Mavzu: Kompyuterlarning umumiy ma’lumoti va tasnifi.
Reja:
Shaxsiy kompyuter tushunchasi.
Shaxsiy kompyuter vositari
Shaxsiy kompyuter tuzilishi
Tayanch so‘z va iboralar: EHM, BESM-6, YeS EHM, IBM kompyuterlar, MAKINТOSh, Intel 8088, 80284, 80386SX, 80386, lbrus-2 EHM, IBM PC klaviaturasi.
Informatika — bu axborotning nafaqat umumiy xususiyatlari, balki unga avtomatlashtirilgan ishlov berishning uslublari, jarayonlari va texnik vositalarini o‘rganuvchi fandir. Avtomatlashtirilgan ishlov berish jarayonlarining asosini axborotni yig‘ish, talqin qilish, saqlash, qayta ishlash va uzatish tashkil qiladi. Bu jarayonlar hisoblash texnikasi, jumladan, EHMlar yordamida amalga oshiriladi.O‘tgan asrning 40- yillaridan boshlab universal EHMlarning davri boshlandi desa bo‘ladi. Ularning taraqqiyotini avlodlarga bo‘lib o‘rganish tajribasi keng qo‘llanib kelingan. Ayni paytda EHMda qo‘llanilgan radiotexnik elementlar bazasi hamda dasturiy ta’minoti kabi tasnif belgilari bo‘yicha avlodlarga ajratishdan ham foydalanilgan. Lekin yana bir tasnif belgisi — EHMning arxitekturasidagi farqiga qarab ham u yoki bu avlodga ajratish maqsadga muvofiqdir. Bunga oid gapni «bazaviy EHM»ning arxitekturasi, ya’ni abstrakt modelidan boshlaymiz.Ushbu EHM tarkibidagi arifmetik — mantiqiy, boshqarish, xotira, axborotni kiritish va chiqarish kabi qurilmalar uning arxitekturasini tashkil etadilar.Universal EHMlar arxitekturasiga qarab quyidagilarga bo‘linadi:Birinchi avlod EHMlari — bu tarkibida tezkor xotira qurilmasi ham bor bo‘lgan
«bazaviy EHM»dir.Ikkinchi avlod EHMlari — bu birinchi avlod mashinasidan tarkibida tashqi xotira qurilmasi ham borligi bilan farq qiladi; Uchinchi avlod EHMlari — bu ikkinchi avlod mashinasidan tarkibida axborot almashuv qurilmasi(kanal) ham borligi bilan farq qiladi. Kanal tezkor xotira bilan EHMning tashqi qurilmalari orasidaaxborot almashuviga imkon beradi. Shu tufayli ko‘p dasturli (bir vaqtning o‘zida, misol uchun, axborotni chop etish, musiqani ijro etish, ma’lumotlarni kiritish va hokazo) rejimni amalga oshirish mumkin bo‘ladi. BESM-6, YeS EHM va boshqalar uchinchi avlod mashinalari sirasiga kiradi.Тo‘rtinchi avlod EHMlari — bu uchinchi avlod mashinasidan tarkibida xar biri parallel ravishda ishlay oladigan ikki va undan ko‘p protsessorlar borligi bilan farq qiladi. Cheget, Elbrus-2 kabi EHMlar to‘rtinchi avlodga mansub. O‘z vaqtida Тoshkentdagi
«Algoritm» zavodida ishlab chiqarilishi mo‘ljallangan Elbrus-2 EHM tarkibida xar biri sekundiga 1 mln amaliyotlarni bajarish imkoniyatiga ega bo‘lgan 10 ta protsessor bor.Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, o‘quv muassasalaridagi eng zamonaviy shaxsiy kompyuterlar ham bitta protsessorli bo‘lgani tufayli uchinchi avlodga mansub. Ayni paytda ayrim idoralar kuchli serverlar (ikki va undan ko‘p protsessorlarga ega bo‘lgan,ya’ni to‘rtinchi avlod kompyuterlari)dan
foydalanmoqdalar.Beshinchi avlod EHMlari — bu to‘rtinchi avlod mashinasidan tarkibida intellektual interfeys (bilimlar bazasi, masalalarni avtomatik ravishda yechishning dasturiy ta’minoti va muloqot protsessori borligi bilan farq qiluvchi, universal sun`iy tafakkur mashinalaridir. Universial EHMlarning rivojlanish tarixida alohida o‘rinni kompyuterlar egallab kelmoqdalar. Kompyuterlar davri 1971 yilda AQShda mikroprotsessor kashf etilgandan boshlangan desa bo‘ladi. Kompyuterlarni ishlab chiqarish avvaliga asosan APPLE firmasi, keyinchalik (1984y.) esa, IBM firmasi maxsulotlari hisobiga kengayib bordi.Hozirda APPLE firmasi «MAKINТOSh» rusumdagi kompyuterlari bilan, ayniqsa, AQShning o‘zida tanilgan bo‘lsa, IBM kompyuterlari dunyoda keng tarqalgan. Shu sababli aynan IBM kompyuterlarining arxitekturasi va asosiy qurilmalari ustida to‘xtalib o‘tamiz.
