Server vazifasini bajaruvchi kompyuterda mijoz vazifasini bajaruvchi kompyuterga nisbatan xotira hajmi katta bo‘lgan tezkor xotira va qattiq disk, tezligi yuqori bo‘lgan protsessor o‘rnatilgan bo‘ladi.Mijoz- kompyuter – bu operatsion tizim o‘rnatilgan oddiy shaxsiy kompyuter
bo‘lib, lokal tarmoqning boshqa kompyuterlari bilan emas, faqat server bilan ulangan kompyuterdir.
Bir rutbali tarmoq. Bir rutbali tarmoqda har bir kompyuter unga ulangan kompyuter bilan bog‘lanishi mumkin (8.2-rasm). Aslida, har bir kompyuter ham mijoz, ham server sifatida ishlashi mumkin; agar kompyuter printer, papka, disk va kompyuterning boshqa resurslaridan foydalanish imkonini bersa, u holda bir rutbali tarmoqda server vazifasini bajaradi.
Bir rutbali tarmoqlar, odatda, uncha katta bo‘lmagan ofislarda yoki katta tashkilotlarning bo‘limlarida o‘rnatiladi. Bu turdagi tarmoqning afzalligi, biror-bir kompyuterni fayl-server qilib tayinlashga ehtiyojning
yo‘qligidir. Ko‘pchilik bir rutbali tarmoqlar, kompyuterga ulangan har qanday qurilmadan foydalanish
imkonini beradi. Kamchiligi esa uzatilayotgan axborot xavfsizligining pastligi va tarmoqni nazorat qilishning sustligidir. Mijoz- server tarmog‘i esa bu vaqtda markazlashtirilgan ma’murlashni amalga oshirish imkonini beradi.
Savol va topshiriqlar
Kompyuter tarmoqlari nima?
Kompyuter tarmoqlari turlarini ayting?
Kompyuter tarmoqlarining tuzilishini chizing?
Tarmoq vazifasini tushuntiring?
Kompyuter tarmoqlariga talablar?
Mavzu: Ma’lumotlarni uzatish protokollari. Ethernet. TCP/IP
Reja:
Ma’lumotni uzatish protokollari.
Ethernet.
3 TCP/IP
Tayanch so‘z va iboralar: Ethernet , Control Protocol (TCP), Transmission, network, mijoz, LAN, Local Area Network, FTP, TelNet, server, bir rutbali tarmoq, fayl-server, papka, ma’murlash, Internet Protocol (IP) .Bir qarashda juda sodda tuyulgan g‘oya Intеrnеt orqali dunyoning ixtiyoriy nuqtasidagi kompyutеr bilan ma’lumot almashish imkonini bеradi: axborot yoki xabar pakеtlar dеb ataluvchi bo‘laklarga ajratib chiqiladi, bu pakеtlar kеrakli manzilga еtkaziladi va u еrda pakеtlar qayta yig‘ilib, jo‘natilgan axborot yoki xabar tiklanadi. Bu vazifa Intеrnеtning ikkita o‘ta muhim protokoli Transmission Control Protocol (TCP) va Internet Protocol (IP) larga yuklatilgan. Bu protokollar ko‘pincha birgalikda TCP/IP dеb ham ataladi. TCP ma’lumotni pakеtlarga ajratadi va ularni qayta yig‘adi, IP esa pakеtlarni manzilga
еtkazib bеradi. Internet tarmog‘ining ishlash prinsipi TCP/IP (Transmisssion Control Protocol/Internet Protocol – ma’lumotlarni uzatish qaydnomasi/Internet qaydnomasi)dan foydalanishga asoslangan. TCP/IP protokollaridan foydalanilganligi uchun ham Intеrnеt pakеtlarni ulovchi tarmoq dеb ataladi. Bunda jo‘natuvchi va qabul qiluvchi kompyutеrlar bеvosita ulanmaydi. Buning o‘rniga jo‘natilayotgan ma’lumot pakеtlarga bo‘linib, boshqa pakеtlar bilan birgalikda ko‘pgina turli marshrutizatorlar orqali uzatiladi va oxirgi manzilda pakеtlar qayta yig‘iladi. Bundan farqli ravishda, tеlеfon tizimi liniyalarni ulovchi tizim bo‘lib, qo‘ng‘iroq bo‘lganda qo‘ng‘iroq qiluvchi va uni qabul qiluvchi abonеntlar orasidagi liniyalar bu qo‘ng‘iroq tugagunicha butkul band qilinadi. Boshqacha aytgandi, tеlеfon qo‘ng‘irog‘i liniyani monopol egallaydi, intеrnеt esa liniyadan boshqalar bilan birgalikda foydalanadi. Shu sababli, intеrnеt tеlеfon liniyalaridan foydalansa-da, intеrnеt orqali bog‘lanish qo‘ng‘iroq qilishdan bir nеcha o‘n marta arzonga tushadi. Intеrnеt imkoniyatlaridan to‘liq foydalana olish uchun kompyutеrlar TCP/IP protokolini tushunadigan dasturiy vositalarga ega bo‘lishi kеrak. Bugungi kunda bu narsa muammo emas, Windows opеratsion tizimi tarkibiga Winsock dеb ataluvchi dastur kiradi. Bu dastur TCP/IP protokolini qo‘llab quvvatlaydi, hamda intеrnеt va PC orasida vositachi bo‘lib xizmat qiladi. Demak, TCP/IP qaydnomalari Internet global tarmog‘ida ham, shuningdek boshqa ko‘pgina local tarmoqlarda ma’lumotlarni uzatish uchun xizmat qiladi.Albatta, Internetdan foydalanuvchilarga TCP/IP qaydnomalari haqida hech qanday maxsus bilim talab qilinmaydi, biroq umumiy xarakterdagi, yechilishi mumkin bo‘lgan muammolarni hal qilish uchun asosiy ishlash prinsiplarini tushunish, xususan elektron pochtalar sistemasini joylashtirish (sozlash)ni bilish kerak. Shuningdek, TCP/IP qaydnomalari Internetning boshqa bazali qaydnomalari FTP va TelNet qaydnomalari bilan uzviy bog‘langan, Nihoyat, Internetning qator asosiy kompensatsiyalarini bilish, sizga ushbu sistemaning murakkablik darajasini baholash imkonini beradi. Shunga o‘xshash ichki yonuv
dvigatellarining ishlashiga qarab avtomobil boshqa qurilmalariga munosabatini tasavvur qilish mumkin. Intеrnеtga ulanishning ikkita asosiy usuli bor. Birinchisi mahalliy tarmoq orqali intеrnеtga chiqish bo‘lsa, ikkinchisi kompyutеrni Intеrnеt xizmatlari provaydеri bilan bеvosita bog‘lashdir. Birinchi holda kompyutеr mahalliy tarmoqqa ulanish uchun mahalliy tarmoq kartasi (LAN card) ga ega bo‘lishi kеrak.Tarmoqdan va intеrnеtning TCP/IP protokolidan foydalanish uchun kеrak bo‘ladigan maxsus dasturiy ta’minot kartaning drayvеri tarkibiga kiradi. Ikkinchi holda kompyutеr tarmoqqa modеm orqali ulanadi.Modеm tarmoqda ulanganda ikki protokoldan biridan foydalanadi. Bu protokollardan birinchisi kеtma-kеt liniya intеrnеt protokoli (Serial Line Internet Protocol yoki qisqacha SLIP), ikkinchisi yuzma-yuz protokoli (Point-to-Point Protocol yoki qisqacha PPP) dir. Bu protokollar intеrnеtning TCP/IP protokolidan foydalanish uchun barcha shart- sharoitni yaratib bеradi.
