|
Radioaloqa liniyasi bir necha yoki ko‘plab bo‘laklardan iborat bo‘lishi mumkin
|
bet | 5/5 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 19,03 Kb. | | #156238 |
Bog'liq 1-ma’ruza Simsiz aloqa tizimlariga kirish Radioaloqani tashkil e-fayllar.orgRadioaloqa liniyasi bir necha yoki ko‘plab bo‘laklardan iborat bo‘lishi mumkin, ularning chegaralarida radiosignallarni uzatish qabullash-uzatish qurilmalari jamlanmalari orqali ta’minlanadi. Bitta punktdan signallar boshqa punktda qabul qilinadi, kuchaytiriladi va keyin uchinchi punktga uzatiladi, u erda yana kuchaytiriladi va to‘rtinchi punktga uzatiladi va h.k.. Radioliniyaning bunday qurilishi radioreleli aloqa liniyasi (1.5-rasm) deyiladi, uning shartli belgilanishi 1.6-rasmda keltirilgan.
1.5-rasm. Radioreleli aloqa liniyasining qurilishi
SHunga o‘xshash tarzda aloqa sun’iy yo‘ldoshlari (1.7-rasm) ishlaydi. Bitta er usti stansiyasidan signal Erning sun’iy yo‘ldoshida (ESY) qabul qilinadi, kuchaytirilidi va yo‘ldoshning uzatkichi orqali birinchi er usti stansiyasidan katta masofalarda joylashgan boshqa er usti stansiyasiga uzatiladi.
1.6-rasm. Radioreleli aloqa liniyasining shartli tasvirlanishi
1.7-rasm. Sun’iy yo‘ldoshli aloqa liniyasi
RRL sun’iy yo‘ldoshli aloqa liniyalari kabi oxirgi punktlarda zichlashtirish apparaturasiga ega va katta malumotlar oqimlarini uzatishga imkon beradi.
Nazorat savollari
1.Radioaloqani tashkil etilishi prinsipini tushuntiring, bir tomonlama va ikki tomonlama radioaloqaning tuzilish sxemalarini keltiring?
2. Simpleks, yarim dupleks va dupleks radioaloqa qanday tashkil etiladi?
3. Radioaloqa radioreleli tizimlari qanday tashkil etiladi?
4. Sun’iy yo‘ldoshli radioaloqa tizimlari qanday tashkil etiladi?
http://fayllar.org
|
| |