51
Aloxida qavatlari lak bilan maxkamlanadi va sungra
barcha sezgir elementlar
ftorpastli
plyonka 2 bilan qoplanadi. Sezgir element yupqa devorli himoya metal
qobiqqa joylashtiriladi, unga keramik kukun sepiladi va germetizatsiyalanadi. Sim
uchlari 3 quloqchalarga kavsharlanadi, ular termometr uchi qisqichlariga ulanadi.
Sanoatda ishlab chiqariladigan qarshilik
termometrlarining turlari, asosiy
parametrlari va o‟lchamlari GOST 6651-78 bilan reglamentlashtiriladi.
Qarshilik termometrlarining to‟zilish varianti 8.2-rasmda keltirilgan. Qarshilik
termometrlarining sim 1 dan qilingan sezgir elementi turt kanalli keramik karkas 2 ga
joylashtirilgan. Sezgir element himoya qobig‟i 3 га joylashtirilgan
va u keramik
vtulka 4 bilan zichlashtirilgan. Sezgir elementning quloqchalari 5 izolyatsion keramik
truba 6 orqali utadi. Shularning hammasi o‟lchash ob„ektida rezbali shtutser 8
yordamida
o‟rnatilgan himoya g‟ilofi 7 da
joylashgan. Termometr ulaydigan uch 9, simlarni
ulash vinti 11 lar himoya g‟ilofi ichida joylashgan.
8.2-rasm, a da sterjenli termorezistor ko‟rsatilgan. U
quloqchalar 3 kavsharlangan kontaktli qalpoqchalar 2
ga ega bo‟lgan silindr 1 dan tashkil topgan. Silindr
emal
buyoq bilan qoplangan, uning yuqori qismida
shisha izolyator 6 bor.
Munchoqli termorezistorlarning (8.3-rasm, b)
yarim o‟tkazgich elementi 1 diametri 0,5 mmli shisha qobiq 4 bilan himoya qilingan
sharcha shakliga ega. Sharchaga 0,05 mm diametrli platina simdan qilingan va nikelli
quloqchalar 3 bilan ulangan elektrodlar 2 joylashgan.
Past haroratlarni o‟lchash uchun muljallangan germaniyli termometrlar mis
gilzadan (8.3-rasm, v) iborat bo‟lib, gazsimon geliy bilan to‟ldirilgan
va germetik
tiqin 2 bilan yopilgan. Gilza ichida surma bilan legirlangan germaniy 3 ning
monokristali joylashgan. Kristall 4 ga oltin o‟tkazgich yopishtirilgan bo‟lib, ularga
52
platina quloqchalari 5 kavsharlangan. Kristall plyonka 6 bilan izolyatsiya qilingan.
Bunday termometrlar 1,5 dan 50 K gacha haroratlarni o‟lchashda qo‟llaniladi.