Intеrnеt – pakеtlarni yo‘naltiruvchi tarmoqdir, ya’ni intеrnеtda bir kompyutеrdan ikkinchi kompyutеrga ma’lumot jo‘natilganda bu ma’lumot kichik pakеtlarga bo‘lib chiqiladi. Marshrutizator dеb ataluvchi qurilmalar bu pakеtlarni har birini tarmoq orqali alohida-alohida jo‘natadi. Barcha pakеtlar kеrakli manzilga еtib borgach, ulardan dastlabki ma’lumot qayta tiklanadi. Bu ishlarni ikkita protokol: TCP (Transmission Control Pocket – uzatishni boshqarish protokoli) va IP (Internet Protocol – intеrnеt protokol)lari birgalikda bajaradi. TCP ma’lumotlarni pakеtlarga ajratadi va ularni qayta yig‘adi. IP esa har bir pakеtni manzilga bеxato еtib borishini ta’minlaydi.
Bir qator, shu jumladan, tеxnik sabablarga ko‘ra, pakеtlarning uzunligi 1500 ta bеlgilardan kamroqdir. Har bir pakеtning sarlavhasi bo‘lib, unda pakеtning boshqa pakеtlar orasidagi o‘rni, pakеtning nazorat yig‘indisi va boshqa ma’lumotlar o‘rin oladi. TCP protokoli bu ma’lumotlarni pakеt sarlavhasiga yozilishini ta’minlaydi.
Har bir pakеt IP konvеrtga joylanadi. Konvеrtga jo‘natilayotgan va pakеtni oladigan kompyutеrlar manzillari ko‘rsatiladi. Konvеrtga boshqa muhim ma’lumotlar, masalan, pakеtni yo‘q qilishdan oldin qancha vaqt ushlab turish kеrakligi ham ko‘rsatiladi.
Barcha pakеtlar intеrnеtda uzatilayotganda marshrutizatorlar ularning manzillariga qarab, eng muqobil yo‘lni tanlaydilar. Intеrnеtda uzatish yo‘llari ko‘pligi va bu yo‘llardagi oqimlar juda tеz o‘zgarishi sababli, bitta ma’lumotga tеgishli pakеtlar turli yo‘llar bilan uzatilishi va manzilga turli tartibda еtib kеlishi mumkin.
Bitta ma’lumotga tеgishli barcha pakеtlar oxirgi manzilga еtib kеlgach, TCP har bir pakеtning nazorat yig‘indisini qayta hisoblaydi. Agar biror pakеt uchun bu yig‘indi boshqacha chiqsa, u holda bu pakеtni uzatishda xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘ladi. Bunday pakеtlar o‘chirib tashlanadi va ular qaytadan uzatiladi.
Barcha pakеtlar manzilga bеxato еtib borgach, TCP ulardan dastlabki ma’lumotni qayta tiklaydi.
TCP/IP (Transmission Control Protocol/Internet Protocol - uzatishni boshqarish qaydnomasi/Internet qaydnomasi) kompyuter tarmog‘ida ma’lumotlarni uzatish qaydnomalari majmuining nomidir. TCP/IP jumlasi o‘z ichiga Transmission Control Protocol (TCP) va Internet Protocol (IP)qaydnomalar nomlarini birlashtirib olgan qaydnoma bo‘lib, u shunday qoidalar majmuiki, bunda TCP/IP barcha kompyuter ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning moslamaviy va dasturiy ta’minot hamkorligini ta’minlaydi. Bu qoida jumladan, TCP/IP paketi bilan ishlovchi Digital Equipment firmasi kompyuterlaridan PC Compaq kompyuterlariga murojaat qilishni kafolatlaydi. TCP/IP ochiq qaydnoma, bu shuni bildiradiki, qaydnoma haqidagi barcha ma’lumotlar chop etilgan va undan barcha ochiq foydalanadi. Bunday siyosat bu sohaning tezkor rivojlanishiga olib keldi. Qaydnoma qanday qilib bir jumla boshqasi bilan bog‘lanishini aniqlaydi. Bu aloqa programma ta’minotida quyidagicha dialogga o‘xshash bo‘ladi: “Men sizga ushbu ma’lumotni yuboryapman, keyin siz menga uning javobini yuborasiz, so‘ngra men mana buni sizga yuboraman. Siz barcha ma’lumotlarni yig‘ib, ularning umumiy natijasini qaytarib yuborishingiz shart”. Ma’lumotlar uzatishni boshqarishni to‘la paketining har bir qismini qaydnoma aniqlaydi. Qaydnoma paketda elektron pochta orqali xabar telekonferentsiyalardan maqolalar yoki xizmat yuzasidan xabarlar borligini ko‘rsatadi. Qaydnoma andozalari ish jarayonida ro‘y berishi mumkin bo‘ladigan noma’lum holatlarni, shuningdek xatolar talqinini o‘z ichida e`tiborga oladi. Ko‘pchilik foydalanuvchilar TCP/IP ni bitta programma deb o‘ylashadi. Aksincha, u tarmoqning bir vaqtning o‘zida ma’lumot uzatish uchun ishlab chiqilgan, o‘zaro bog‘lanish qaydnomalarning butun bir dasturlar oilasidir. TCP/IP tarmoqning dasturlar qismi bo‘lib, u TCP/IP oilasidagi har bitta qism ma’lum bir aniq maqsadga qaratilgan: elektron pochtalarni yuborish, sistemaga olis masofalardan kirishni ta’minlash, fayllarni manzillarga jo‘natish, xabarlarga yo‘l ko‘rsatish yoki tarmoqlardagi buzilishlarni talqin qilish. TCP/IP Internet global tarmog‘ida keng foydalaniluvchi qaydnomalardir. U ham yirik korporativ tarmoqlarda, shuningdek, kompyuterlar soni oz bo‘lgan lokal tarmoqlarda ham qo‘llaniladi.
IPv6 protokoli
TCP/IP ning tashkil etuvchilari TCP/IP tarkibiga kiruvchi turli servis va ularning bajaradigan vazifalariga qarab har xil sinflarga bo‘linadi. Quyida qaydnoma guruhlari va ularning bajaradigan vazifalari keltiriladi. TCP (Transmission Control Protocol). Qabul qiluvchi va uzatuvchi kompyuterlarning mantiqiy bog‘lanishiga asoslangan ma’lumotlar uzatilishini qo‘llab-quvvatlovchi qaydnoma. UDP (User Datagram Protocol). Mantiqiy bog‘lanishlar o‘rnatilmasdan, ma’lumotlar uzatilishini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu yuboruvchi va qabul qiluvchi kompyuterlar o‘rtasida oldindan bog‘lanish o‘rnatilmasdan ma’lumotlarni yuborishni anglatadi. O‘xshashlik keltirish uchun, qandaydir manzili noma’lum pochta yuborishni ko‘rish mumkin, xabarning yetib borish kafolati yo‘q bo‘lganda, agar shunday manzil mavjud bo‘lsa, qaydnoma yo‘llari ma’lumotlar manziliga ishlov beradi va manzilgacha eng yaxshi yo‘lni aniqlaydi. Ular yirik ma’lumotlarni bo‘laklarga bo‘lib uzatib, so‘ngra manzilda ularni yana qayta birlashtiradi. IP (Internet Protocol). Ma’lumotlar uzatishni ta’minlaydi. RIP (Routing Information Protocol). Manzilga xabarlarni yetkazuvchi eng yaxshi yo‘llarni tanlovchi qaydnomalardan biri. OSPF (Open Shortes Path First). Yo‘llarni aniqlovchi muqobil qaydnoma. ARP (Address Resolution Protocol). Tarmoqdagi kompyuterning sonli manzilini aniqlaydi. DNS (Domain Name System). Tarmoqdagi kompyuterlarni nomlari bo‘yicha sonli manzilini aniqlaydi. RARP (Reverse Address Resolution Protocol). Tarmoqdagi kompyuterning manzilini aniqlaydi, biroq ARPga teskari holatda.
Amaliy servislar - bu shunday dasturlarki, ulardan foydalanuvchi yoki kompyuter har xil xizmatlar uchun ruxsat oladi.
