• Mavzu: Excel jadval protsessori. POWER POINT dasturi va inter-feysi.
  • Mavzu: Kompyuter tarmoqlari haqida umumiy ma’lumot.
  • 1-Mavzu: Axborot va uning turlari




    Download 1.65 Mb.
    bet5/8
    Sana06.12.2023
    Hajmi1.65 Mb.
    #112353
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    axborot tex ma`ruza
    hisob2, 3 amaliy, 2 amliy, Amaliy mashg’ulot №1 avtomatlashtirilgan zamonaviy mexatronika v, 8-mart (Кириллча)
    Pravka menyusi komandalari Pravka menyusi komandalarining mazmuni: Komandalar Bajaradigan funksiyalari
    Otmenit izmeneniye - Ma’lumotlarni o‘zgartirishga olib kelgan oxirgi bajarilgan xarakatni bekor qilish (orqaga qaytish).
    Povtarit - Bekor qilingan xarakatni qaytarish (oldinga qaytarish)
    Vыrezat - Tanlab olingan matn qismi nus`hasini xotiraga ko‘chirib (qirqib) olish
    Kopirovat - Tanlab olingan matn qismi nus`hasini xotiraga olish Vstavit - Xotirada joylashgan matn qismini chiqarib kursor turgan
    joyiga qo‘yish
    Spesialnaya vstavka - Xotirada joylashgan matn qismini chiqarib kursor turgan joyiga har xil ko‘rinishda qo‘yish. Bunday amalning dialog oynasida bir kator parametrlarni hisobga olgan xolda bajarish mumkin bo‘ladi.Vыdelit vse - Butun fayldagi matnini tanlash
    Ochistit - Faylning tanlagan qismini ichi yoki yozuvlarni tashqi ko‘rinishini tozalash.
    Nayti - Butun matnda so‘z yoki so‘zlar ketma ketligini kidirib topish komandasi.
    Zamenit - Butun matnda so‘z yoki so‘zlar ketma ketligini kidirib topib almashtirish komandasi.
    Pereyti - Kursorni boshqa varaq, satr, abzas, rasm, jadval va umuman faylning boshqa qismiga o‘tqazish.

    Savol va topshiriqlar



    1. Matn muharrirlari haqida umumiy tushuncha?

    2. Fayl menyusi komandalarining asosiy mazmuni?

    3. Microsoft Word muharririda matnni formatlash imkoniyatlari?

    4. Faylning tanlagan qismini ichi yoki yozuvlarni tashqi ko‘rinishini tozalashda qaysi tugmasidan foydalanamiz?

    9-Mavzu: Raqamli axborot va matnni qayta ishlashning asosiy tamoyillar.
    Reja:

    1. Matnni qayta ishlashning asosiy tamoyillari.

    2. Bloknotda ishga tushirish




    1. Bloknotda ishlash

    Tayanch so‘z va iboralar: Turbo S,Turbo Pascal, Chiwriter, WD, Microsoft Word 2000, "RED", "Volna", "Punktir", IBM kompyuterlarida "WD", "Foton", "Leksikon", matn muharrirlari, matn protsessorlari.


