emasligini va marketing prinsiplarini hamma vaziyatlarga ham tatbiqqilibbо‘lmasligini
ta’kidlaydilar. Marketingga ta’rif berishda bunday xilma-xillikning sababi bor.
Birinchidan,
marketing konsepsiyasi mazmuni kapitalistik ishlab chiqarish usuli rivojlanishi bilan о‘zgarib
keldi va uning mohiyatini aks ettirdi,
ikkinchidan, boshqarish tizimida marketingdan foydalanish
maqsadlari, xususiyatlari, miqyosiga qarab, undagi tashkiliy qismlarning ahamiyati va boshqaruv
tizimidagi ahamiyati о‘zgarib boradi. Bundan tashkari, mutaxassislar marketingni biznes xizmati
va falsafasi tarzida baholaydilar. Xizmat sifatida marketing ishlab chiqarish, savdo, reklama,
texnika xizmati kо‘rsatish va boshqasohadagi tadbirlar majmuidan iborat. Falsafa sifatida esa
marketing - bu jamiyat ishlab chiqarish munosabatlariga daxldor ijtimoiy-iqtisodiy konsepsiyadir.
Umuman olganda marketingga quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin: Marketing - ehtiyoj va
muhtojlikni ayriboshlash orqaliqondirishga qaratilgan inson faoliyatining turidir. Marketing
vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri bu ishlab chiqarish xajmining ortib borishi, yangi
tarmoqlarning vujudga kelishi, tovar turlarining kо‘payishi va tadbirkorlar о‘rtasida mahsulotni
sotish muammosining vujudga kelishidir.
Marketing asosida bozorni har taraflama о‘rganishyо‘nalishlarining asosiylaridan quyidagilarni
kо‘rsatib utish zarur:
•
talabni о‘rganish;
•
bozor tarkibini aniqlash;
•
tovarni о‘rganish;
•
raqobat sharoitlarini tadqiqqilish;
•
sotish shakli va uslublarini tahlil etish.
Marketing korxonalarning bozorda ishlash uslubi, bozor metodologiyasi bо‘lib, iste’molchilar va
ularning talab istaklarini о‘rganish, ularga mos tovarlar yaratish, narx belgilash, tovarlarni yetkazib
berish, takdim etish, sotish, xizmat kо‘rsatishni uyushtirish usullari, vositalari, tartib-qoidalari
majmui hisoblanadi. Bularning hammasi birinchi asosiy maqsadga talab bilan taklifni
о‘zaromuvofiqlashtirishga
xizmat
kiladi.