31
8. Suyuqlikli manometrik termometrning aniqlik sinfini
ayting
9. Maxsus tayyorlangan gazli manometrik termometrlar qanday quyi
haroratlarni o‟lchaydi?
10. Manometrik termometrlarni to‟zilishini izohlab bering.
11. Gazli manometrik termometrlarni to‟zilishini,
ishlash uslubini, ish
moddasini, o‟lchash oralig‟ini izohlab bering.
12. Suyuqlikli manometrik termometrlarni to‟zilishini, ishlash uslubini, ish
moddasini, o‟lchash oralig‟ini izohlab bering.
13. Kondensatsion manometrik termometrlarni to‟zilishini, ishlash uslubini, ish
moddasini, o‟lchash oralig‟ini izohlab bering.
6-ma„ruza: TERMOELEKTRIK TERMOMETRLAR.
Reja:
6.1.Termoelektrik termometrlar haqida umumiy ma„lumotlar.
6.2.Termoelektr zanjirlar.
6.3.Uzatuvchi termoelektrod simlari.
Tayanch iboralar: Termoelektr termometr, termojuft, TEYK,
issiq ulanma,
sovuq ulanma, termoelektr zanjirlar.
Adabiyotlar: 1,
2, 4, 6, 7, 8.
6.1.Termoelektrik termometrlar haqida umumiy ma„lumotlar.
Haroratni o‟lchashning termoelektr usuli termoelektr termometr (termojuft)
termo TEYK ining uning haroratiga bog‟liqligiga asoslangan.
Bu asbob – 200
0
C dan +2500
0
C gacha
haroratlarini
o‟lchashda
texnikaning
turli
sohalarida ilmiy – texnikaviy ishlarda keng
qo‟llaniladi.
Termoelektr termometrlar
yordamida haroratni
o‟lchash 1821 yilda Zeebek tomonidan kashf
etilgan termoelektr hodisasiga asoslangan. Bu
hodisa ikki xil metall simdan iborat zanjirda
ularning kavsharlangan
joyida haroratlar farqi
hisobiga
hosil
bo‟ladigan
TEYK
effektiga
asoslangan (6.1-rasm)
Termojuftning o‟lchanayotgan muhitga tegib
turgan qismi t, 1 (issiq ulanma), o‟zgarmas
0
t
muhitdagi joyi 2 (sovuq ulanma) deyiladi. A va B lar
termoelektrodlar deyiladi
.
Bunday kavsharlangan o‟tkazgichlar
termojuftlar deyiladi, ularda hosil bo‟lgan EYK,
termo elektr yurituvchi kuch (TEYK) deyiladi.
32
TEYK hosil bo‟lish sababi erkin elektronlar zichligi ko‟proq
metalning erkin
elektronlar zichligi kamroq metalga diffuziyasi bilan izohlanadi.
Ikki xil metal simning birikish joyida paydo bo‟ladigan elektr maydon diffuziyaga
qarshilik ko‟rsatadi. Elektronlarning diffuzion o‟tish tezligi elektr maydon ta„sirida
ularning qayta o‟tish tezligiga teng bo‟lganda harakatli muvozanat holati qaror
topadi. Bu muvozanatda A va B metallar orasida potensiallar ayirmasi paydo bo‟ladi.
Agar kavsharlangan o‟tkazgichlar bir xil bo‟lsa va ularning ikki uchi turlicha
haroratda qizdirilsa, u holda o‟tkazgichning issiqroq qismdan sovuqroq qismiga bush
elektronlarning teskari yo‟nalishdagi diffuziyasi jadalroq bo‟ladi.
Potensiallar
ayirmasi elektronlarning issiqlik diffuziyasiga teskari yo‟nalishda ta„sir qiladi, buning
natijasida muvozanat holati qaror topguncha o‟tkazgichning issiqroq uchi (+)
ishorada zaryadlanadi. Binobarin har xil A va B o‟tkazgichlardan tashkil topgan eng
sodda termoelektr zanjirda 4 ta turlicha TEYK hosil bo‟ladi. Ya„ni 2 ta TEYK A va B
o‟tkazgichlarning kavsharlangan uchida; 1 ta TEYK A o‟tkazgichning uchida; 1 ta
TEYK B o‟tkazgichning uchida. Shuni nazarda tutib 6.1 – rasmda tasvirlagan
zanjirdagi TEYKni aniqlash mumkin. Zanjirni soat strelkasiga teskari yo‟nalishda
kuzatsak quyidagicha natija chiqadi:
0
0
,