Kompyuterning arxitekturasini quyidagicha tasvirlash mumkin: Kompyuterning asosiy qurilmalari quyidagilar: sistemali blok, monitor va klaviatura (sichqoncha bilan).Markaziy protsessorKiritish – chiqarish kanallariKontrollerlarTashqi xotira qurilmalariTashqi kiritish-chiqarish
qurilmalari Sistemali blokda markaziy protsessor, operativ (tezkor) xotira, qattiq disk, kontrollerlar, disketalar va lazerli kompakt disklar bilan ishlash uchun qurilmalar va boshqalar joylashadi. Markaziy protsessor. Kompyuterning eng muhim qismini markaziy protsessor, (ya’ni protsessor va boshqaruv qurilmasi) tashkil etadi. Dastur yordamida berilgan ma’lumotlarni o‘zgartiradigan, hamma hisoblash jarayonlarini boshqaradigan hamda hisoblash ishlariga tegishli moslamalarning o‘zaro aloqasini o‘rnatadigan qurilma — protsessor deb ataladi. Arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish, xotiraga murojaat qilish, dasturdagi ko‘rsatmalarning berilgan ketma-ketlikda bajarilishini boshqarish va boshqa amallar protsessor zimmasidadir. Bir so‘z bilan aytganda, protsessor kompyuterning barcha ishini boshqaradi va barcha ko‘rsatmalarini bajaradi. Mikroprotsessor. IBM rusumli kompyuterlarda protsessor sifatida odatda Intel firmasi yoki unga muvofiq boshqa firmalarning mikroprotsessorlari o‘rnatiladi. Kompyuterlar mikroprotsessor turlari bilan farqlanadi.
Mikroprotsessorlarning Intel 8088, 80284, 80386SX, 80386, kabi turlari ma’lum.1993 yildan boshlab Intel firmasi Pentium mikroprotsessorlarini ishlab chiqarib, IBM kompyuterlariga o‘rnatmoqda. Operativ xotira. Operativ xotira o‘zida kompyuterda ishlatilayotgan dasturlar va ma’lumotlarni saqlaydi. Ma’lumotlar doimiy xotiradan operativ xotiraga ko‘chiriladi, olingan natijalar zarur holda diskka qayta yoziladi. Kompyuter o‘chirilishi bilan operativ xotiradagi ma’lumotlar o‘chiriladi.Diskli jamlagichlar. Ma’lumotlarni saqlash, hujjatlarni va dasturlarni bir joydan ikkinchi joyga olib o‘tish, bir kompyuterdan ikkinchisiga o‘tkazish kompyuter bilan ishlaganda foydalanadigan axborotni doimiy saqlash uchun disklardagi jamlagichlar ishlatiladi.
Ular ikki turda bo‘lib, egiluvchan disklar (disketalar) va qattiq disklardagi jamlagichlar (vinchesterlar) deb ataladi. Kompyuterda qattiq diskning mavjudligi u bilan ishlashda qulaylikni oshiradi. Foydalanuvchi uchun qattiq diskdagi jamlagichlar bir-biridan, ya’ni diskka qancha
axborot sig‘ishi bilan farq qiladi. Hozirgi paytda kompyuterlar asosan sig‘imi 20 Gbayt va undan ko‘p bo‘lgan vinchesterlar bilan jihozlanmoqda. Fayl serverlar nafaqat katta sig‘imli, balki tezkor bo‘lgan bir nechta vinchesterlar bilan jihozlanishi mumkin.
Diskning ish tezligi ikki ko‘rsatkich bilan aniqlanadi:
Diskning sekundiga aylanishlar soni.
Diskdan ma’lumotlarni o‘qish va unga ma’lumotlar yozish tezligi.Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ma’lumotlarga kirish vaqti va o‘qish-yozish tezligi faqat diskovodning o‘zigagina bog‘liq emas, balki disk bilan axborot almashish kanali parametrlariga, disk kontrolerining turi va kompyuter mikroprotsessorining tezligiga ham bog‘liq.
Kontrolerlar (maxsus elektron sxemalar) kompyuter tarkibiga kiruvchi turli qurilmalar (monitor, klaviatura va boshqalar) ishini boshqaradi.
