga yaqqol misol bo'lishi mumkin.
Dasturiy injiniring ba'zida dasturiy ta'minot jarayoni ham deyiladi. Dasturiy
ta'minot jarayoni dasturiy mahsulotni ishlab chiqish faoliyatlari ketma-ketligidir.
Barcha dasturiy ta'minotlar uchun umumiy bo'lgan to'rtta asosiy faoliyat bor.
Bular:
1. Dasturiy ta'minot xususiyati
2. Dasturiy ta'minotni ishlab chiqish
3. Dasturiy ta'minotni tekshirish
4. Dasturiy ta'minot evolutsiyasi