    Matnlar bilan ishlovchi 2 xil programmalar bor: matn redaktorlari va matn protsessorlari (muharrirlari).
    Matn redaktorlarida kiritilgan matnni shakllash imkoni mavjud emas.
    Matn muharrirlari matnni shakllash imkonini beradi. Matn redaktoriga Bloknot standart matn redaktori kiradi.
    Matn taxrirlagichlari programma matnlarini kiritish, uzgartirish, kuchirish, nusxasini kogozga kuchirish kabi imkoniyatlarga ega.Ular programmalash sistemalari tarkibida buladi. Bunga Turbo S,Turbo Pascal kabilar misol bula oladi.
    Xujjat taxrirlagichlari xujjatlarni taxrirlash, turli shriftlardan foydalanish, satrlar orasidagi intervalni urnatish,saxifalash, formulalarni yozish, jadval, diagrammalarni tashkil kilish va xokazo im koniyatlarga ega. Bu taxrirlagichlarga yukorida aytilgan Microsoft Word va eng oxirgi yillarda ishlab chikilgan kompьyuterlar uchun muljallangan kuydagilar Chiwriter, WD, Microsoft Word 2000 va xokazolar misol bula oladi.
    Ayniksa matbuot sistemalari nashriyotchilar mexnatini mashakatli, zararli jarayonlaridan xalos kilish bilan birga nashriyot maxsulotlari sifatini oshirdi. Bu sistemalar asosida jurnallar, kitoblar,turli prospektlarning yukori sifatli maketlarini tayyorlash mumkin.
    Axborotlarni saqlashning eng qadimiy usullaridan biri yozuv hisoblanadi. Qadimgi odamlar yashagan g‘orlar devorlaridagi rasm va yozuvlar buning yaqqol isbotidir. Yozuv texnologiyasi asrlar davomida deyarli o‘zgarmadi. Faqatgina yozish vositalari takomillashib bordi. Avval toshlarga o‘yib yozilgan bo‘lsa, keyinchalik turli bo‘yoqlar yordamida yozildi. Xayvon terilariga ishlov berish natijasida toshlarga emas, teriga yozish yo‘lga qo‘yildi. Qog‘oz ishlab chiqarilishi bilan yozish
    yanada qulaylashdi. Shu bilan birga yozuv quroli xam takomillashib bordi. Yozish uchun toshlar, turli mo‘yqalam, qamish-perolar, g‘oz patlaridan foydalanildi. Patlar o‘rnini peroli ruchkalar, ularni avtoruchkalar, avtoruchkalar o‘rnini esa yozuv mashinkalari egalladi. Lekin asosiy jarayon - matnga o‘zgartirish kerak bo‘lsa uni qaytadan yozish zarurligi o‘zgarmadi. Bu juda ko‘p kuch va mehnat talab qiladi. Kompyuterlar matn yozish texnologiyasini tubdan o‘zgartirib yubordi. Matnlarni yozish, saqlash, qayta ishlash, qog‘ozga chop etish kabi ishlarni bajarishga mo‘ljallangan ko‘plab dasturlar yaratildi. Bu dasturlar asosan ikki turga bo‘linadi: matn muharrirlari va matn protsessorlari. Ularning asosiy farqi kompyuterga kiritilgan matnning ko‘rinishiga bog‘liq. Matn muharriri kompyuterda eng ko‘p ishlatiladigan dasturlar qatoriga kiradi. Ixtiyoriy rusumli kompyuterlar uchun matn muharrirlari yaratilgan. Xatto bir rusumli kompyuter uchun yaratilgan o‘nlab matn muharrirlarini ko‘rsatish mumkin. Masalan, Pravets kompyuterlarida "RED", "Volna", "Punktir", IBM kompyuterlarida "WD", "Foton", "Leksikon" va xokazo.
    Deyarli barcha matn muharrirlari quyidagi asasiy vazifalarni bajaradi:
    ma’lumotlarni kiritish; xatolarni tuzatish;
    belgilar , so‘zlar, satrlar, abzatslar o‘rnini almashtirish yoki o‘chirib tashlash;
    matnni biror "qolipga solish", ya’ni chap va o‘ng tomonlarini to‘g‘rilash, satrlar orasidagi masofani o‘zgartirish;
    matnni diskda saqlash; matnni diskdan o‘qish; chop etish.
    Matn muharrirlarida asosan matnning mazmuniga etibor beriladi. Ularda matnning ekrandagi va qog‘ozdagi ko‘rinishi (bezagi) unchalik ahamiyatga ega bo‘lmayd

    Matn muharrirlari yordamida matn fayllari xosil qilinadi. Unda faqat kiritilgan matn belgilarining kodlari saqlanadi. Shuning uchun bir matn muharririda xosil qilingan matnni boshqa matn muharririda qiyinchiliksiz qayta ishlash mumkin bo‘ladi.