Kiritish-chiqarish portlari orqali protsessor tashqi qurilmalar bilan ma’lumot almashadi. Ichki qurilmalar bilan ma’lumot almashuvi uchun maxsus portlar hamda umumiy portlar mavjud.Umumiy portlarga printer, «sichqoncha» ulanishi mumkin. Umumiy portlar 2 xil bo‘ladi: parallel — LPT1—LPT4 deb belgilanadi va ketma-ket — COM1—COM3.
Parallel portlar kirish-chiqishni ketma-ket portlarga nisbatan tezroq bajaradi.
Monitorlar. Kompyuter monitori (displey) ekranga matnli va grafik axborotni chiqarishga mo‘ljallangan. Monitorlar monoxrom yoki rangli bo‘lib, matnli hamda grafik xolatlarda ishlashi mumkin.Matn xolatida monitor ekrani shartli ravishda aloxida belgi o‘rinlariga (ko‘pincha 80 ta belgili 25 ta satrga) bo‘linadi. Har bir o‘ringa 256 ta belgidan biri kiritilishi mumkin. Bu belgilar qatoriga katta va kichik lotin alifbosi xarflari, raqamlar, tinish belgilari, psevdografikramzlar va boshqalar kiradi. Ranglimatnlarda har bir belgi o‘rnigao‘zining va fonning rangi moskelishi mumkin. Bu esa chiroylirangli yozuvlarni ekranga chiqarishimkonini beradi. Grafik holat ekranga grafiklar, rasmlar va boshqalarni chiqarishga mo‘ljallangan. Bu xolatda axborotlarni turli
yozuvli matnlar shaklida ham chiqarish mumkin. Yozuvlar ixtiyoriy shrift, o‘lcham, interval va boshqalarga ega bo‘lishi mumkin.Grafik holatda ekran yoritilgan va yoritilmagan nuqtalardan iborat bo‘ladi. Har bir nuqta monoxrom monitorlarda qoraroq yoki yorug‘roq, rangli monitorlarda esa, bir yoki bir necha rangda bo‘lishi mumkin. Ekrandagi nuqtalar soni berilgan holatdagi monitorning xal etish qobiliyatiga bog‘liq. Shuni ta’kidlash lozimki, xal etish qobiliyati monitor ekranining o‘lchamlariga ham bog‘liq.IBM rusumidagi kompyuterlarda so‘nggi paytlarda kerakli sifatga ega bo‘lgan tasvirni hosil qilish imkonini beruvchi SVGA va suyuq kristalli (LCD) monitorlari qo‘llanilmoqda. Klaviatura. IBM PC klaviaturasi foydalanuvchi tomonidan ma’lumotlarni va boshqaruv buyruqlarini kompyuterga kiritishga mo‘ljallangan qurilmadir. Klaviaturaning umumiy ko‘rinishi undagi tugmachalar soni va joylanishiga qarab turli xil kompyuterlarda farq qilishi mumkin, lekin ularning vazifasi o‘zgarmaydi. Sichqoncha va trekbol. Sichqoncha va trekbol kompyuterga axborotni kiritishning koordinatali qurilmalari hisoblanadi. Ular klaviaturaning o‘rnini to‘laligicha almashtira olmaydi. Bu qurilmalar asosan ikki yoki uchta boshqaruv tugmachasiga ega.Sichqonchani ulanishining uch usulini ko‘rsatish mumkin. Eng ko‘p tarqalgan usul ketma-ket port orqali ulanishdir. Shinali interfeysli sichqonchalar kamroq tarqalgan. Ularni ulash uchunmaxsus interfeys yoki «sichqoncha»porti kerak bo‘ladi. Uchinchiko‘rinishdagi ulanish PS/2 stilidagisichqonchalarda amalga oshirilgan.Hozirgi kunda ular portativ kompyuter-larda ishlatilmoqda.
Тrekbol — «ag‘darilgan» sichqonchani eslatuvchi qurilmadir Тrekbol — «ag‘darilgan» sichqonchani eslatuvchi qurilmadir. Тrekbolda uning korpusi emas, balki sharcha xarakatga keltiriladi. Bu esa kursorni boshqarish aniqligini sezilarli ravishda oshirishga imkon beradi. Shu bois trekbolga ega bo‘lgan sichqonchalarga qiziqish ortib bormoqda.Savol va topshiriqlar1. Kompyuterning arxitekturasi deganda nimani tushunasiz?2. EHMlarning avlodlari haqida gapirib bering.3. Kompyuterning asosiy qurilmalari va ularning vazifalarini aytib bering.4.