BootP (Boot Protocol). Serverning boshlang‘ich ma’lumotlarini o‘qish bilan tarmoqdagi kompyuterlarni ishga tushiradi. FTP (File Transfer Protocol). Kompyuter o‘rtasida fayllarni bir-biriga uzatadi. TelNet (Telephone Network – telefon tarmog‘i). Tizimga uzoqdagi terminal ruxsatini ta’minlaydi, ya’ni, bitta kompyuterdan foydalanuvchiboshqa uzoqdagi kompyuter bilan xuddi qo‘lidagi klaviaturada ishlayotgandek muloqot qiladi. U uzoqqa uzatish qaydnomasidir.
Shlyuzli qaydnomalar - tarmoq bo‘ylab uzatilayotgan xabarlar yo‘llari haqida va tarmoqdagi ma’lumotlar holati, shuningdek lokal tarmoqdagi ma’lumotlarni talqin qilishga yordam beradi.
EGP (Exterior Gateway Protocol). Yo‘llari ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tashqi tarmoqqa uzatish uchun xizmat qiladi. GGP (Gateway-to- Gateway Protocol). Yo‘llari ko‘rsatilgan ma’lumotlarni uzatish uchun xizmat qiladi. IGP (Interior Gateway Protocol). Yo‘llari ko‘rsatilgan ma’lumotlarni ichki tarmoqlar uchun uzatishda xizmat qiladi.
Boshqa qaydnomalar. Bularga yuqorida keltirilgan kategoriyalarga tegishli bo‘lmagan, ammo tarmoqlarda ahamiyati katta qaydnomalar kiradi.
NFS (Network File System). Lokal kompyuterlarda mavjud bo‘lgan katalog va fayllardan foydalanish imkonini beradi. NIS (Network Information Servise). Parollarni tekshiradi va sistemasiga kirishni modellashtiradi. Tarmoqdagi bir nechta kompyuterlar foydalanuvchilari haqidagi ma’lumotlarni ko‘rsatadi. RPC (Remote Procedure Call). O‘chirilgan amaliy dasturlarni bir-biri bilan sodda va effektiv holatda biriktiradi. SMTP (Simple Mail Transfer Protocol).
Mavzu: Kompyuterning standartlari tarmoqlari. Tarmoq topologiyalari.
Reja:
Kompyuter standart tarmoqlari.
armoq topologiyalari.
Lokal tarmoq
Tayanch so‘z va iboralar: HUB, shina (bus), Control Protocol (TCP), Transmission, network, mijoz, LAN, Local Area Network, FTP, TelNet, server, bir rutbali tarmoq, fayl-server, papka, ma’murlash, Internet.
Protocol (IP) Kompyuter tарmоg‘i topologiyasi (yaxlitlash, qiyo- falash, tuzilish) deganda tarmoq kompyuterlarini bir-biriga nisbatan fizik joylashtirish va ularni aloqa liniyalari bilan ulashi tushiniladi. Takidlash muhimki, topologiya tushunchasi eng avval lokal tarmoqlarga tegishli bo‘lib, ularda aloqalar tuzulishini oson ko‘rish mumkin. Global tarmoqlarda aloqalar tuzilishi foydalanuvchilardan odatda berkitilgan va unchalik muhim emas, chunki har bir aloqa seansi shaxsiy o‘zini yo‘li bilan bajarilishi mumkin. Asbob – uskunalarga, ishlatiladigan kabel turiga, mumkin bo‘lgan va eng qulay almashuvni boshqaradigan usullariga, ishlash ishonchligiga, tarmoqlarni kengaytirish imkoniyatlariga topologiya talablarini belgilaydi. Garchi tarmoqdan foydalanuvchiga topologiyani tanlash tez – tez bo‘lmasa ham, asosiy topoloiyalarning xususiyatlari, ularning ustunliklari va kamchiliklarini bilishi kerak. Tarmoqning uchta asosiy topologiyalari mavjud: shina (bus), bunda hamma kompyuterlar bir aloqa liniyasiga parallel ulanadi va har bir kompyuterdan axborot bir vaqtda hamma qolgan kompyuterlarga uzatiladi.
rasm 1
yulduz (star), bunda bitta markaziy kompyuterga chetda qolgan kompyuterlar ulanadi, shu bilan birga har biri o‘zining alohida aloqa liniyalaridan foydalanadi (2-rasm);
rasm 2
halqa (ring), bunda har bir kompyuter axborotni har doim faqat bitta zanjirda kelayotgan kompyuterga uzatadi, axborotni esa faqat zanjirdagi oldinda kelayotgan kompyuterdan oladi va bu zanjir “halqa” bo‘lib birlashgan (3-rasm).
rasm 3
Amaliyotda ko‘pincha bаzаli topologiyalarning kombinatsiyasi ham ishlatiladi, lekin ko‘p tarmoqlar huddi shu uchtasiga mo‘ljallangan. Yuqorida sanab o‘tilgan tarmoqli topologiyalarni ko‘rib chiqamiz. “Shina” topologiyasi (yoki, yana bir nomi “ummiy Shina”) o‘zining tuzilishi bo‘yicha kompyuterlarning tarmoqli asbob – uskunalarining bir xilligi, shuningdek hamma abonentlarning teng huquqligi bilan farq qiladi. Bunday ulanishda kompyuterlar axborotni faqat navbat bo‘yicha
uzatishi mumkin chunki aloqa liniyasi bir dona bo‘ladi. Aks holda ustma ust (konflikta, kollizi) tushishi natijasida uzatiladigan axborot buziladi.
Shunday qilib, shinada yarim dupleksli (Half duplex) almashuv rejimi amalga oshadi (ikki tomonlama, lekin bir vaqtida emas, ketma- ketlikda) “Shina” topologiyasida barcha axborotni uzatadigan markaziy abonent yo‘q bu esa uning ishonchliligini oshiradi (axir har qaysi markazning ishlashi buzilganda shu markaz bilan boshqariladigan hamma tizim faoliyatini to‘xtatadi.) Shinaga yangi abonentlarni qo‘shilishi tarmoq ishlab turgan vaqtda ham bo‘lishi mumkin.
Ko‘p holatlarda, shinadan foydalanayotganda boshqa topologi- yalarga nisbatan ulanadigan kabelni eng kam miqdori talab qilinadi. To‘g‘ri shuni hisobga olish kerakki, har bir kompyuterga (ikkita chettagilardan tashqari) ikkita kabel keladi, bu esa har doim qulay bo‘lavermaydi. Bu holatda bo‘lajak janjallarni hal etish har bir abonentning tar-moqli asbob – uskunalarga yuklanishi sababli “shina” topologiyasida tarmoqli adapter apparaturasi murakkabroq bo‘ladi, boshqa topologiyalarga qaraganda.
Biroq, “Shina” topologiyali tarmoqlarni keng tarqalgani tufayli (Ethernet, Arcnet) tarmoqli asbob – uskunalarni narxi uncha yuqori emas. Ayrim kompyuterlarning ishdan chiqib qolishi shinaga zarar qilmaydi, chunki tarmoqdagi hamma qolgan kompyuterlar alma-shuvni normal davom etishi mumkin. Ko‘rinishi mumkinki, kabelni uzulganligi xam shinaga qo‘rqinchlik emas, chunki bunda sim bo‘ladi. Biroq, uzun aloqali liniyalarda elektr signallarning tarqalish xususiyatlariga ko‘ra, shinalarni oxirgi uchlarida maxsus kelishtiradigan qurilmalar – terminatorlarni ulashni ko‘zda tutish kerak. Ular ulanmasa liniyani oxiridan signal akslanadi va shunday buziladiki, tarmoq bo‘yicha aloqa bo‘lmasdan qoladi.