    Matn protsessorlari matnning faqat mazmuni emas, balki tashqi ko‘rinishi xam katta axamiyatga ega bo‘lganda qo‘llaniladi. Matn protsessorlari matnning tashqi ko‘rinishiga ta’sir etish imkoniyatiga ega. Masalan, matnga turli rasm va jadvallar joylashtirish, belgilarning o‘lchami, rangi va ko‘rinishlarini o‘zgartirish va xokazo.
    Matn protsessorlari odatda rasmiy hujjatlar tayyorlashda ko‘p qo‘llaniladi. Matn protsessori yordamida tayyorlangan matn hujjat deb yuritiladi.
    Matn protsessori yordamida xosil qilingan hujjat faqatgina matn emas, balki uning tashqi ko‘rinishi xaqidagi (shrift turi, o‘lchami, rangi va xokazo) axborotni xam o‘zida saqlaydi. Bu-lar maxsus kodlar bo‘lib, ekranda ham, qog‘ozda ham ko‘rinmaydi.
    Turli matn portsessorlarida matnni bezatish uchun turli kodlar qo‘llaniladi. Bunday hollarda hujjatlar xar xil formatga ega deyiladi. Shu sababli formatlangan matnli hujjatlarni bir matn protsessoridan boshqasiga olib o‘tishga xar doim ham erishib bo‘lmaydi.
    Matn muharrirlarining nomi, tashqi ko‘rinishi turlicha bo‘lgani bilan, ularda ishlash jarayoni deyarli farq qilmaydi. Shuning uchun biror matn muharririda ishlashni mukammal o‘rganib olsangiz boshqa matn muharrirlarida ishlashni ham qiyinchiliksiz o‘zlashtirib olasiz.
    Matn muharrirlarining asosiy elementlari: ishchi maydoni, yurgich va menyu.
    Ishchi maydoni. Matn muharriri kompyuter ekranida "ishchi maydoni" deb ataladigan maxsus joy ajratadi. Ishchi maydoni matn yozish uchun sahifa vazifasini bajaradi. Kiritilayotgan matn ishchi maydonida aks ettirilib boradi.
    Yurgich. Klaviaturadan kiritilayotgan belgi ishchi maydonining qaerida aks etishini ko‘rsatib turadi. Odatda gorizontal yoki vertikal chiziqcha ko‘rinishida bo‘ladi.
    Menyu. Maxsus buyruqlar va amallar majmuyi menyu deb ataladi. Ularyordamida asosan matnlarni diskdan o‘qish, diskka yozish, chop etish kabi ishlar amalga oshiriladi.
    Yurgich va ishchi maydonining ko‘rinishi matn muharriri ishiga aytarlik ta’sir ko‘rsatmaydi. Ular turli matn muharrirlarida bir oz farq qilishi mumkin.
    Matn muharrirlari asosan menyusi bilan bir-biridan farqlanadi. Menyudagi buyruq va amallar matn muharrirlarining imkoniyatlarini belgilaydi. Ular qanchalik ko‘p bo‘lsa, matn muharrirlarining imkoniyatlari shuncha yuqori bo‘ladi. Turli matn muharrirlarining mos buyruqlari bir-biridan deyarli farq qilmaydi. Ular bir oz farqlansada, ma’nosini tushunib olish qiyinchilik tug‘dirmaydi. Masalan, matnni diskka yozish buyrug‘i ba’zi matn muharrirlari menyusida "yozish" deb nomlangan bo‘lsa, boshqalarida "saqlash" deb nomlangan. Shu kabi matnni diskdan o‘qish buyrug‘i turli matn muharrirlarida "o‘qish", "yuklash" yoki "ochish" deb nomlanishi mumkin. Mazkur buyruqlar nomlari turlicha bo‘lsa xam, deyarli bir xil ma’noni va aynan bir xil vazifani bajaradi.
    Savol va topshiriqlar

    1. Matnlar bilan ishlovchi programmalar bu?

    2. Matnlar necha turlarga bo‘linadi?

    3. Matn muharrirlarining asosiy elementlari bu?

    4. Matn protsessorlari asosiy elrmenlari bu?

    10-Mavzu: Microsoft Office paketi xususiyatlari.
    Reja:

    1. Microsoft Office paketi

    2. Office paketi xususiyatlari

    3. Office paketini o‘rnatish

    Tayanch so‘z va iboralar: MS Word, MS Excel, MS PowerPoint, MS Access, MS Outlook, MS Officce.

    Kundalik xayotimizda har xil soxalarga qarab turli xil yangiliklarni matn ko‘rinishida tarqatamiz, e`lonlar chiqaramiz, taklifnomalar, hisob- kitob ishlari kabi masalalarni qog‘ozda chop etish masalalarini hal qilamiz. Hozirgi kunda bu ishlarni hal qilish uchun kompyutеrlardan foydalanishadi.


    Microsoft Officce mahsulotlari kompyutеrlarning dasturiy ta’minoti hisoblanadi. Bu masalalarning turiga qarab MS Officce mahsulotlarining har xil turi bilan hal qilinadi. Matn ko‘rinishidagi axborot bo‘lsa MS Word, xisob kitob ishlari bo‘lsa MS Excel, rasmlar bo‘lsa va rasmlarning xarakatlanishi kabi masalalar bo‘lsa MS PowerPoint, ma’lumotlarni saqlash bo‘lsa MS Access, bir joydan ikkinchi joyga ma’lumot yuborish va qabul qilib olish kabi masalalar, har xil ma’lumotlar hosil qilish bo‘lsa

    MS Outlook.


    MS Officce dasturlari MS Officce mahsulotlari ham dеyiladi. Endi ularning o‘xshashliklari bilan tanishamiz. Dasturlarning asosiy o‘xshashligi ular bir xil yo‘llar bilan ishga tushiriladi. Ularning oynalarining o‘xshashligiga kеlsak, oynadagi boshqarish tugmalari ham, gorizontal mеnyu satri ham, uskunalar panеli ham ko‘pgina jixatlardan bir-biriga o‘xshashliklari mavjud. Dasturlarning bir-biridan imkoniyatlarning ustunliklari jixatidan ularda turli xil ishlar qilinadi. Matn


    yaratish kabi ishlar bo‘lsa Word dasturida yaratilgani maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shuning uchun Word dasturini univеrsal matn muxarriri ham dеb ataydi. Oynalarning uskunalar va gorizontal mеnyu satridagi farqlar, ayrim ustun imkoniyatlarni amalga oshirish buyruqlari tugmachalari bilangina farq qiladi.