Markaziy protsessorning vazifasi nimalardan iborat?5. Operativ xotira qanday vazifani bajaradi?6. Monitorlar qanday xolatlarda ishlashi mumkin?7. Kompyuterga axborotni kiritishga mo‘ljallangan qanday qurilmalarni bilasiz?8. Diskli jamlagichlar nima uchun ishlatiladi?9. Diskli jamlagichlarning qanday turlari bor?
SHAХSIY KOMPYUТERLAR ТASNIFI
Shaxsiy kompyuterlar (ShK) — hammaboplik va qo‘llashda universallik talablarini koniqtiruvchi, bir kishi foydalanadigan mikro EHMlardir.Shaxsiy kompyuterlar hammaboplik va universallik talablarini qondirishi uchun quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi lozim:· - individual xaridor uchun mos keladigan narxlarda;· - atrof-muhit sharoitlariga maxsus talablarsiz foydalanish avtonomligi;- tuzilishining boshqarish, fan, ta’lim, turmush sohalarida turli ko‘rinishda qo‘llanishlarga moslashuvchanligi;- foydalanuvchining maxsus, kasbiy tayyorgarliksiz ishlashi imkoniyatini beruvchi operatsion tizimlar va boshqa «do‘stona» dasturiy ta’minotlar;- ishlashning yuqori darajada ishonchliligi (buzilmasdan 5000 soatdan ortiq ishlashi).
Savol va topshiriqlar
Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmasi nechta?
Shaxsiy kompyuterning tashqi qurilmalari sanang?
Asosiy qurilmalarning asosiy vazifalari?
Sichqonchani eslatuvchi qurilma bu?
IBM PC klaviaturasi asosan nimaga mo‘ljallangan?
Mavzu: Operatsion tizim. Operatsion tizim (OS) – atamalar va ta’riflar.
Reja:
Operatsion tizim.
Operatsion tizim (OS) – atamalar
Atamalar va ta’riflar.
Tayanch so‘z va iboralar: MS-DOS, Linux, UNIX, Windows, Solaris, MS-DOS 16-xonali operatsion tizimi, UNIXWare, FAT32, AGP, MMX, USB, DVD va ACPI.
Operatsion tizimKompyuter resurslarini va ma’lumotlarni muvofiqlashtiradigan va boshqaradigan dasturiy ta’minotning asosiy qismi yoki, dasturlarning bajarilishini boshqaradigan va tizimning resurslarini taqsimlash, rejalashtirish, kirish-chiqishni va ma’lumotlarni boshqararish kabi vazifalarni ta’minlaydigan dasturiy vosita. Garchand operatsion tizimlar ko‘proq dasturiy bo‘lsalar ham, biroq, qisman apparat vositalari qo‘llanishi ham mumkin. Operatsion tizimlarning asosiy vazifalariga:
fayl tizimini boshqarish (yozish, o‘zgartish, fayllardan nusxa ko‘chirish, erkin foydalanishni nazorat qilish);
dasturlar bajarilishini boshqarish (protsessor vaqtini taqsimlash, dasturlarni diskdan tezkor xotiraga yuklash, yashirin xavfli ta’sirni tutib olish va h.q.);
xotirani boshqarish (keshlash, taqsimlash, ma’lumotlar butligi nazorati va h.k.);
foydalanuvchi bilan muloqot (klaviaturadan, sichqonchadan buyruqlarni o‘qish, axborotni ekranga, printerga chiqarish va h.k.) kiradi.
Bundan tashqari operatsion tizimlar, kompyuterlarni turli rusumdagi tarmoqlardan – mahalliy tarmoqlardan global koorporativ tarmoqlargacha, shu jumladan, Internet tarog‘idan erkin foydalanishni boshqaradi. Operatsion tizimga misollar – MS-DOS, Linux, UNIX, Windows, Solaris va boshqalar.Keling ularning ayrimlariga qisqacha to‘xtalib o‘tsak: MS-DOS operatsion (amaliy) tizimi MS-DOS operatsion (amaliy) tizimi. Microsoft korporatsiyasi tomonidan taklif qilingan operatsion tizim. MS-DOS ning birinchi rusumi 1981 yilda paydo bo‘lgan. Avvalambor, Microsoft kompaniyasi tomonidan IBM uchun ishlab chiqilgan MS-DOS, IBM – uyg‘un kompyuterlar uchun
standart operatsion tizimdir. MS-DOS 16-xonali operatsion tizimi bo‘lib, u ko‘pfoydalanuvchili va ko‘pmasalali maromlarni qo‘llab- quvvatlay olmaydi. Operatsion tizimning muhim xususiyatlaridan biri mutaxassis bo‘lmagan foydalanuvchilarga amaliy jarayonlarni bajarishning qulay shakllarini taqdim qilsa, mutaxassislarga dasturiy ta’minotni ishlash uchun yaxshi asos taqdim qiladi. MS-DOS kataloglar shajarasini tashkil qiladi, taraqqiy etgan buyruqlar tiliga ega. MS-DOS amaliy jarayonlar, fayllar va tashqi qurilmalar bilan samarali ishlay oladi.
