1-MAVZU
: “Marketing” fanining predmeti, mazmuni va vazifalari. Мarketingni rivojlanish
evolyusiyasi va konsepsiyasi. Marketing tamoyillari, vazifalari, funksiyalari va turlari
1. Marketing tushunchasi va uning mohiyati.
2. Marketing nazariyasi konsepsiyasi va uning evolyusiyasi.
3. Marketing elementlari tarkibi va marketing – miks tushunchasi.
4. Marketingning asosiy tamoyillari.
5. Marketing funksiyalari va uning faoliyati mazmuni.
6.
Talabning
holati
va
uning
rivojlanishiga
kura
marketing
turlari.
1.MARKETING
TUSHUNCHASI
VA
UNING
MOHIYATI
Marketingning vujudga kelishi
Tadbirkorlik faoliyatida qarorqabulqilish va uni ishlab chiqishda tadbirkorlikning samarali vositasi
hamda asosi bо‘lib marketing hisoblanadi hamda tadbirkorlik faoliyatini boshqarish tizimida, uni
tashkil etishda, rejalashtirish va nazorat qilishda muhimahamiyat kasb etadi. “Ay-si-ay” konserni
boshqaruvi raisi Djon Xarvi Djons tadbirkorlikda marketingni о‘rnini
tavisflab shunday deydi,
ya’ni “Marketing tadbirkorlikning tayanch omilidir. Bu nafakat yoqilg‘i, balki kema
komandasidir.”
Marketing mazmuni va terminologiyasi yangilanib boradi, lekin
ular boshdan ayirboshlash
jarayoni, tovar-pul munosabatlari paydo bо‘lishi, sotish shakllarini rivojlanishi hamda
istemolchilarni tovar va xizmatlar bilanо‘zaroharakati bilan bog‘lanadi.
Marketing elementlarining paydo XVII asrning о‘rtalariga borib taqaladi. Bu davrgacha tovarlarni
natural ayirboshlashni turli shakllari paydo bо‘ladi, keyinchalik marketing faoliyatini birinchi
elementlari, ya’ni reklama, narx, sotish kabilarni rivojlanishi kuzatildi.
1902 yildan boshlab AQShning Michigan, Kaliforniya va Illinoys universitetlarida marketing fani
kiritilib, bu muammolar bо‘yicha ma’ruzalar о‘qitila boshladi.
Keyinchalik marketing
assotsiatsiyalari tashkil topdi.
1948 yildan boshlab marketing tovarlar va xizmatlar oqimini ishlab chiqaruvchidan oxirgi pirovard
iste’molchi tomon yо‘naltirilgan xо‘jalik faoliyatini har xil turlarini amalga oshirish sifatida
kо‘rina boshladi.
Marketing tushunchasi bozor sohasini har qanday faoliyati bilan bog‘liqdir, shu bois marketing
sо‘zini tarjimasi va kelib chiqishi keltiriladi (ing. Market – bozor, ing – faol, faoliyat,
harakat
ma’nosini anglatadi).
Marketing bu nafakat falsafa, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur yо‘nalishi, ammo ayrim firma,
kompaniya, tarmoq va butun iqtisodiyot bо‘yicha amaliyot faoliyati hamdir. AQSH va boshqa
xorijiy davlatlar iqtisodiy adabiyotlarida marketing ta’rifini kо‘p turlari mavjuddir. Eng keng
tarqalgan marketing ta’rifi, u Amerika marketing assotsiatsiyasi tomonidan berilgan bо‘lib, uning
mazmuni quyidagichadir, ya’ni “Marketing shunday jarayondan iboratki,
uning yordamida
uylangan g‘oya rejalashtiriladi va amalga oshiriladi, narxlar tashkil etiladi, g‘oyalar, tovarlar va
xizmat kо‘rsatishlar harakati va sotishni, ayrim shaxslar va tashkilotlarni maqsadlari ayirboshlash
yordamida
qondiriladi”.