Radioaloqani tashkil etish prinsiplari
Radioaloqaning eng oddiy sxemasi 1.2-rasmda keltirilgan:
1 – ma’lumotlar (raqamli ma’lumotlar, tasvir, ovoz va h.k.) manbai;
2 – xabarni o‘zgartirigich keladigan ma’lumotlarni elektr signalga o‘zgartirish uchun xizmat qiladi;
3 – uzatkichli modulyator.
1.2-rasm. Radioaloqa sxemasi
Signalni modulyasiyalash zarurati shundan iboratki, elektr signalga o‘zgartirilgan ma’lumotlar nisbatan past chastotaga ega, ma’lumki, yomon nurlanadi. Radiosignal deyiladigan modulyasiyalangan YUCH tebranishlar uzatuvchi antennaga uzatiladi va atrof-muhitga elektromagnit to‘lqinlarni qo‘zg‘atadi. Uzatkichdan uncha katta bo‘lmagan elektromagnit to‘lqinlar energiyasi qismi qabullash antennasiga etib boradi va unda kuchsiz modulyasiyalangan yuqori chastotali tokni hosil qiladi. RQQQda modulyasiyalangan tebranishlar kuchaytiriladi va keyin o‘zgartirgichdan uzatish punktida olingan o‘sha ko‘rinishdagi signalga detektorda teskari o‘zgartiriladi. Bunday o‘zgartirish detektorlash deyiladi. Keyin signal qayta tiklash qurilmasi – harf teruvchi apparat, telefon, televizion qabullash trubkasi va boshqalarga beriladi, bundan keyin qabul qilingan ma’lumotlar oluvchiga beriladi.
Uzatkich, uzatuvchi antenna, to‘lqinlarning tarqalishi muhiti, qabullash antennasi va qabullagichdan iborat kompleks radioliniyani hosil qiladi. 1.2-rasmdan ko‘rinib turibdiki, radioliniyalarda uzatuvchi antenna joylashgan punktdan qabullagich joylashgan punktga ma’lumotlarni bir tomonlama uzatilishi amalga oshiriladi. Teskari uzatish bu holda ko‘zda tutilmaydi.
Bir tomonlama uzatish ko‘pincha radioaloqada emas, balki ovoz va TV uzatishda, matbuot agentliklari uchun ma’lumotlarni, metrologik ma’lumotlarni, aniq vaqt, aniq signallarini uzatish xizmatlarida va boshqalarda ishlatiladi. Qurilmalardan foydalanish samaradorligini yaxshilash va radioliniyaning o‘tkazish polosasini oshirish uchun zichlashtirish apparaturasi qo‘llaniladi (1.3-rasm). turli 1a–1n ma’lumotlar manbalari signallaridan 2a–2n o‘zgartirgichlar orqali o‘zgartirilgan yagona guruh signalini hosil qiladi. Bu apparaturaning qabul qiluvchi qismi signallarni ajratadi, ularni o‘zgartirishni amalga oshiradi (5a–5n), bundan keyin ular 6a-6n iste’molchilarga beriladi. Bitta manbadan xabarlarni oluvchiga uzatilishini ta’minlaydigan texnik vositalar majmui radioaloqa kanali deyiladi. Radioliniyalar zichlashtirilgan radioaloqa tizimi ko‘p kanalli radioaloqa deyiladi.
1.3-rasm. Zichlashtirish apparaturasili radioliniya
Ikkita punktlar orasida ma’lumotlarni almashlash uchun bir-birlariga qarama-qarshi ishlaydigan ikkita bir tomonlama aloqa qurilmalari jamlanmasi yordamida ta’minlanadigan ikki tomonlama radioaloqa tashkil etiladi. Ikki tomonlama radioaloqaning har bir oxirgi punktida ham uzatish, ham qabullash qurilmalari joylashtiriladi. Manba va oluvchi odatda birlashtiriladi, shuningdek ayrim hollarda uzatkich va qabullagich ham yagona qabullash-uzatish radiostansiyasiga birlashtiriladi. Bunday punktda ikkita antennalar o‘rniga bitta umumiy qabullash-uzatish antennasi ishlatiladi.
Ikki tomonlama radioaloqa quyidagi variantlar bo‘yicha tashkil etilishi mukin:
1. Har ikkala uzatkichlar o‘sha bitta chastotada ishlaydi, ya’ni qabullagichlar ham o‘sha bir chastotaga sozlanadi. Bu holda radioliniya bir vaqtda ikkita yo‘nalishda ishlay olmaydi. Bunday aloqa simpleks aloqa deyiladi.
2. Uzatkichlar turli chastotalarda ishlaydi, mos ravishda qabullagichlar ham turli chastotalarga sozlanadi. Bu holda radioliniya bir vaqtda ikkita yo‘nalishda ishlay oladi. Ishlash navbatma-kavbat yo‘nalishlardan birida amalga oshiriladi. Bunday aloqa dupleks aloqa deyiladi.
3. Radioaloqa qabullash va uzatish chastotalaridan foydalanish orqali, lekin dupleks radioalqaga qaraganda bir vaqtda emas, balki navbatma-navbat amalga oshiriladi. Signal bitta chastotada qabul qilinadi, boshqa chastotada uzatiladi. Vaqtning bir momentida abonent “qabullash” yoki “uzatish” rejimida bo‘lishi mumkin. Bunday aloqa yarim dupleks (ikki chastotali simpleks) aloqa deyiladi.
|