• 1 . Hozirgi zamon qurilish ishlab chiqarishining asosiy prinsiplari
  • 1 ma’ruza qurilish jarayonlari va ularga ko‘rsatiluvchi talablar reja




    Download 0.55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana05.04.2024
    Hajmi0.55 Mb.
    #188268
      1   2   3   4
    Bog'liq
    44-51


    1 - MA’RUZA 
    QURILISH JARAYONLARI VA ULARGA KO‘RSATILUVCHI TALABLAR 
    Reja: 
    1. Hozirgi zamon qurilish ishlab chiqarishining asosiy prinsiplari. 
    2. Qurilish texnologiyalarining tuzilishi, tarkibi va xususiyatlari 
    3. Qurilish ishtirokchilari. Qurilish jarayonlari va ishlari. 
    4. Qurilish texnologiyalarining moddiy elementlari, kurilish texnologiyalarining mexnat resurslari
    5. Qurilish – montaj ishlari sifatini nazorat qilish. Qurilishda mehnat muhofazasi. 
    1 . Hozirgi zamon qurilish ishlab chiqarishining asosiy prinsiplari 
    Jamiyat rivojining zamonaviy ilmiy-texnologik darajasi bir tomondan, qurilish ishlab chiqarishiga, 
    odatda, yuqori talablar qo‘yadi, ikkinchi tomondan, uni takomillashtirishda va yangilanishiga yangi 
    imkoniyatlarni ochib beradi. 
    Qurilish ishlab chiqarish asosiga hozirgi vaqtda qo‘yilayotgan prinsiplar quyidagilardir: tizimlilik; 
    havfsizlik; moslashuvchanlik; resurstejamkorlik; sifat; samaradorlik. 
    Tizimlilik ob’ekt qurilishining ishlab chiqarish jarayonini murakkab ierarxik tuzilishga ega, bir-biri 
    bilan va tashqi muhit bilan konstruktiv, texnologik, tashkiliy va iqtisodiy aloqalar bilan bog‘liq katta 
    miqdordagi elementlardan iborat murakkab ierarxik tuzilmaga ega yagona qurilish tizimi sifatida ko‘rib 
    chiqishni anglatadi. 
    Havfsizlik ob’ektni qurishda va foydalanishda qabul qilinadigan hajmiy-rejaviy, konstruktiv, 
    tashkiliy-texnologik echim(qaror)larning atrof tabiiy va ijtimoiy sharoitlariga muvofiqligini ta’minlovchi 
    va ob’ektning mustahkamligini kafolatlovchi prinsipdan iborat bo‘lib, shu jumladan favqulodda va 
    ekstremal holatlar yuzaga kelganda1.
    Moslashuvchanlik ob’ektni barpo etish ishlab chiqarish jarayonining maydonchadagi ishlarni 
    amalga oshirishda tez-tez o‘zgaruvchan sharoitlariga moslashishi, keng diapazonda tashkiliy, texnologik 
    va resursli parametrlarning o‘zgarishiga javob bermoq va bunda loyihaviy ko‘rsatkichlarni saqlagan holda 
    pirovard natijaga erishish qobiliyatini anglatadi. 
    Resurstejamkorlik qurilish ob’ektini barpo etishning barcha bosqichlarida moddiy, energetik, 
    mexnat, moliyaviy resurslarni maqbullashtirishga va sarflanishini tejashga yo‘naltirilgan prinsipni ifoda 
    etadi. 
    Sifat qurilish jarayonlari barcha parametrlarining loyihaviy qiymatlarga mos kelishi, shuningdek 
    ob’ektni qurish va foydalanishning barcha bosqichlarida uzluksiz nazorat qilish tizimi asosida amaldagi 
    norma (me’yor) lar, standartlar, tartiblarga muvofiq kelishini anglatadi. 