Shuning uchun kabel uzulganda yoki shikastlanganda (masalan, sichqonlar tomonidan) aloqa liniyasini mosligi buziladi va o‘zaro ulanib qolgan o‘sha kompyuterlar xam o‘rtasidagi almashuv to‘xtaydi. Batafsil moslashtirish to‘g‘risida kitobning maxsus bo‘limida bayon etiladi. Shina
kabelini har qanday nuqtasida qisqa tutashtiruv tarmoqni hammasini ishdan chiqaradi. Shinadagi asbob – uskunalarni har qanday ishdan chiqishini lokalizatsiya qilish juda qiyin, chunki hamma adapterlar parallel ulangan va qaysi biri ishdan chiqqanligini bilish uncha oson emas.
“Shina” topologiyali tarmoqning aloqa liniyalari bo‘yicha o‘tаdigаn axborotli signallar kuchsizlanadi va hech tiklanmaydi, bu esa aloqa liniyalarning yig‘indi uzunligiga qattiq cheklanishlar qo‘yadi, bundan tashqari har bir abonent tarmoqdan uzatuvchi abonentning masofasiga bog‘langan har xil darajali signallar olishi mumkin. Tarmoqli asbob – uskunalarning qabul qiluvchi uzellariga qo‘shimcha talablar qo‘yadi. “Shina” topologiyali tarmoq uzunligini uzaytirish uchun ko‘pincha birnechta segmentlar ishlatiladi (ularning har biri shina deyiladi).Maxsus signal tiklagichlari repiterlar yoki qaytargichlari (3-rasm) yordamida bir birovi bilan ulanadi.
rasm 4
Biroq bunday tarmoq uzunligini uzaytirish cheksiz bo‘la olmaydi, chunki aloqa liniyalari bo‘yicha signallarning tarqalishini oxirgi tezligi bilan bog‘liq cheklanishlari ham bor. “Yulduz” yaqqol ajralib turadigan markazli topologiya, bunga barcha qolgan abonentlar ulangan. Barcha axborotlar almashuvi faqat markaziy kompyuter orqali bajariladi, shunday qilib unga juda katta yuklanish yotadi, shuning uchun tarmoqdan tashqari boshqa hech narsa bilan u shug‘ullana olmaydi. Tushunarliki, markaziy аbоnеntning tarmoqli asbob – uskunalari atrofdagi abonentlarning asbob – uskunalarga qaraganda juda
murakkab bo‘lishi kerak. Abonentlarning bir xil huquqga egaligi to‘g‘risida bunda gapirib bo‘lmaydi. Odatda, huddi shu markaziy kompyuter eng kuchli bo‘ladi va faqat unga almashuvni boshqarish hamma funksiyalari topshiriladi. “Yulduz” topologiyali tarmoqdа hech qanday mojarolar bo‘lishi mumkin emas, chunki boshqarish to‘liq markazlashgan.
Agar kompyuterlarni ishdan chiqishiga yulduzni mustaxkamligi to‘g‘risida gap ketsa, bunda atrofdagi kompyuterni ishdan chiqishi tarmoqning qolgan qismlarini ishlashiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi, lekin markaziy kompyuterni har qanday ishdan chiqishi tarmoqni butunlay ishdan chiqaradi. Shuning uchun markaziy kompyuterni va uning tarmoqli apparturalarini ishonch-liligini oshirish uchun maxsus choralar ko‘rilishi kerak. Har qanday kabelni uzilishi yoki undagi qisqa tutashuv “yulduz” topologiyasida faqat bitta kompyuter bilan almashuv buziladi, boshqa kompterlar esa normal holatda ishini davom ettirishi mumkin. Shinaga qaraganda yulduzda har bir aloqa liniyasida faqat ikkiga abonent turadi: markaziy va atrofdagilardan bittasi. Ko‘pincha ular-ning ulanishi uchun aloqa liniyasini ikkitasi ishlatiladi, ularning har biri axborotni faqat bir yo‘nalishda uzatadi.Shunday qilib, har bir aloqa liniyasida bitta qabul qiluvchi (pryomnik) va bitta uzatuvchi (peredatchik) mavjud. Shina bilan solishtirganda buning hammasi tarmoqli asbob – uskunalarni sezilarli soddalashtiradi va qo‘shimcha tashqi terminatorlarni qo‘llashdan ozod qiladi.
“Shina” ga qaraganda aloqa liniyalarda signallarni so‘nish muammosi “yulduzda” oddiy hаl etiladi, chunki har bir priyomnik doim bir darajali signal qabul qiladi. “Yulduz ” topologiyasini jiddiy kamchiligi abonentlar soni qattiq cheklangan. Odatda markaziy abonent 8-16 dan oshmagan atrofdagi abonentlarga xizmat ko‘rsatadi. Agar bu chegarada yangi abonentlarni ulash juda oddiy bo‘lsa, lekin bundan oshib ketganda umuman mumkin emas. To‘g‘ri, gohida yulduzda qo‘shib borish imkoniyati ko‘zda tуtilgаn, ya’ni atrofdagi abonentlardan bittasini
o‘rniga yana bitta markaziy abonentni ulash (natijada bir nechta bir birovi bilan ulangan yulduzlar topologiyasi paydo bo‘ladi). Yulduz aktiv, faol nom bilan yuritiladi, yoki haqiqiy yulduz. Passiv yulduz degan topologiya ham bor, u faqat tashqi ko‘rinishidan yulduzga o‘xshaydi (4- rasm). U bugungi kunda aktiv yulduzga qaraganda ko‘proq tarqalgan.
Aytish kerakki, bugungi kunda eng mashhur Ethernet tарmоg‘idа u ishlatiladi.
rasm 5
Tarmoq markazida shu topologiyali kompyuter emas, balki konsentrator, yoki xab (HUB), repiterga o‘xshab o‘sha funksiyani bajaradigan joylashtiriladi. U kelayotgan signallarni tiklaydi va ularni boshqa aloqa liniyalarga uzatadi. Kabellarni joylashtirish haqiqiy yoki aktiv yulduzga o‘xshasa ham, haqiqatda biz shinali topologiyasiga o‘xshab ish yuritamiz, chunki har qaysi kompyuterdan axborot bir vaqtda boshqa qolganlarga uzatiladi, markaziy abonent esa bo‘lmaydi.
Tabiyiki, passiv yulduz oddiy shinaga qaraganda qim-matroq bo‘ladi, chunki bunda yana kansentrator ham kerak bo‘ladi. Ammo u yulduzning afzalliklari bilan bog‘liq bir qator qo‘shimcha imkoniyatlarni taqdim etadi. Huddi shuning uchun oxirgi vaqtda passiv yulduz haqiqiy shinani ko‘proq siqib chiqarayapti, chunki u kam perspektivali topologiya hisoblanadi. Aktiv va passiv yulduz o‘rtasida topologiyaning oraliq turini ham ajratish mumkin. Bu holda konsentratorga tushadigansignallarni faqat ret- ranslyatsiya qilmasdan, o‘zi qatnashmasa ham, almashuv boshqarishini bajara oladi. Yulduzning (ham aktiv va ham passiv) katta ustunligi shundaki, hamma ulanadigan nuqtalar bir joyda yig‘ilgan. Bu tarmoq ishini oson nazorat qilishga, markazdan u yoki bu abonentlarni oddiy o‘chirish yo‘li bilan nosozliklarni lokalizatsiya qilish (masalan, shina holatda bajarib bo‘lmaydi), shuningdek tarmoq uchun xayotiy muhim bo‘lgan ula-nish nuqtalariga begona shaxslar kirishini cheklab qo‘yishdir. Yulduz holatida xar bir atrofdagi abonentga bitta kabel kelishi xam mumkin (unda uzatish ikki tomonlama ketadi), va ikkita xam (Ularning har biri-bir tomonga uzatadi), buning ustiga ikkinchi holat ko‘proq uchraydi.