Linux operatsion (amaliy) tizimi
Linux operatsion (amaliy) tizimi. O‘zagi Unix operatsion tizimi asosida ishlangan, tarmoq operatsion tizimi. Linux ilk bor 1991yili LiniusTorvalds tomonidan chiqarilgan. Linuxning muhim xususiyatlaridan biri – u bepul dasturiy ta’minot Fondi doirasida, GNU oshkora litsenziyasiga ko‘ra bepul tarqatiladi. Asosan, Internetda va intratarmoqlarda serverlar yaratish uchun qo‘llanadi.
UNIX operatsion (amaliy) tizimi
UNIX operatsion (amaliy) tizimi. Bell laboratoriyasi tomonidan yaratilgan tarmoq operatsion tizimi. Ilk bor UNIX operatsion tizimi Bell Laboratory tomonidan 1969 yili taklif qilingan, azaldan tarmoqlarda ishlatish uchun mo‘ljallangan edi. Hozirgi kunda UNIX, Si tilida yozilgan ko‘pfoydalanuvchili va ko‘pmasalali operatsion tizim. Tizimning bosh tarkibiy qismi bo‘lib mikroo‘zak hisoblanadi. Uning ichiga tarmoqlararo uzatishni boshqarish bayonnomasini/ bajaruvchi modul joylashtirilgan. UNIX operatsion tizimi bir qancha ijobiy xislatlarga ega, ulardan birinchi navbatda quyidagilarni ko‘rsatish zarur:
amaliy dasturlarni bir turdagi kompyuterdan boshqa turdagisiga ko‘chirib o‘tkaza olish;
ma’lumotlarni tarqoq ishlovini bajarish imkonini beradigan tarmoq xizmatlarining keng yig‘masi;
bir vaqtning o‘zida turli xildagi fayl majmualarining mavjud bo‘lishi;
uz berayotgan ishlov jarayonlarini foydalanuvchilar tomonidan rejalash imkoni;
RISC protsessorlari bilan yaxshi uyg‘unlashuvi;
xar xil ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim qilingan mahsulotlarni oson ishlatish;
rivojlanish va kengayish uchun ochiqlik;
UNIX superkompyuterlari, ishchi-stansiyalar va maxsusshaxsiy kompyuterlarda keng ishlatiladi.
UNIXWare operatsion (amaliy) tizimi UNIXWare operatsion (amaliy) tizimi. UNIX operatsion tizimining Novell korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan rusumi. UNIXWare tizimi birinchi navbatda NetWare tarmoqlarida ishlatish uchun yaratilgan. Shu bilan birga, bu operatsion tizimining muhitida hududiy tarmoqlarning bayonnomalari ham bajariladi. UNIXWare oddiy grafik interfeysga ega. Bu 32-xonali tizim «ish stoli» deb ataluvchi muhitda ishlaydi. UNIXWare ko‘pmasalali, ko‘pfoydalanuvchili, ko‘poqimli tizimdir.
Solaris operatsion (amaliy) tizimi Solaris operatsion (amaliy) tizimi. SUN Microsystems korporatsiyasi tomonidan taklif qilingan UNIX operatsion tizimining rusumi. Solaris simmetrik multiprotsessorli ishlov bajaradi, tasvirlar bilan ishlash vositalariga ega, ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlaydi. Tizim Internet tarmog‘i, elektron pochta, shu jumladan, nutqiy pochta, faksimil aloqa bilan o‘zaro ishlay oladi. Yuqori unum va masshtablanuvchilik xususiyatlariga ega.