    Samaradorlik ob’ekt qurilishining loyihalangan parametrlarini qurilish maxsulotini yaratishdagi
    resurslarning qiymati, muddatlari, sifati, sarfini belgilab beruvchi pirovard yoki oraliq ko‘rsatkichlarga 
    mosligini miqdoriy baholashdan iborat. 
    Qurilish texnologiyalarining tuzilishi, tarkibi va xususiyatlari 
    Binoni yoki inshootni barpo etishning ishlab chiqarish jarayoni qurilish texnologiyalarining 
    integratsiyasini ifodalaydi. Qurilish texnologiyalari qurilish ishlab chiqarishning mohiyatini tashkil etadi, 
    ularning texnik-iqtisodiy darajasi qurilishning samaradorligi va zamonaviyligini ko‘rsatkichi hisoblanadi. 
    Qurilish texnologiyasi atamasi deganda ijrochilar (mexnat resurslari) vositasida boshlang‘ich tabiiy 
    va sun’iy material (material elementlar) larga ishlov berish, ularning tavsiflarini, holatini va fazodagi 
    vaziyatini (konstruksiya) o‘zgartirib loyihaviy qurilish maxsulotini yaratish maqsadiga yo‘naltirilgan 
    harakatlar (qurilish jarayoni), usullar va vositalar (texnik vositalar)ning yig‘indisini tushunish lozim. 
    Qurilish maxsuloti – bu: a) qurilishi tugallangan va foydalanishga belgilangan muddatda 
    topshirilgan bino va inshootlar; b) loyihaviy arxitektura-rejaviy, konstruktiv, tashkiliy-texnologik echimlar 
    bilan aniqlanuvchi bino va inshootlarning ayrim qismlari (navbatlari, oraliqlari, seksiyalari); v) ma’lum 
    vaqt oralig‘ida bajarilgan ishlarning hajmlari (m2, m3, dona). 
    Qurilish maxsulotini ishlab chiqarish sanoat ishlab chiqarishidan farq qiladi. Sanoat ishlab 
    chiqarishida uni tashkil etuvchi elementlar, odatda, qat’iy texnologik, masalan, konveyer liniya, umumiy 
    ishlab chiqarish maydonlari, shuningdek yagona (umumiy) boshqarish tizimi bilan bog‘langan. Bu 
    manipulyatorlar, avtomatlar, robotlar, moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlaridan keng foydalanishga 
    imkon beruvchi asos hisoblanadi. 
    Qurilish ishlab chiqarishida yaratilayotgan qurilish maxsuloti qo‘zg‘almas va barqaror (ishchilar, 
    mexnat qurollari va buyumlari ko‘chadi), katta o‘lchamga va massaga ega bo‘lib, undagi ishlab chiqarish, 
    odatda uzoq vaqtni egallaydi. 
    Xatto o‘rtacha va kichik quvvatli bino yoki inshootni barpo etishda ham bir necha qurilish va ishlab 
    chiqarish tashkilotlari, ishchilarning o‘nlab brigadalari ishtirok etadi, qurilish mashinalari va transport 
    vositalarining katta miqdori, juda ko‘p miqdordagi konstruksiyalar buyumlar, detallar, materiallar, 
    mexanizmlardan foydalaniladi – bularning hammasi bir qancha konstruktiv va texnologik tavsifga ega. 
    Qurilish ishlarini bajarish davomida turli parametrlar va ko‘rsatkichlar bilan ifodalanuvchi yuzlab 
    texnologik jarayonlar va opretsiyalar bajariladi. 
    Ob’ektda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish ko‘p miqdordagi omillar ta’sirida bo‘ladi. Bu 
    erda iqlimiy, ob-havo va mintaqa sharoitlari, ishchilar va muhandis-boshqaruv xodimlarining malakasi, 
    ijrochilarda zarur moddiy-texnik resurslar, texnik vositalar va boshqalarning mavjudligi alohida 
    ahamiyatga ega bo‘ladi. 
    Bu omillardan ko‘pchiligi ehtimollik xususiyatiga ega, odatda, qisqa vaqt oraliqlarida keskin va 
    tez o‘zgarishlarga uchraydi. Bu omillar va sharoitlar qiyin bashorat qilinadi, ularning ko‘pchiligini ta’sirini 
    bartaraf etish esa vaqt, mexnat va mablag‘larning qo‘shimcha sarf etilishini talab qiladi. 
    Qurilishga quyilgan talablarning ortishi munosabati bilan ko‘rsatilgan xususiyatlar qulaylik, 
    ekologik va muhandislik havfsizligi, energiya va resurstejamkorlik, sifatni ta’minlash nuqtai nazaridan, va 