“Yulduz” turidagi barcha topologiyalarning umumiy kamchiligi boshqa topologiyalarga qaraganda juda katta kabel sariflanishidir. Masalan, Agar kompyuterlar bir chiziqda joylansa, “yulduz” topologiyasi tanlanganda “Shina” topologiyasiga qaraganda bir necha martta ko‘p kabel talab qilinadi. Bu hamma butun tarmoqning narxiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
“Halqa” – bu topologiya, bunda har bir kompyuter faqat ikkitasi boshqalari bilan aloqa liniyalari bilan ulangan. Faqat u biridan axborot oladi, ikkinchisiga esa – faqat uzatadi. Har bir aloqa liniyasida, yulduz holatiga o‘xshab, faqat bitta (peredatchik) uzatuvchi va bitta (priyomnik) qabul qiluvchi ishlaydi. Bu tashqi terminallarni qo‘llashdan ozod qiladi. Halqani muhim xususiyati shundaki, har bir kompyuter unga keladigan signalni tiklaydi, yani repiter rolini o‘ynaydi, shuning uchun halqaning hamma joyida signalni so‘nishi hech qanday ahamiyati yo‘q, muhimi faqat halqaning qo‘shni kompyuterlar orasidagi so‘nishidir. Bu holatda аniq ajratilgan markaz yo‘q, hamma kompyuterlar bir xil bo‘lishi mumkin. Ammo, ko‘pincha halqada maxsus abonent ajratiladi, u almashuvni boshqaradi yoki nazorat qiladi. Tushunarliki, bunday boshqaradigan abonentni borligi tarmoq ishonchliligini pasaytiradi, chunki uning ishdan chiqishi tezda barcha almashuvni falaj qilib qo‘yadi
Qa’tiyat bilan аytgаndа, halqadagi kompyuterlar to‘liq teng huquqli emas (masalan, shinali topologiyaga qaraganda). Ulardan birlari kompyuterdan, shu momentda uzatishni olib borayotgan, albatta axborotni oladi, oldinroq, boshqalar esa kеyinrоq. Topologiyani huddi shunday xususiyatlariga ko‘ra, “halqaga” maxsus hisoblangan tarmoqdagi almashuvni boshqarish usullarda keyingi uzatish huquqi (yoki, yana aytilishicha, tarmoqni qurshab olish) keyingi halqadagi kompyuterga ketma – ket o‘tadi. Yangi abonentlarni “Halqaga” ulash mutloqo beziyon, lekin ulanish vaqtida butun tarmoqni ishlashini to‘xtatish talab qilinаdi. “Shina” topologiyali holatga o‘xshab halqadagi eng ko‘p abonentlar soni ancha muncha bo‘lishi mumkin (minggacha va undan ko‘proq). Halqali topologiya oshiqcha yuklanishlarga eng mustахkаm, u uzatiladigan tarmoq bo‘yicha axborotlarni eng katta oqimlari bilan ishonchli ishlashni ta’minlaydi, chunki unda janjallar yo‘q (shinaga qaraganda), shuningdek markaziy abonent yo‘q (yulduzga qaraganda). Halqadagi signal tarmoqdagi hamma kompyuterlardan o‘tgani sababli, lokal ulardan bittasini ishdan chiqishi (yoki uning tarmoq-dagi asbob-uskunalarini) yaxlit butun tarmoqni ishdan chiqaradi. Huddi shunga o‘xshab halqadagi har qaysi kabellarni uzilib qolishi yoki qisqa tutashuvi butun tarmoqni ishdan chiqaradi. Kabelni buzilishlariga halqa ko‘proq shikastlanadigan bo‘ladi, shuning uchun bu texnologiyada ikkita (yoki ko‘proq) parallel aloqa liniyalari qo‘yib borishni ko‘zda tutiladi. Shunda ularning bittasi zahirada turadi. Shu bilan bir vaqtda halqani katta ustunligi shundaki, har bir abonent tomonidan signallarni retranslyatsiya qilish butun tarmoq o‘lchamlarini sezilarli ko‘paytirishga yordam beradi (gohida bir necha o‘n kilometrgacha). Halqa bu tomonidan boshqa har bir texnologiyalardan ko‘proq (sezilarli) ustunlik qiladi. Halqani kamchiliklaridan (yulduzga taqqoslanganida) shuni hisoblash kerakki, tarmoqdаgi har bir kompyuterga ikkita kabel olib kelinishi kerak. Ba’zan “Halqa” topologiyasi axborotni qarama-qarshi yo‘nalishlarida uzatilishini ikkita halqali aloqa liniyalari asosida bajariladi. Masalani bunday hal etilishi
axborotni uzatish tezligini (ideal holatda ikki marotaba) оshirilishi. Kabelni bittasi buzilganda tarmoq boshqa kabel bilan ishlashi mumkin (to‘g‘ri, cheklangan tezlik kamayadi). Yuqorida ko‘rilgan uchta asosiy, bazaviy topologiyalardan tashqari, qo‘shimcha yana “daraxt” (tree) tarmoqli topologiya ishlatiladi, u bir nechta yulduzlar kombinatsiyasidan iborat. Yulduzga o‘xshash daraxt aktiv, yoki haqiqiy, passiv bo‘lishi mumkin. Aktiv daraxtga bir nechta aloqa liniyalari birlashtirilgan markazlarda markaziy kompyuterlar joylashgan, passilida esa konsentratorlar (Xablar). Kombinatsiyali topologiyalar ham ancha ko‘p ishlatiladi, ular orasida eng ko‘p tarqalgan yulduz-shinali va yulduz- halqalilaridir.
Yulduz-shinali topologiyada (star-bus) shina va passiv yulduzlar kombinatsiyasi ishlatiladi. Bunda konsentratorga alohida kompyuterlar ham va butun shinali segmentlar ham ulanadilar, ya’ni tarmoq-dаgi barcha kompyuterlar kiritilgan fizik topologiya amalga oshiriladi. Bu topologiyada bir nechta konsentratorlar ham ishlatilishi mumkin, ular bir biroviga ulanib magistrali, tayanchli deb nomlangan shinani tashkil qiladi. Konsentratorlarning har biriga alohida kompyuterli yoki shinali segmentlar ulanadi. Shunday qilib, foydalanuvchi o‘ziga qulay qilib shinali va yulduzli topologiyalarni avzalliklarini kombinatsiya qilish imkoniyatlaridan foydalaniladi, shuningdek tarmoqga ulangan kompyuterlar sonini oson o‘zgartiradi. Yulduz-halqali topologiya holatida kompyuterlarni o‘zi birlashmaydi, balki maxsus konsentratorlar, ularga o‘z navbatida, yulduz shaklli ikkitali aloqa liniyalari yordamida kompyuterlar ulanadi. Haqiqatda, tarmoqning hamma kompyuterlari berk halqaga ulanadi, chunki konsentratorlar ichidagi barcha aloqa liniyalari berk konturni tashkil qiladi. Bu topologiya yulduzli va halqali topologiyani ustunligini kombinatsiyalashga imkon yaratadi. Masalan, konsentratorlar barcha ulanadigan nuqtalarni bir joyga yig‘ishga imkon yaratadi. Tarmoq topologiyasi kompyuterlarni faqat fizikaviy joylanishlarini ifodalamasdan, lekin undan muhimrog‘i, ular orasidagi aloqalar xarakteri, tarmoq bo‘yicha signallarning tarqalganish xususiyatlari ifodalaydi. Huddi shu aloqalar xarakteri tarmoqning buzi- lishiga mustaxkamlik darajasini belgilaydi, tarmoqdаgi apparatlar-ning kerakli murakkabligini, almashuv boshqarish usulini eng to‘g‘ri keladiganini, uzatish muxitining mumkin turlarining (aloqa kanallari),
tarmoqning mumkin bo‘ladigan o‘lchamlari (aloqa liniyalar uzunligi va abonentlar soni), elektr muvofiqlashtirishni kerakligi va h.k. tarmoq bilan birlаshgаn kompyuterlarni fizik joylanishi topologiyani tanlashda, umuman olganda, ta’siri kam har qaysi kompyuterlarni, ular qanday joylashganidan qa’tiy nazar, har qanday ol-dindan tanlangan topologiya yordamida har doim ulash mumkin (8-rasm).
