36
termometrlar hosil qiladigan EYKni (usha haroratlarda) hosil qiladi. Harorat 100
C
0
dan oshganda termoelektr termometr va ulaydigan simlarning xususiyatlari bir-
biridan farq qiladi. Odatda ulaydigan simlarning harorati yuqori bo‟lmaydi. Agar
uzaytiruvchi simlar termometrniki kabi darajalash tavsifiga ega bo‟lsa, termojuftning
erkin uchlarini ulash simlari bilan ulaydigan joylarida ulanmalarning paydo bo‟lishi
natijasida paydo bo‟ladigan «parazit» TEYK hosil bo‟lishini oldi olinadi.
Uzaytiruvchi termoelektrod simlar bir va ko‟p simli qilib, izolyatsiyada va tashqi
qoplama yoki qobiqlik qilib ishlanadi. Izolyatsiyalash uchun polivinxlorid, polietilen-
tereftalat va ftoroplast plyonklardan foydalaniladi. Izolyatsiyadan
tashqari simlar
ko‟pincha polivinxlorid qobiq yoki lavsan ip yoxud shisha ip bilan chirmab uraladi.
Agar tashqi elektr, magnit maydondan va mexanik ta„sirdan
saqlanish talab
etilsa unda, mis, pulat simli qoplama yoki ekranlar qo‟llaniladi.
Har bir sim materiali izolyatsiyaning o‟z rangiga yoki simlarning o‟ramasida va
qoplamasi rangidagi simlarga ega bo‟ladi. 6.2-jadvalda termoparlar,
tavsiya
etiladigan termoelektrod simlar, ularning belgilari va ranglari keltirilgan.
Tavsiya etiladigan uzaytiruvchi termoelektrod simlar
6.2-jadval
№
Termojuft
Uzaytiruvchi termoelektrod simlari
Belgilari
Juft-simlar
Rangi
1
Mis-kopelli
МК
Miss-kopel
Qizil-sariq
2
Mis-nikelli
М
Miss-konstantan
Qizil-jigarrang
3
Xromel-kopelli
ХК
Xromel-kopel
Binafsha-sariq
4
Nikelxrom-nikel
alyuminiyli
М
Miss-konstantan
Qizil-jigarrang
МТ-НМ
Miss-titan-nikel mis
Qizil-yashil
5
Platinorodiy-platinali
П
Miss qotishma termojuft
Qizil-yashil
6
Volframreniy-
volframreniyli
М-МН
Miss-qotishma, MN, 2, 4
Qizil-kuk