1-ma’ruza Simsiz aloqa tizimlariga kirish Radioaloqani tashkil etish prinsiplari Simsiz aloqa tizimlariga kirish




Download 19,03 Kb.
bet2/5
Sana14.02.2024
Hajmi19,03 Kb.
#156238
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-ma’ruza Simsiz aloqa tizimlariga kirish Radioaloqani tashkil e-fayllar.org

Er usti simsiz tizimlari zamonaviy ma’lumotlarni uzatish tizimlarida orasida optik tolali va sun’iy yo‘ldoshli tuzilmalar bilan muvaffaqiyatli raqobatlashish bilan, ayniqsa uncha katta bo‘lmagan mosfalarga aloqada juda sezilarli rolni o‘ynaydi. Er usti radio vositalari sohasidagi texnologik echimlarda inqilobiy o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi. Bir necha o‘n minglab kilometrlargacha masofalarda aloqani mikroto‘lqinli aloqa tizimlari ta’minlaydi ularning ishlash tezligi sekundiga yuzlab megabitlardan ortadi.
40 MGs chastotalar polosasida STM-4 (622 Mbit/s) raqamli oqimlarni uzatilishini tashkil etishga imkon beradigan radioreleli raqamli tuzilmalar paydo bo‘ldi.
Uncha katta bo‘lmagan masofalarga aloqa uchun (bir necha o‘nlab kilometrlargacha) ulanish va ma’lumotlarni taqsimlash tizimlari ommaviy ko‘lamlarda ustun rivojlanmoqda. Bunday tizimlarga tor polosali va keng polosali radioaloqa tizimlari, shuningdek ochiq tarqatiladigan telekommunikatsion tizimlar kiradi.
Radiotizimlar zamonaviy atamashunoslikda tor polosali va keng polosali radioaloqa tizimlariga bo‘linadi. Farq, avvalo qo‘llaniladigan tebranishlar tashuvchilari tuzilmalaridan iborat. Tor polosali tizimlarga kiradigan an’anaviy radiovositalar signal tashuvchisi sifatida bir chastotali garmonik tebranishlarni ishlatadi. Bunday tizimlardagi ajratilgan chastotalar dipazonida ko‘plab foydalanuvchilarning ishlashi imkoniyatini ta’minlash uchun uzatiladigan signallar chastotalari polosalarini iloji boricha kamaytirishga uriniladi. Keng polosali aloqa tizimlarida tebranishlar tashuvchilari sifatida keng polosali psevdo-tasodifiy signallar qo‘llaniladi. Bunda har bir foydalanuvchining signali chastotalar diapazonining butun ajratilgan oralig‘ini egallaydi, alohida signallarni ajratish esa kodli usullarda amalga oshirildi.
Zamonaviy radio vositalarning xarakterli o‘ziga xos xususiyatlariga radio dipazonning yuqoriroq 2 dan 100 GGs chastotalar oraliqlariga o‘tishni kiritish mumkin. Bunda to‘g‘ri ko‘rinishdagi masofalarga etarlicha katta ma’lumotlar oqimlarini uzatish ta’minlanadi. Bunda dipazonning pastki oraliqlari diapazonlari atmosfera orqali yaxshi o‘tadi va masalan, 2 GGs dipazonda 90 kmgacha mosofani qamrab olishi, uzatkichning o‘sha quvvatidagi radiotizimda esa 38 GGs diapazonda 5-7 kmdan ortiq masofalarni ta’minlashi mumkin.
2-100 GGs diapazonlarda ishlaydigan er usti tizimlarining nomlaridan biri mikroto‘lqinli aloqa hisoblanadi. Ularga radioreleli liniyalar va to‘g‘ri ko‘rinish aloqa tarmoqlari, ma’lumotlarni taqsimlash tizimlari radioko‘priklar va ayrim sotali tuzilmalar kiradi.
Radioreleli liniyalar va to‘g‘ri ko‘rinish aloqa tarmoqlari uchun zamnaviy apparaturalar 2, 4, 6, 8, 11, 13, 15, 17, 23, 27, 38 GGs va undan yuqori chastotalar diapazlnlariga ishlab chiqariladi. Dunyodagi Ericsson, Siemens, Nokia, Nera, Harris, MRC, Alcatel va boshqalar kabi o‘nlab firmalar mikroto‘lqinli aloqa uchun qurilmalarning yuzlab variantlarini ishlab chiqarmoqda. So‘nggi yillarda Rossiyada ham kichik va o‘rta sig‘imli Radan, Radian, Radius, Erikom, «Bist», Sandra, Prosvet, Pereval kabi raqamli radioreleli aloqa tizimlari ishlab chiqarilmoqda.
So‘nggi yillarda ishlab chiqilgan ochiq tarqatiladigan optik aloqa tizimlari infraqizil va lazerli tizimlarga bo‘linadi. Bu tizimlar kichik masofalarga (yuzlab va minglab metrlarga) sezilarli ma’lumotlar oqimlarini uzatishga imkon beradi. Uncha katta bo‘lmagan masofa tuman, yomg‘ir, qor, qurum, do‘l va turli tabiy va sun’iy to‘siqlarning ta’siri orqali tushuntiriladi. Eng yaxshi tizimlar (masalan, Canobeam, Lightpoint tizimlari) signalni juda zich nurga jamlash va yorug‘lik nurini antennaning apreturasida ushlab turadigan tizimni avtomatik qidirish va sozlashni qo‘llash bilan istalgan ob-havo sharoitlarida raqamli oqimlarni 4-5 kmlargacha masofalarga 155 Mbit/s tezliklarda uzatishga imkon beradi (www.canon.com, www.lightpointcom.com). Infraqizil va lazerli qurilmalarning eng muhim avzalliklariga boshqa tizimlariga qaraganda ularning hamma joyda hech qanday litsenziyalarsiz va ruxsatlarsiz qo‘llanilishini kiritish mumkin.

Download 19,03 Kb.
1   2   3   4   5




Download 19,03 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-ma’ruza Simsiz aloqa tizimlariga kirish Radioaloqani tashkil etish prinsiplari Simsiz aloqa tizimlariga kirish

Download 19,03 Kb.