Agar ulanadigan kompyuterlarni doirani konturi bo‘yicha joylashgan bo‘lsa, ular yulduz yoki shina bo‘lib bеmаlоl ulanishi mumkin. Agar kompyuterlar qandaydir markaz atrofida joylansa, ular bir birovi bilan shinali yoki halqali bo‘lib ulanishi mumkin. Kompterlar bir chiziq bo‘yicha joylashgan bo‘lsalar, ular yulduz yoki halqa bo‘lib ulanishi mumkin. Boshqa gap, buning uchun kabelning kerakli yig‘indisi uzunligi qancha bo‘lishidir. Adabiyotda tarmoq topologiyalari to‘g‘risida gap ketsa, tarmoq arxitekturasining har xil darajalariga tegishli to‘rt mutloqo har xil tushunchalar o‘ylash mumkin. Fizikkaviy topologiya (ya’ni kompyuterlarni joylanish sxemasi va kabellarni yotqizilishi). Bu ma’noda, masalan, passiv yulduz aktiv yulduzdan hech qanday farq qilmaydi, shu tufayli uni ko‘pincha oddiy “yulduz” deb ataladi.
Mantiq topologiyasi (ya’ni, aloqalar tuzilishi, signallarni tarmoq bo‘yicha tarqalganish xarakteri). Bu eng to‘g‘ri topologiyani ifodalash bo‘lsa kerak.
Almashuvni boshqarish topologiyasi (ya’ni, har bir kompyuterlar orasidagi tarmoqni o‘rab olish huquqini uzatish prinsip iva ketma- ketligi).
axboratviy topologiya (ya’ni, tarmoqdа uzatilayotgan axborot oqimining yo‘nаlishi).
Masalan, fizikaviy va mantiqli topologiyasi bilan “shina” boshqarish usuli sifatida tarmoqni o‘rab olish huquqi uzatish estafetasi (ya’ni, bu ma’noda halqa bo‘lishi) va bir vaqtda bita ajratilgan kompyuter orqali barcha axborotni uzatishdir (Bu ma’noda yulduz bo‘lish). Mаntiqli “shina” topologiyali tarmoq “yulduz” passiv fizikli topologiyasiga ega yoki “daraxt” (passiv) bo‘lishi mumkin. Har qaysi fizik topologiyali, mantiq topologiyali, almashuv boshqaradigan topologiyali tarmoq axborotli topologiya mа`nоsidа yulduzli deb hisoblasa bo‘ladi, agar u yagona server va bir nechta kliyentlar asosida qurilgan bo‘lib, faqat shu server bilan mulog‘otda bo‘lsa. Bu holatda barcha mulohozalar markazning nosozliklari tarmoqni buzilishiga mustahkamligi past bo‘lishiga to‘g‘ri keladi. (ya’ni serverni). Xuddi shunga o‘xshab har qanday tarmoq axborotli ma’noda shina deb atalishi mumkin, agar u bir vaqtda server ham, kliyent ham bo‘lib kompyuterlardan tuzilgan bo‘lsa, har bir boshqa shina holatida ham, bunday tarmoq alohida kompyuterlarning nosozliklariga kam sezgirli bo‘ladi. Kabel bo‘lmagan tizimlarda sharoit boshqacha. Ularning asosiy ustunligi shundaki, hech qanday simlarni o‘tqazish kerak bo‘lmaydi (devorlarda teshiklar qilish kerak emas, quvurlarda va talablarda kabelni o‘tqazish kerak emas, uni falshpollar tagida o‘tqazish, osilgan potoloklar ustida yoki ventiliyatsiyali shaxtalarda kabel nosozliklarni qidirish va tuzatish kerak emas). Yana shunga o‘xshab tarmoq kompyuterlarini xona va bino chegarasida joyini o‘zgartirish oson, chunki ular hech narsaga bog‘langan emas.
Mavzu: Internet, Elektron pochta, mijoz dasturiy ta’minoti.
Reja:
Internet
Elektron pochta
Mijoz dasturiy ta’minoti.
Tayanch so‘z va iboralar: Internet, ARPANET, elektron pochta, chat, Control Protocol (TCP), Butunjahon oʻrgimchak toʻri, network, mijoz, LAN, Local Area Network, FTP, TelNet, server, bir rutbali tarmoq, fayl- server, papka, ma’murlash, Internet Protocol (IP) .
Internet (lotincha: inter – aro va net – tarmoq) – standart internet protokoli (IP) orqali maʼlumot almashuvchi kompyuter tarmoqlarining butunjahon va omma uchun ochiq toʻplamidir. Bu maʼlumotlarning asosiy tashuvchi protokoli TCP/IP dir. TCP/IP oʻzaro bogʻliq protokollar yigʻindisi boʻlib, internetda maʼlumot tarqalishida asosiy oʻrin egallaydi. Internet tarmogʻini minglab akademik, davlat, tijorat va xonadon tarmoqlari tashkil etadi. Internet elektron pochta, chat hamda oʻzaro bogʻlangan sahifalar va boshqa Butunjahon oʻrgimchak toʻri servislaridan tashkil topadi.
Internet — katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini oʻzaro bogʻlovchi butunjahon kompyuter tizimi. Unda geografik oʻrni, zamon va makondan qatʼiy nazar, ayrim kompyuter va mayda tarmoqlar oʻzaro hamkorlikda global informatsiya infratuzilmasini tashkil etadi. Qaydnomalar tizimi bilan boshqariladigan barcha hosila tarmoqlar hamkorlikda isteʼmolchilarga ma’lumotni saqlash, eʼlon qilish, joʻnatish, qabul qilish, izlash va maʼlum boʻlgan barcha variantlar (matn, tovush, videotasvir, fotosurat, grafika, musiqa tarzida va b. koʻrinishlar) da axborot almashinishga imkon yaratadi.
Internet tizimi 20-asr. 60-yillarida paydo boʻldi. Oʻsha paytlarda Amerika mudofaa departamenti tashabbusi bilan kompyuterlar telefon tarmoqlariga ulana boshladi. Dastlab, bunday faoliyat takomillashtirilgan loyihalar agentligi (AKRA) tadqiqotlari doirasida olib borildi. Bu tadqiqotlar sovuq urush avj olgan davrga toʻgʻri keldi. AQSH mudofaa departamenti urush boʻlib qolgan taqdirda oddiy kommunikatsiya vositalari ishdan chiqqudek boʻlsa, oʻrniga yangi qoʻshimcha kommunikatsiya vositalarini izlash bilan faol shugʻullandi. 60-yillar oxiri va 70-yillarda Internet tarmogʻi uncha keng rivojlanmadi. Dastlabki oʻn yillik xalqaro tarmoq, asosan, harbiylar va yirik olimlarning shaxsiy elektron liniyalari faoliyati doirasi bilan cheklandi. Internetning beqiyos rivojlanish surʼati davlat, taʼlim, akademik va ijtimoiy tuzilmalarning oʻziga xos umumiy moliyaviy va intellektual ulushiga bogʻliq boʻldi.
20-asr 70-yillarida turli tarqoq kompyuterlar tarmoqlari orasida informatsiyani uzatish va almashinish qoidalari tizimi ishlab chiqildi. Bular oʻzaro hamkorlikka doir qaydnomalar – Internetworking protocols (IP) boʻlib, global tarmoqni takomillashtirish uchun qulay muhit yaratdi. IP oʻrnatgan tartibga koʻra, har qanday alohida tarmoq informatsiyani koʻp tarmoqlar orqali "birinchi punktdan to oxirgi punktgacha" yetib borishini nazorat qilishi lozim. Shuning uchun Internet negizini tashkil qiladigan qaydnomalar tizimi, xususan, Transmission Control Protocol (TCP), File Transfer Protocol (FTP) ichida IP muhim qaydnomalardan biri hisobanadi.