Windows operatsion (amaliy) tizimi
Windows operatsion (amaliy) tizimi. Microsoft korporatsiyasi tomonidan shaxsiy kompyuterlar uchun taklif qilingan operatsion tizimlar oilasi. Windows tizimi ko‘pmasalali va ko‘poqimli bo‘lib, qulay grafik interfeys bilan tavsiflanadi, virtual xotiraning boshqaruvini taqdim qiladi va ko‘pgina tashqi qurilmalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Windowsni ishlatib, foydalanuvchi birdaniga bir necha amaliy jarayonlar bilan samarali ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Dunyoda0%gayaqin kompyuterlar Windows operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydi. Windows 95 operatsion (amaliy) tizimi Windows 95 operatsion (amaliy) tizimi. Windows 95 aloqa va muloqot uchun ishlab chiqilgan birinchi operatsion tizimdir. Ilk bor 1995 yilning 24 avgustida chiqarilgan Microsoft korporatsiyasining operatsion tizimi, amaliy tizimi. Windows 95 o‘zining imkoniyatlariga ko‘ra o‘zidan avvalgi Windows 3.1. operatsion tizimi, amaliy tizimini ancha ortda qoldirgan. Foydalanuvchining yangi interfeysiga qo‘shimcha ravishda, Windows 95 o‘z ichiga ko‘pgina muhim angitdan kiritilgan funksiyalarga ega. U, 32-xonali qo‘llanmalarni quvvatlaydi, bu esa, maxsus shu operatsion tizim uchun yaratilgan qo‘llanmalar yanada tezroq ishlashini anglatadi. Shu bilan birga, Windows 95, Windows va DOSning eski qo‘llanmalarini bajara oladi. Windows 95da, DOSdagi asosiy xotira 640K va fayl nomining uzunligi 8 belgi bo‘lishi kerakligi kabi cheklovlar bekor qilingan.
Windows 98 operatsion (amaliy) tizim
Windows 98 operatsion (amaliy) tizim. Azalda, bu operatsion tizimni Memphis, so‘ngra Windows 97 deb ataldi, ammo Microsoft kompaniyasi, operatsion tizim muddatida, 1997 yilda tayyor bo‘lmaganligi sababli, uning nomini o‘zgartirishga majbur bo‘lgan. Windows98 ko‘pgina yangi texnologiyalarni quvvatlash imkonini beradi, shu jumladan, FAT32, AGP, MMX, USB, DVD va ACPI texnologiyalarni ham. Uning eng sezilarli xossasi bo‘lib, veb- brauzer (Internet Explorer)ni operatsion tizim bilan uyg‘unlashtiruvchi,«Faol ish stoli» (Active Desktop) tushunchasi bo‘ladi. Windows 2000 operatsion (amaliy) tizimi
Windows 2000 operatsion (amaliy) tizimi. Microsoft Windows operatsion tizimlari safidagi mahsulot, Windows NT operatsion tizimi, amaliy tizimining takomillashtirilgan rusumi. Windows 2000ni ko‘pincha W2K shaklida belgilanadi. Windows 2000 operatsion tizimi, amaliy tizimining to‘rt rusumi bor:
Professional – stoldagi va mobil tizimlar uchun operatsion tizim. Qo‘llanmalarni ishlatish, Internet bilan ulanish, fayllar, printerlar va tarmoq resurslaridan erkin foydalanish uchun ishlatiladi.
Server – veb-server sifatida ham, mahalliy tarmoq serveri sifatida ham ishlatiladi.
Advanced Server – biznes-qo‘llanmalar va elektron tijorat uchun ishlatiladi. Windows 2000 Server standart rusumidan yuqori masshtablanuvchanlik va erkin foydalanish qulayligi bilan ajralib turadi.
Datacenter Server – yuqori tezlikda ishlaydigan, katta hajmdagi ma’lumotlarga ishlov berish talab qilinadigan kompyuter tarmoqlarida foydalanish uchun yaratilgan.
Windows CE operatsion (amaliy) tizimi
Windows CE operatsion (amaliy) tizimi. Microsoft Windows operatsion tizimi, amaliy tizimining mobil PDA (personal digital assistants)ga o‘xshash kompyuterlar uchun, qisqartirilgan rusumi, Windows CEning grafik interfeysi Windows 95ga o‘xshash.
Windows NT operatsion (amaliy) tizimi
Windows NT operatsion (amaliy) tizimi. Windows New Technology (Windows ning yangi texnologiyasi) 32-bitli operatsion tizim bo‘lib, Microsoft korporatsiyasi tomonidan Windows 95 va MS-DOSlarning o‘rniga taklif qilingan. Windows NTning auditoriyasi, kuchli operatsion tizimga talabi bo‘lgan, foydalanuvchilarning eng qiziquvchan 10% qismidir.
Windows NTning asosiy ustunliklari quyidagilardir:
funksional uyg‘unlik;
mobillik;
masshtablanuvchanlik;
tizimning boshqarilishi;
ochiq interfeys;
sanoat standartlarini quvvatlash.
Windows NT ning ikki rusumi mavjud: Windows NT Server, tarmoqlarda server sifatida ishlash uchun va Windows NT Workstation alohida yoki mijoz ish stansiyalari uchun ishlangan.