    nihoyat quruvchining muhandis hamda ishchi mexnatini ijodiy qo‘llab quvvatlash nuqtai nazaridan o‘z 
    ta’sirlarini oshiradi. 
    Qurilish ishtirokchilari. Qurilish jarayonlari va ishlar 
    Qurilish maxsulotini ishlab chiqarish jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlari tizimi katta 
    ahamiyatga ega bo‘ladi. Qurilishda mavjud bo‘lgan tizim ishtirokchilar zanjiri ko‘rinishida ifoda etilishi 
    mumkin, uning bir tomonida kapital qo‘yilmalar (investitsiyalar), ikkinchi tomonidan – yaratilgan qurilish 
    maxsuloti turadi. Investitsiyalarning xususiyatiga ko‘ra ular davlat (byudjet) va xususiylarga ajratiladi. 
    Byudjet investitsiyalarining taqsimlanishi mahalliy vakolatli tashkilotlar orqali yoki Davlat arxitektura 
    qurilish qo‘mitasi orqali amalga oshiriladi. Xususiy investitsiyalarni jalb qilish aniq bir qurilish maxsulotini 
    yaratishdan manfaatdor bo‘lgan investorlar orqali amalga oshiriladi. Davlat yoki xususiy investor 
    buyurtmachi hisoblanadi, ya’ni qurilish maxsulotini yaratishga buyurtma beruvchi fuqarolik 
    munosabatlarining sub’ekti hisoblanadi. Qurilish maxsulotini yaratishda buyurtmachining manfaatlari – 
    loyihani g‘oyadan boshlab qurilgan ob’ektni foydalanishga topshirgunga qadar rivojlanishni buyurtmachi-
    quruvchi – loyihaning barcha ishtirokchilarini ishlarini muvofiqlashtirishni amalga oshiruvchi 
    ixtisoslashgan tashkilot ifoda etadi, bunga qurilishga dastlabki ruxsat etuvchi hujjatlarni davlat organlari 
    bilan kelishish, qurilish ustidan texnik nazorat o‘rnatish, qurilgan ob’ektni foydalanishga topshirish kiradi. 
    Buyurtmachi-quruvchi oldida turuvchi asosiy vazifalardan biri ob’ekt qurilishini investitsiyaga qadar 
    tayyorlash hisoblanadi. 
    Investitsiyaga qadar tayyorgarlik deganda loyihani texnik, tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy, hamda 
    asoslanishini shakllaydigan tadbirlar majmui tushuniladi1. 
    Bevosita loyihalash jarayoni uchun buryurtmachi tanlab oladigan asosiy ishtirokchilar bosh 
    loyihachi va bosh pudratchi hisoblanadi. Bu tashkilotlarning vakolatini loyihaviy va qurilish-montaj 
    ishlarining ayrim turlarini bajarishga davlat litsenziyasiga ega bo‘lganligi, shuningdek shunga o‘xshash 
    ob’ektlarni qurish tajribasiga ega bo‘lish tasdiqlaydi. 
    Odatda pudratchi tashkilotlar qurilish va maxsus ishlarning barcha turlarini bajarishga qodir 
    bo‘lmaydilar va bunda ular ixtisoslashgan tashkilotlar – subpudratchi sanitariya-texnika, elektromontaj va 
    boshqa ishlarni bajaruvchi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzishadi. 
    Investitsion bosqichdan oldingi ishlarning ketma – ketligi va o‘zaro aloqasi investitsion 
    jarayonning goh bir, goh boshqa ishtirokchisi tomonidan navbatma – navbat xal qilinadigan masalalarning 
    berk doirasi (1.1-rasm) ko‘rinishida taqdim etilishi mumkin. Bunday masalalar qatoriga quyidagilar kiradi: 
    tender hujjatlarini tayyorlash va qurilishga pudrat savdolarini e’lon qilish;
    tender taklifini tayyorlash va taqdim etish; 
    tanlov takliflarini baholash, g‘olibni tanlash, pudratchi bilan bitim tuzish to‘g‘risida muzokaralar 
    o‘tkazish; 
    qurilishga tayyorlanish, buyurtmalarni joylashtirish; 
    loyiha-smeta hujjatlarini tuzish, texnologik hisob-kitoblar; 
    smeta va hisob-kitoblarni tekshirish, e’tirozlar va kelishmovchiliklarni ko‘rsatish; 
    to‘lov hujjatlari kalьkulyasiyalarni tuzish vatuzatishlar kiritish; 