Internet rivojlanishining dastlabki bosqichida uni, asosan, AQSH mudofaa departamenti mablagʻ bilan taʼminlagan. 70-yillar oxiriga kelib esa, asosan, uch taʼminlash manbai ajralib turdi: xukumat, un-tlar va tadqiqot laboratoriyalari (shu jumladan mustaqillari ham).
80-yillarda Internet oʻziga xos tarzda universal koʻlamlargacha rivojlana boshladi. Oʻsha davrda Internet vositasida uzatiladigan informatsiyaning oʻsishi "oyiga 20 foizdan koʻpaytirib borish" shiori ostida bordi. Mac, AQSH ning asosiy tarmogʻi bir sekundda 165 mln. bayt informatsiyani qayta ishlaydi va uzatadi. Bu surʼat bir sekundda
"Brittanika" ensiklopediyasi"ni uzatish uchun yetarli. 80-yillar oʻrtalarida Internetni jamoat va tijorat tarmoklariga ulash natijasida Internet tizimi ham koʻlam, ham sifat jihatidan rivojlandi. 90-yillarda Internet tizimini boshqarish borasida tub oʻzgarishlar yuz berdi.
Internet standartlar tizimi hisoblanadi. U oʻz faoliyatida oʻzini oʻzi rostlab turish, oʻzini oʻzi boshqarish falsafasiga rioya qilib foliyat yuritadi. Hozirgacha uni boshqarib turadigan yagona tashkilot yoʻq. Uning faoliyatiga doir qoidalar kirish mezonlari sifatida ishlab chiqilgan. Texnik masalalar esa "Internet Engineering Forse (IETL) kompaniyasining faol ishtirokida hal qilinadi, barcha standartlar "Internet Architecture Board" (IAB) kompaniyasi tomonidan qabul qilinadi. 20-asrning oxirgi oʻn yilligida Internet tizimi beqiyos darajada oʻsdi. Agar 80-yillar oxirida Internet tizimiga taalluqli 28000 dan ortiq asosiy kompyuterlar faoliyat koʻrsatgan boʻlsa, 90-yillar oxiriga kelib ularning soni oʻnlarcha mln.gayetdi. Internet xizmatidan foydalanuvchilar soni butun yer yuzi boʻyicha 160 mln. kishini tashkil qildi (1999).
Shveysariyadagi yadro tadqiqotlari markazlaridan biri multi-media tizimining tarqoq kompyuterlarini yagona tarmoqqa "bogʻlash"ning ancha takomillashgan usulini ishlab chikdi. U "World Wide Web" ("Jahon oʻrgimchak uyasi") tizimida oʻz aksini topdi. Bu tizim Internetni oʻziga xos ommaviy axborot vositasiga aylantirdi hamda u informatsiya texnologiyalari, radio eshittirish va telekommunikatsiya imkoniyatlariga ega boʻldi. Endi Internet faqat matnni emas, balki tasvirni, suratlarni, rasmlarni, tovush va videotasvirlarni ham uzatishga, voqea yuz berayotgan joydan toʻgʻridantoʻgʻri olib berishga ham qodir.
Internet barcha anʼanaviy informatsiya tizimlari – telekommunikatsiya, teleradioeshittirish, informatsiyalarni xalqaro miqyosda faol almashtirish va h. k.ning texnologik imkoniyatlarni uygʻunlashtirib qoʻllanganligi uchun u bir necha vazifani – informatsiya va bilimlar manbai; ommaviy axborot vositasi, insoniyat faoliyatining barcha sohalari (shu jumladan, taʼlim-tar-biya, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, sayyohlik va h. k.) ga taal-luqli informatsiya xizmatlari tizimi; istiqbolli bozor va milliy kom-paniyalarning xalqaro informatsiya maydoni va jahon bozoriga eng tejamli va tezkor usulda qoʻshilish imko-nini beradigan vosita vazifasini oʻtaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Internet"ning xalqaro axborot tizimlariga kirib borishni taʼminlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori (2001) Oʻzbekistonning bu borada xalqaro miqyosda oʻz mavqeiga ega boʻlishiga xizmat qiladi. Oʻzbekistonda maʼlumotlarni uzatish milliy tarmogʻi OʻzPAK Davlat kompaniyasi va OʻzNET tarmogʻidan iborat.
Internetdan foydalanuvchilar soni, mas, AQSH da 55 mln., Xitoyda 55 mln., Yaponiyada 8 mln.dan oshib ketdi. Keyingi oʻrinlarni Angliya, Kanada, Germaniya davlatlari egallagan, RF millionli chegarani egallamoqda. Oʻzbekistonning deyarli barcha hududlarida xalqaro Internet tarmogʻiga ulanish Oʻz PAK Davlat kompaniyasining xalqaro kanallari orqali taʼminlanadi. Respublikada 50 ga yaqin Internet- provayder roʻyxatga olingan. Oʻzbekistonda Internetdan foydalanuvchilar soni 300000 dan ortiq. Internet tizimida Oʻzbekistonning 300 dan ortiq sayti faoliyat koʻrsatmoqda (2002).[1]
Internet yaratilish tarixi[tahrir]
1950-chi yillar davomida barcha kompyuterlarni yagona kommunikatsion tarmoqqa ulash ehtiyoji tugʻildi. Bu ehtiyoj markazlashmagan toʻr, navbat nazariyasi va paketlar kommutatsiyasi kabi sohalarda tadqiqotlarni olib borishga olib keldi. Bu voqealarning natijasida AQShda ARPANETning paydo boʻlishi voqealarning keyingi rivojlanishiga turtki boʻldi.
Dastlabki TCP/IP protokoliga asoslangan tarmoq tizimi 1984-yil AQSh Milliy Fanlar Akademiyasida yaratilib, keyinchalik u NSFNet loyihasiga aylandi. 1995-yil internetning tijorat versiyalari paydo boʻla boshladi.
1991-yil CERN Butunjahon oʻrgimchak toʻri loyihasini eʼlon qildi. Bu voqea Tim Berners-Lee tomonidan HTML, HTTPlarning yaratilishi va CERNda dastlabki veb-sahifalarni paydo boʻlishidan 2 yil keyin sodir boʻldi. 1993-yil birinchi internet brauzer Mosaicning 1.0 versiyasi paydo boʻldi va 1994-yilda internetga ommaviy qiziqish tugʻila boshladi. 1996
yildan internet soʻzidan keng foydalana boshlandi, biroq u asosan, Butunjahon oʻrgimchak toʻrini anglatadi.
Shu bilan birga internet 10 yil ichida juda tez tarqalib ketdi, uning ochiq arxitekturaga asoslanganligi, birovning mulki emasligi, markaziy boshqaruvning yoʻqligi uni organik rivojlanishiga sabab boʻldi. hozirda internet insoniyatning eng katta texnologik yutuqlaridan biri sifatida tan olindi.
Elektron pochta – kompyuter tarmoqlari bo‘ylab elektron xatlar bilan almashish (qabul qilish va yuborish) imkonini beruvchi texnologiyadir. Elektron pochta tuzilishi va ishlash prinsipi jihati tomonidan oddiy (qog‘ozli) pochta tizimiga
o‘xshab ketadi. Undagi terminlar (xat, konvert, banderol («посылка»), pochta quti, etkazib berish), unga xos bo‘lgan jihatlar – qulayliklar, xabarlarni jo‘natishdagi kechikishlar, yetarli
darajadagi ishonchlilik va shu bilan birga etkazib berishning kafolatlanmasligi kabi xususiyatlar elektron
pochtaga ham xos.
Elektron pochtaning afzalliklari:
Manzillar nomining eslab qolishga qulayligi (misol uchun: uzdasturchi@gmail.com); matndan
tashqari istalgan formatdagi fayllarni jo‘natish imkoniyati; xabarlarning yetarli darajada tez va ishonchli yetkazib berilishi; foydalanishning osonligi va hokazo.
