|
Axborot-kutubxona infratuzilmalari modellarining qiyosiy funksional tahlili
|
bet | 16/18 | Sana | 06.02.2024 | Hajmi | 0,78 Mb. | | #152358 |
Bog'liq 1-mavzu. Axborot resurslarining asosiy tushunchalari-2Axborot-kutubxona infratuzilmalari modellarining qiyosiy funksional tahlili
Modellarning qiyosiy funksional tahlili
1-jadval.
Ko`r
satkich
|
Mahalliy taqsimlangan model
|
Mijoz-server markazlashgan modeli
|
Avtomatlashtirilgan axborot
tizimi (AAT)
|
Har bir axborot-kutubxona va arxiv muassasalari (AKAM) MARC formatlari va DUBLIN CORE kommunikativ formatlariga asoslangan avtomatlashtirilgan axborot tizimiga (AAT) ega
|
Har bir axborot-kutubxona va arxiv muassasalari AATga ega bo‘lishni shart emas. Jamoaviy foydalanish uchun AAT korporativ tarmoq serverida joylashgan bo‘ladi
|
Elektron
kataloglashtirish
|
Har bir axborot-kutubxona va arxiv muassasasi o‘zining serverida elektron katalogni mustaqil tashkil etishi va yurgizishi mumkin. Elektron katalog (EK) axborot-kutubxona va arxiv muassasasi xodimlari tomonidan tashkil etiladi yoki korporativ tarmoqdagi boshqa axborot kutubxona va arxiv muassasalari yozuvlari o‘zaro almashuvi asosida tashkil etiladi
|
Har bir axborot-kutubxona va arxiv muassasasi o‘zining elektron katalogini boshqaruv tashkilot serverining axborot muhitida mustaqil tashkil etishi va shakllantirishi mumkin.
EK o‘zaro almashiladi
|
EK va ma’lumot bazalarini boshqaruvi
|
Har bir AKAM uchun ma’lumot bazasi boshqaruvi (ma’lumotlar kiritish, ma’muriy va texnik xizmat ko‘rsatish, nazorat qilish) talab etiladi
|
Ma’lumotlar bazasi boshqaruvi korporativ tarmoqning boshqaruv muassasasida tashkil etiladi
|
Internet / Intranet
|
Tezkor Internet talab etilmaydi
|
Tezkor internet talab etiladi
|
Axborot xavfsizligi
|
Har bir AKAM uchun alohida axborot xavfsizligi choralari ko‘rish talab etiladi
|
Korporativ tarmoq boshqaruv muassasasining axborot xavfsizligini yuqori darajada tashkil etish lozim
|
Kadrlarni tayyorlash va ta’minlash
|
Har bir AKAM kutubxonachi, arxivchi va ma’lumot bazalari boshqaruvchilarini o‘qitish talab etiladi
|
Har bir AKAM kutubxonachi, arxivchi va ma’lumot bazalari boshqaruvchilarini o‘qitish talab etiladi
|
Markaziy boshqaruv quyidagi bir qator afzalliklarga ega:
har bir AKMda ma’lumot bazalari administratori talab etilmaydi;
boshqaruv (administrator) kadrlarini tayyorlash qimmat jarayon hisoblanadi.
Har doim ham tayyorlangan mutaxassis AKMda qolmasligi mumkin. Beshta mutaxassis mingtacha AKMlari ma’lumot bazalarini boshqarishi mumkin. Holbuki, bu yuqori darajadagi mutaxassislarning sifatli boshqaruvi hisoblanadi. Albatta, besh-oltita administratorni tayyorlash, malakasini oshirish, barcha viloyat hamda tumanlardagi administratorlarni tayyorlash va malakasini oshirishdan arzonga tushadi.
Avtomatlashtirilgan va elektron-kutubxonalarni tashkil etish – bu juda qimmat va ko‘p mehnat talab etiladigan jarayondir. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi va hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, axborot-kutubxona muassasalari yakka holda o‘zlarining elektron resurslarini tashkil etar ekanlar ular ulkan resurslarni yo‘qotadilar, aksariyat hollarda ish xodimlarning darajalari pastligi tufayli, yozuvlarning takrorlanishi kabi xatoliklar asosida tashkil etiladi.
Quyida mijoz-server va Cloud Computing texnologiyalari va Library 2.0 konsepsiyasi asosida tashkil etilgan O‘zbekistonning oliy o‘quv yurtlari korporativ tarmog‘ini tashkil etish borasidagi tadqiqot va ishlanmalarning natijalari keltirilgan. Tizimning texnologik asosi ARMAT-1.13 dasturiy kompleksi va «Elektron ta’lim» Davlat dasturining telekommunikatsiya tarmog‘i hisoblanadi. Dasturiy kompleks yuksak texnologik yechimlarni qo‘llagan holda tarmoqni samaradorligini amalga oshirdi.
Library 2.0 va Cloud Computing konsepsiyalarida keltirilgan tamoyillar o‘xshash bo‘lib, axborot-kutubxona muhitida quyidagi talablarga keltiriladi:
shaxsga qaratilganligi;
integratsiyalangan axborot resurslari, shuningdek, shaxsiy resurslarini shakllantirishda foydalanuvchi faolligini oshirish;
foydalanuvchining virtual shaxsiy kabinetini shakllantirish;
hamkorlikdagi forumlar tashkil etish va o‘tkazish – «kitobxon-kutubxonachi» yoki yanada kengroq - «kitobxon-kutubxonachi-axborot resurslarni shakllantiruvchi»;
elektron katalog imkoniyatlarini kengaytirish, to‘liq matnli elektron resurslardan jamoaviy foydalanish tizimini yo‘lga qo‘yish;
axborot xizmatlarini olishda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish usul va vositalarini rivojlantirish;
korporativ tarmoqda texnologik va axborot resurslaridan maksimal darajada iqtisodiy foydalanish.
Cloud Computing texnologiyasidan axborot-kutubxona tarmoqlarida foydalanish tarmoq boshqaruvini amalga oshirish, foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishda sezilarli darajada samaradorlikni oshiradi. OO‘Yu korporativ kutubxona tarmog‘ining axborot muhiti bosh serverda shakllantiriladi. (2-jadval ).
Korporativ kutubxona tarmog‘ining axborot muhiti
2-jadval
|
| |