    Loyihalashni boshlanishi, kontrakt (shartnomalar) 
    Investitsiyadan oldingi tayyorgarlik masalalarining ketma-ketligi va o‘zaro aloqasi: 1 – tender 
    hujjatlarini tayyorlash va qurilishga savdo e’lon qilish; 
    2 – ofertani tayyorlash va taqdim etish; 3 – tanlov takliflarini baholash, g‘olibni tanlash; 4 – 
    qurilishga tayyorgarlik, buyurtmalarni joylashtirish; 5 – loyiha-smeta hujjatlarini tuzish; 6 – hujjatlarni 
    baholash, kelishmovchiliklarni bog‘lash; 7 – loyiha smeta hujjatlariga tuzatish kiritish 
    Ob’ektni barpo qilish bosqichida qurilish ishtirokchilari soni ortadi. 1.2-rasmda taqdim etilgan 
    sxemada buyurtmachining va investitsion – qurilish jarayonining asosiy ishtirokchilarini birgalikdagi 
    harakatlarining mumkin bo‘ladigan variantlari yaqqol ko‘rinib turibdi. 
    A sxema uncha katta bo‘lmagan ob’ektlarni qurish uchun, shu jumladan qurilishning xo‘jalik usuli 
    uchun xosdir, bunda barcha investitsion xavflarni buyurtmachi o‘z zimmasiga oladi. 
    B va V sxema, odatda, tipovoy (namunaviy) ob’ektlarni (masalan, turar-joy, sanoat binolari va 
    boshq.) barpo etishda qo‘llaniladi, bunda ham barcha investitsion qarorlarni buyurtmachi asoslaydi. 
    G sxema yirik loyihalar uchun foydalaniladi, bunda buyurtmachi kapital qurilishini boshqarish 
    boshqarmasiga ega va qurilish ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlarining bitim (shartnoma) tuzish shakli 
    qo‘llaniladi, unga muvofiq investitsion havflar ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlanadi. 
    D sxema yirik miqyosdagi investitsion loyihaga mos keladi, bunda loyihani boshqarishni bosh 
    pudratchi-quruvchi amalga oshiradi va u buyurtmachi bilan birga bir tomondan, bosh loyihachi va bosh 
    pudratchi bilan ikkinchi tomondan birgalikda loyihani amalga oshirishdagi havflarni o‘z zimmasiga oladi. 
    E sxema – mamlakatimiz qurilish bozorida faqat keyingi yillarda yirik investitsion loyihalarni 
    amalga oshirishni boshqarishning qurollaridan biri sifatida foydalana boshlanib, ob’ektlarni barpo qilishni 
    davomiyligini tubdan pasaytirishga va investitsion-qurilish jarayonining samaradorligini oshirishga imkon 
    beradi. 
    Umumqurilish ishlari odatda pudrat yoki xo‘jalik usullarida bajariladi. Pudrat usulida ishlarni 
    qurilish va montaj tashkilotlari shartnoma asosida bajarishadi. 


    Bunday usul qurilish va montaj tashkilotlarida doimiy ishchi kadrlari bo‘lishiga, ularning 
    malakalari oshirilishiga, qurilish ishlab chiqarishni takomillashtirishga, qurilish mashinalari va kranlari 
    bilan, ilg‘or elektrlashtirilgan asboblar bilan jihozlanishini ta’minlaydi. 
    Tarkibida qurilish-remont bo‘limiga ega yirik kup qirrali firma yoki tashkilot, ob’ektni barpo etish, 
    ishlarni bajarish uchun qo‘shimcha ishchilarni yollashga, zarur qurilish mexanizmlari va jihozlarini ijaraga 
    olishga, ishlab chiqarish bazasini yaratishi yoki kengaytirishi mumkin. Qurilishda xo‘jalik usullarining 
    qo‘llanilishi, odatda, qurilish-montaj ishlarining uncha katta bo‘lmagan xajmlarida, pudratchi qurilish 
    tashkilot larining faoliyat ko‘rsatish joylaridan uzoqda bo‘lish bilan bog‘liq bo‘lib va umuman cheklangan 
    holda qo‘llaniladi. 

    Download 0.55 Mb.
      1   2   3   4




    Download 0.55 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 ma’ruza qurilish jarayonlari va ularga ko‘rsatiluvchi talablar reja

    Download 0.55 Mb.
    Pdf ko'rish