Windows XP operatsion (amaliy) tizimi
Windows XP operatsion (amaliy) tizimi. Microsoft korporatsiyasi tomonidan 2001 yilda taqdim qilingan operatsion tizim. Microsoft, Windows XPni Windows 95 chiqarilgandan buyon eng muhim dasturiy mahsulot deb atadi. Windows XP, Windows 2000ning o‘zagida qurilgan bo‘lib, yangi tashqi ifodaga va grafik interfeysga ega. Windowsning avvalgi rusumlariga nisbatan o‘zaro yuqori barqarorlik va ishonchlilikni mujassamlashtirgan. Windows XPning ikki rusumi mavjud: Home va Professional. Microsoft har ikkala rusumning mobilligiga katta e`tibor qaratdi, shu jumladan, qo‘shdi. Simsiz tarmoqlarga ulanish uchun “plugand-play” vositasini ham, Windows Xpda «XP» «eXPerience»ni anglatadi.
Mavzu: Fayl tizimi. Fayl formatlari.
Reja:
Fayl tizimi.
Fayl formatlari
Rasm fayllar
Tayanch so‘z va iboralar: Microsoft Windows, macOS va Linux, Apple iOS va Google Android, OS X, OS, parollar, qattiq disklar, optik va flesh-disklar.
Kompyuterda fayl tizimi, ba’zan yozma fayl tizimi - bu fayllarni nomlash usuli va ularni saqlash va olish uchun mantiqan joylashadiganusul. Fayl tizimisiz, saqlanadigan ma’lumotlar alohida fayllarga ajratib bo‘lmaydi va ularni aniqlash va olish qiyin bo‘ladi. Ma’lumotlar hajmi oshgani sayin, alohida fayllarni tashkillashtirish va ulardan foydalanish imkoniyati ma’lumotlar saqlashda yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Raqamli fayl tizimlari va fayllar hujjatlarni saqlash va olishning bir xil mantiqiy usulidan foydalangan holda qog‘ozga asoslangan tizimlar uchun nomlangan va modellashtirilgan.
Fayl tizimlari Microsoft Windows, macOS va Linux-ga asoslangan tizimlar kabi operatsion tizimlar (OS) o‘rtasida farq qilishi mumkin. Ba’zi fayl tizimlari maxsus dasturlar uchun mo‘ljallangan. Fayl tizimlarining asosiy turlariga tarqatilgan fayl tizimlari, diskka asoslangan fayl tizimlari va maxsus maqsadli fayl tizimlari kiradi
Fayl tizimi ma’lumotlarni saqlaydi va tashkillashtiradi va ularni saqlash qurilmasidagi barcha ma’lumotlar uchun indeks turi deb hisoblash mumkin. Ushbu qurilmalarga disklar qattiq disklar, optik va flesh-disklar kiradi Fayl tizimlari fayllarni nomlash uchun konventsiyalarni belgilaydi, ularning ichida nomlarning maksimal soni, qaysi belgilar ishlatilishi mumkin va ba’zi tizimlarda fayl nomi suffiksi qancha vaqt bo‘lishi mumkin. Ko‘pgina fayl tizimlarida fayl nomlari katta-kichik harflarga bog‘liq emas. Faylning o‘zi bilan bir qatorda, fayl tizimlari fayl hajmi, shuningdek, uning atributlari, metadata katalogidagi manzil va ierarxiya kabi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Metadata, shuningdek, haydovchida mavjud bo‘lgan bo‘sh joy bloklarini va qancha bo‘sh joyni aniqlashi mumkin. Fayl tizimi kataloglarning tuzilishi orqali faylga yo‘lni belgilash uchun formatni ham o‘z ichiga oladi. Fayl katalogga - yoki Windows OS-dagi papkaga - yoki daraxt tuzilmasidagi kerakli joyga pastki katalogga joylashtiriladi. Kompyuter va mobil OTlarda fayllar tizimlari mavjud bo‘lib, ularda fayllar ierarxik daraxt tuzilishiga joylashtiriladi. Saqlash muhitida fayllar va kataloglar yaratilishidan oldin, bo‘limlarni joyiga qo‘yish kerak. Bo‘lim - bu alohida- alohida boshqariladigan qattiq disk yoki boshqa saqlash hududidir. Bitta fayl tizimi birlamchi bo‘limga kiritilgan va ba’zi OTlar bitta diskda bir
