jarayonlari birlashtirilgan. Tizimning xususiyatlari batafsil keltirilmaydi va dizayn
hujjatlari minimumlashtirilgan. Foydalanuvchi talablari hujjatlari tizimning muhim
xarakteristikasi hisoblanadi.
2. Tizim bir necha talqinda ishlab chiqariladi. Foydalanuvchi yangi
talablarini qondirish maqsadida dasturiy ta'minotning novbatdagi talqini ishlab
chiqariladi.
Tizim uchun talablar bu tizim nima ish bajarish lozimligini tasvirlashdir. Talablar
tizim mijozlarini ehtiyojlarini aks ettiradi.
Talablar injiniringi jarayonida ko'pgina muammolar ko'tariladi. Foydalanuvchi
talablari' va ‘tizim talablari' terminlari orasida farq mavjud. Foydalanuvchi talablari
va tizim talablari quyidagicha izohlanishi mumkin:
1. Foydalanuvchi talablari bu diagrammalar bilan tabiiy tildagi bayonotlar.
2. Tizim talablari bu dasturiy ta'minot tizimi funksiyalari, servislari va operativ
cheklanishlarining batafsil tasvirlanishi.
Siz talablarni turli xil darajada yozishingiz kerak chunki turli xil o'quvchilar turli
xil yo'lda foydalanishadi.
13
Dasturiy ta'minot tizimi talablari funksional va funksional bo'lmagan talablar
sinflariga ajratiladi.
1. Funksional talablar Bu tizim taminlashi lozim bo'lgan servislarning bayonoti.
Kiritilgan
ma'lumotlarga tizim qanday reaksiya ko'rsatishi lozim, tizim o'zini bunday
holatlarda qanday
tutushi lozim
2. Funksional bo'lmagan talablar Bu tizim tomonidan taklif qilinayotgan servislar
va
funksiyalardagi cheklovlar. U o'z ichiga vaqt cheklanishi, ishlab chiqarish jarayoni
cheklanishi, beriladigan standartlar tomonidan cheklanishlarni olishi mumkin.