30
Termometrdagi suyuqlik qaynab ketmasligi uchun undagi boshlang‟ich
bosim
1,47…….1,96 мН/м
2
(15…….50kg/sm
2
) ga Еtkaziladi.
Atrof-muhit haroratining o‟zgarishidan kelib chiqadigan hatolik suyuqlikli
termometrlarda gazli termometrlarga qaraganda katta.
Bu hatoliklar gazli
termometrlar uchun hisoblanadigan formulalar yordamida hisoblanadi
. Kapillyar
haroratining o‟zgarishida ayniqsa hatoliklar yuzaga keladi.
Shu bilan kapillyarning
uzunligi katta bo‟lganda kompensatsion qo‟rilmalardan foydalaniladi.
Unda asosiy kapillyar bilan bir qatorda qushimcha kapillyar ham bor. Uning bir
uchi termoballon yaqinida ta„mirlab berkitilgan bo‟lib,
ikkinchi uchi esa yordamchi
prujina bilan ulangan. Ikkala kapillyar ikkala prujina ham bir xil xarakteristikaga
ega. Ikkala prujina bir-biriga teskari yo‟nalishda harakat qiladi. Bu bilan atrof-muhit
haroratining asbob ko‟rsatishiga ta„siri yo‟qotiladi.
Suyuqlikli manometrik
termometrlarning aniqlik sinfi 1; 1,5 va 2,5.
5.4.Kondensatsion manometrik termometrlar.
Manometrik kondensatsion (bug‟-suyuqlikli) termometrlar -50
0
С dan +300
0
С
gacha haroratlarni o‟lchaydi. Kondensat sifatida freon (SHF2Cl, - 25
0
С ……+80
0
С
gacha); propilen (S3N6, - 50
0
С ……+60
0
С gacha); xlorid metil (SN3Cl, 0
……+125
0
С gacha); atseton (S3N6O, 100
0
С ……+200
0
С gacha); etil benzol
(S8N10, 160
0
С ……+300
0
С gacha) va hokazolar ishlatiladi.
Bu termometrlarning termoballonlari hajmining 2/3
qismi past haroratda
qaynaydigan suyuqlik bilan to‟ldiriladi. Termometrlarning berk sistemasida doim
bug‟lanish va kondensatsiyalanishning dinamik muvozanati mavjud.
Harorat
kutarilishi bilan birga bug‟lanish kuchayib, bug‟ning elastikligi o‟sadi, shuning uchun
kondensatsiyalanish jarayoni kuchayadi. Buning natijasida tuyingan bug‟ ma„lum
haroratda mos muayyan bosimga erishadi. Bug‟ bosimi harorat o‟zgarishi bilan
o‟zgarib, kapillyarni to‟ldirgan muhit orqali manometrik naychaga utadi.
Tuyingan bug‟ bosimining o‟zgarishi harorat o‟zgarishiga
proporsional emas,
shuning uchun kondensatsion termometrning shkalasi notekis chiqadi. Termoballon
o‟lchamlari kichik (diametri 10-12 mm, uzunligi 80-125 mm).
Termometr
sistemasidagi
bosim
o‟lchanayotgan
haroratning yuqori
chegarasida 3,5 MN/m2 dan oshmaydi, pastki chegarasida esa bir necha yuz KN/m2
ni tashkil etadi. Manometrik termometrlar ichida kondensatsion termometrlar eng
kam kechikishga ega. Aniqlik sinfi – 1,5; 2,5; 4.