nechta qismlarga ega bo‘lishga imkon beradi. Bunday holda, bitta fayl tizimi buzilgan bo‘lsa, boshqa qismdagi ma’lumotlar xavfsiz bo‘ladi. Fayl tizimlari fayllarni saqlash va olish uchun metadata-dan foydalanadi. Metadata teglariga misollar quyidagilardan iborat: Metadata fayl tarkibidan alohida saqlanadi, ko‘plab fayl tizimlari fayl nomlarini alohida katalog yozuvlarida saqlaydi. Ba’zi meta-ma’lumotlar katalogda saqlanishi mumkin, boshqa metadata esa inode deb nomlangan strukturada saqlanishi mumkin. Unixga o‘xshash operatsion tizimlarda inode faylning tarkibiga bog‘liq bo‘lmagan metadata ma’lumotlarini saqlashi mumkin. Inode ma’lumotni raqam bo‘yicha indekslaydi, bu fayl joylashgan joyga va undan keyin faylning o‘ziga kirish uchun ishlatilishi mumkin. Metadata ustiga sarmoya kiritadigan fayl tizimiga misol - bu Apple tomonidan ishlatiladigan OS X, OS. Bu optimallashtirishning bir qator xususiyatlarini, shu jumladan 255 ta belgidan iborat fayl nomlarini olish imkonini beradi. Fayl tizimlari, shuningdek, foydalanuvchilarning ma’lum bir guruhiga o‘qish va yozishni cheklashi mumkin. Parollar - buni amalga oshirishning eng oson usuli. Fayllarni kim o‘zgartirishi yoki o‘qishi mumkinligini boshqarish bilan bir qatorda, kirishni cheklash ma’lumotlar modifikatsiyasining boshqarilishini va cheklanganligini ta’minlashi mumkin. Kirish yoki imkoniyatlarni boshqarish ro‘yxati kabi fayl ruxsatlari, shuningdek, fayl tizimiga kirishni boshqarish uchun ishlatilishi mumkin. Ushbu turdagi mexanizmlar oddiy foydalanuvchilar tomonidan kirishga to‘sqinlik qilish uchun foydalidir, ammo tashqi tajovuzkorlarga nisbatan unchalik samarali emas. Fayllarni shifrlash ham foydalanuvchilarning kirishiga to‘sqinlik qilishi mumkin, ammo u ko‘proq tizimlarni tashqi hujumlardan himoya qilishga qaratilgan. Shifrlangan kalit shifrlanmagan matnga uni shifrlash uchun qo‘llanishi mumkin yoki kalit shifrlangan matnni dekodlash uchun ishlatilishi mumkin. Faylga faqat kaliti bo‘lgan foydalanuvchilar kirishlari mumkin. Shifrlash bilan fayl tizimida ma’lumotlarni samarali boshqarish uchun shifrlash kalitini bilish shart emas. Fayl tizimlarining bir qator turlari mavjud, ularning barchasi tezligi va hajmi kabi har xil mantiqiy tuzilmalar va xususiyatlarga ega. Fayl tizimining turi OT va ushbu OS ehtiyojlariga qarab farq qilishi mumkin. Uchta eng keng tarqalgan kompyuter operatsion tizimlari Microsoft Windows, Mac OS X va Linux. Mobil OSlarga Apple iOS va Google Android kiradi. Kompyuterlarda ishlatiladigan yuzlab turli xil fayl kengaytmalari va fayl turlari mavjud bo‘lib, ularning to‘liq ro‘yxatini bizning kompyuterimiz fayllari va fayl kengaytmalari sahifasida topishingiz mumkin. Biroq, ko‘pchilik odamlar barcha fayl kengaytmalarini va ular bilan bog‘liq dasturlarni yodlab olishlari mumkin emas edi. Quyida fayllarning turlari bo‘yicha toifalarga bo‘lingan eng keng tarqalgan fayl kengaytmalari ro‘yxati keltirilgan.
Fayl kengaytmalari bo‘yicha audio fayl formatlari.
Siqilgan fayl kengaytmalari.
Disk va media fayl kengaytmalari.
Elektron pochta fayl kengaytmalari.
Bajariladigan fayl kengaytmalari.
Shrift fayl kengaytmalari.
Fayl kengaytmalari bo‘yicha rasm fayllari formatlari.
Internet bilan bog‘liq fayl kengaytmalari.
Fayl kengaytmalari bo‘yicha fayl formatlarini taqdim etish.
Fayl kengaytmalari bo‘yicha fayllarni dasturlash.
Elektron jadval formati fayl kengaytmalari bo‘yicha.
Tizimga tegishli fayl formatlari va kengaytmalari.
Fayl kengaytmalari bo‘yicha videofayl formatlari.
Fayl kengaytmalari bo‘yicha so‘z protsessori
va matnli fayl formatlari.
Savol va topshiriqlar
Fayl tizmlari qaysi operatsion tizimlarga asoslangan?
Fayllarning qanday fayl toifalari mavjud?
Metadata ustiga sarmoya kiritadigan fayl tizimiga misollar.
Uchta eng keng tarqalgan kompyuter operatsion tizimlari bu?
Mobil OSlarga misollar keltiring?
|