Elektron pochtaning kamchiliklari:
Spam (reklama va viruslarning ommaviy ravishda tarqatilishi); xabar ba’zan bir necha kungacha kechikib yetkazib berilishi ehtimoli; xabar hajmining chegaralanganligi, pochta qutisiga begona odam kirib olsa, undan g‘arazli maqsadlarda foydalish imkoniyati va hokazolar.
Hozirgi kunda kompyuterda ozmi-ko‘pmi ishlay oladigan har qanday odam o‘ziga bepul elektron pochta qutisi ochib olib, undan bemalol foydalanishi mumkin. Buning uchun elektron pochta xizmatini
taqdim etuvchi portallarning birida ro‘yxatdan o‘tish kifoya. Ro‘yxatdan o‘tgach, internet tarmog‘iga ulangan har qanday kompyuter orqali elektron pochta istagancha foydalanish mumkin. Bunday portallar juda ko‘p. Ularning eng mashhurlari quyidagilar:
http://mail.google.com
http://mail.yahoo.com
http://www.mail.ru
http://mail.yandex.ru
http://mail.rambler.ru
Savol va topshiriqlar
Internet nima?
Elektron pochta haqida ayting?
Mijoz dasturiy ta’minoti deganda nimani tushunasiz?
ARPANET nima?
Internet qachon yaratildi?
Elektron pochtangizni yarating
Mavzu: Yangi elektron pochta yaratish yo‘llari, pochta ro‘yxatlarini boshqarish, fayllarni biriktirish va ularni formatlash.
Reja:
Yangi pochta yaratish yo‘llari
Pochta ro‘yxatlarini boshqarish
Fayllarni biriktirish va ularni formatlash
Tayanch so‘z va iboralar: Mail.ru, Brauzer, Internet, elektron pochta, chat, Control Protocol (TCP), Butunjahon oʻrgimchak toʻri, papka, ma’murlash, Internet Protocol (IP).
Ushbu mavzuda Rossiyadagi eng yirik bepul elektron pochta xizmati bo‘lmish mail.ru portalida elektron pochta xizmatidan foydalanish asoslari bilan tanishamiz.
Brauzeringizda http://www.mail.ru veb sahifasiga o‘ting.
Pochta qutisi ochish uchun oynaning chap tarafida joylashgan
«Регистрация в почте» (Pochtada ro‘yxatdan o‘tish) tugmasini bosamiz.
«Регистрация нового почтового ящика» (Yangi pochta qutisini ochish) sahifasi ochiladi. Bu sahifada yangi ochilayotgan qutining egasi haqidagi ma’lumotlar kiritiladi.
Bunda quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
Имя – Ismingiz Фамилия – Familiyangiz
День рождения – tug‘ilgan kun, oy va yilingiz
Город – siz yashaydigan shahar (to‘ldirish shart emas). Shahar nomining dastlabki harflarini kiritishingiz bilan mayl.ru xizmati bazasiga kiritilgan shaharni va davlatlarning to‘liq nomi taklif qilib turiladi. Taklif qilingan shaharni tanlasangiz, matn bloki avtomatik tarzda to‘ldiriladi.Пол – jinsingiz (Erkak yoki Ayol) Почтовый ящик – elektron pochta manzilingiz. Bu yerga ismingizni yoki eslab qolish uchun oson bo‘lgan, tushunarli so‘z kiritish tavsiya etiladi. Misol uchun, ismingiz Ibrohim bo‘lsa, i ibrohimjon@mail.ru yoki ibrohim82@bk.ru kabi manzillarni tanlashingiz mumkin. Xullas, pochta qutisining nomi avvalo yozish uchun qulay (ayniqsa, qo‘l telefoni klaviaturasida), esingizdan chiqib qolmaydigan, tushunarli, ma’no- mazmunga ega bo‘lgan so‘z yoki jumla bo‘lishi kerak.Пароль – elektron pochtangiz uchun kalit so‘z. Parol imkon qadar esingizdan chiqmaydigan, birov topa olmaydigan, har qanday klaviaturada (ayniqsa, qo‘l telefoni klaviaturasida) ham tersa bo‘ladigan harf va raqamlar to‘plami bo‘lishi kerak.Повторите пароль – parolni takroran yozing (aniqlik uchun).Мобильный телефон – qo‘l telefoningizning raqami. Bu narsa parol esingizdan chiqib qolsa, uni SMS xabar yordamida tiklash uchun kerak. Biroq, telefon raqamingizni oshkor qilgingiz kelmasa, «У меня нет мобильного телефона» (menda qo‘l telefoni yo‘q) degan linkni bosishingiz mumkin.Barcha ma’lumotlar to‘ldirilgach, «Зарегистрироваться» (Ro‘yxatdan o‘tilsin) tugmasi bosiladi
Agar telefon raqamingizni kiritgan bo‘lsangiz, «Зарегистри- роваться» tugmasi bosilgach, shu raqamga SMS-xabar yuboriladi. SMS-xabarda kelgan tasdiqlash kodini endi ochilgan v (SMS-xabardagi kodni kiriting) oynasiga yozib, «Готово» (Tayyor) tugmasi bosiladi.
SMS-xabardagi kod tasdiqlangan zahoti yangi ochilgan pochta qutingiz ochilib, undan foydalana boshlaysiz. Pochta qutingizning bosh sahifasida «Входящие» («Kelgan xatlar») bo‘limi ochiladi. Unda Mayl.Ru pochta xizmatidan kelgan «Maylr.ru`ga xush kelibsiz» hamda «Mayl.ru`ning mobil versiyasi» deb nomlangan ikkita xat turgan bo‘ladi. Ularni o‘qib, Mayl.ru pochta qutisi va uning eng yangi imkoniyatlari haqida to‘liq ma’lumot olishingiz mumkin.
Pochta bilan ishlash sahifasi bir nechta bo‘limdan iborat. Chap tarafda Входящие (Kelgan xatlar), Отправленные (Yuborilgan xatlar), Черновики (Xomaki nusxalar), Спам (keraksiz reklama), Корзина (Savatcha) bo‘limlari keltirilgan. Sahifaning o‘rtasida chap tomondan tanlangan bo‘limning nomi ko‘rinib turadi. U sizning hozir qaysi bo‘limda turganingizni ko‘rsatib turadi. Yuqorida Написать (yangi xat yozish), Проверить (Tekshirish, ya’ni yangi xatlar kelganligini yana bir bora tekshirish), Адреса (Manzillar) va Ещё (yana) tugmalari bor.Входящие bo‘limida pochta qutisiga kelgan xatlar turadi. Kerakli xatni o‘qish uchun uning linkiga, ya’ni havolasiga bosiladi. Shunda xatning matni ochiladi. Misol uchun, «Mayl.ru`ning mobil versiyasi» degan xatni ochish uchun uning linkini bosamiz.
Ko‘rib turganingizdek, elektron pochta maktubida xatning nomi, uning qaysi manzildan (От кого), qaysi manzilga (Кому) va qachon
kelganligi yozib qo‘yilgan bo‘ladi. Ochiq turgan xatga javob yozish uchun Ответить (Javob yozish) tugmasi bosiladi. Uni bossak, odatdagi yangi xat yozish sahifasi ochiladi. Lekin Кому va От кого
katakchalari avtomatik tarzda to‘ldirib qo‘yilgan bo‘ladi.
Кому katakchasiga yuboruvchining manzili, Тема katakchasiga esa kelgan xatning mavzusi qo‘yilib, undan oldidan Re: deb yozib qo‘yilgan bo‘ladi. Bu Reply to, ya’ni «..ga javoban» degan so‘zning qisqartmasidir. Javob matnini yozib,
so‘ng Отправить (Yuborilsin) tugmasi bosiladi.
|