    MS Officce mahsulotlari dеganda biz ma’lum dasturlarni tushinishimiz kеrak. Ular quyidagilar hisoblanadi. Microsoft Word, Microsoft Excel, Microsof PowerPoint, Microsoft Outlook, Microsoft Access dasturlari jumlasidandir. Dasturlar haqida qisqacha ma’lumot bеramiz.
    Microsoft Word dasturi-asosan matnlar tayyorlash uchun, jadvallarda ishlash uchun, katta-katta matnlarni qayta ishlash va xar xil ko‘rinishda taxrirlash uchun ishlatiladi. Bu dasturni Matn muxarriri dеb ham atash mumkin. Bu dasturdan foydalanib xar xil kattalikdagi kitoblarni, turli xil buyruq, ariza, ma’ruza matnlarini, taklifnomalarni, tabriknomalarni juda chiroyli qilib yasashimiz mumkin.
    Excel dasturi - murakab hajmdagi jadvallarni, buxgaltеriya xisob kitoblarini, turli xil mantiqiy xisob kitoblarni bajarish uchun ishlatiladi.
    Microsoft PowerPoint dasturi-turli xil prеzintatsiyalarni (turli xil ko‘rinishdagi rasmlar rangbarangligi va ularning ko‘rinishi) yaratish uchun ishlatiladi. Bu dasturdan foydalanib o‘quv darslarida ko‘rgazmali qurollar yaratish, rеklamalar bеrish, mantlarni taklifnomalarni va shu kabilarni juda chiroyli qilib yaratish imkonini bеradi.
    Microsoft Outlook dasturi yordamida bir joydan ikkinchi joyga ma’lumot yuborish va qabul qilib olish kabi masalalar, har xil ma’lumotlar hosil qilish uning juda ko‘pgina jixatlarini e`tiborga olib yaratish ishlarini amalga oshirish imkonini bеradi. Bu dastur Modеm, Intеrnеt kabi tarmoqqa ulangan kompyutеrlarda ko‘proq ishlatiladi.
    Microsoft Access dasturini qisqacha qilib ma’lumotlar bazasi ham dеb atashimiz mumkin. Biz bu dasturdan foydalanib har xil ma’lumotlar yaratib bazaga qo‘shishimiz mumkin va undagi ma’lumotlar bilan bеvosita tanishishimiz mumkin. Masalan litsеy talabalari haqida
    ma’lumotlar hosil qilish va bu ma’lumotlar bilan istalgan kishi tanishishi mumkin. Turli xil mavzudagi ma’lumotlar bilan tanishish mumkin. Buning uchun kompyutеrimiz global aloqa tarmog‘iga ulangan bo‘lishi lozim.
    Bu dasturlarda deyarli ko‘pgina amallarni bajarish bir xil tarzda amalga oshiriladi.
    Bu dasturlarda ko‘pgina amallarni bajarish bir xil tarzda amalga oshiriladi. Bugungi darsimizda mana shu amallarni ko‘rib chiqamiz va Microsoft Word dasturi bilan yaqindan tanishishga harakat qilamiz. Bu dasturda yaratilgan fayllar “Hujjat” (Документ) dеb ataladi va unda ochilgan barcha saxifalarni hujjat dеb ataymiz.
    Microsoft Word dasturi oynasi ekranda hosil bo‘lgandan so‘ng unga e`tibor bеradigan bo‘lsak, barcha oynalardagi kabi bu oynada ham gorizontal mеnyu satri, Uskunalar panеli hamda statistik ma’lumotlar panеli mavjudligini ko‘ramiz. Gorizontal mеnyu satri, Uskunalar panеlida biz kiritgan ma’lumotlarimizni qayta ishlash imkonini bеradigan buyruqlar mavjudligini ko‘ramiz. Bu ikki panеldan foydalanib biz bir xil amallarni bajara olishimizni yana sizga eslatmoqchimiz. Gorizontal mеnyu satrida bеriladigan buyruqlar nomlari va belgi (знак)lari mavjud bo‘lsa, uskunalar panеlida faqat buyruqlar belgilari borligini ko‘ramiz. Belgilar ustiga sichqonchani olib boradigan va bir oz kutadigan bo‘lsak ular nomlari hosil bo‘ladi. Dеmak uskunalar panеli bizning vaqtimizni bir oz bo‘lsa ham tеjash imkonini bеradi ekan.
    Shahsiy kompyuter yordamida matnli hujjatlar hosil qilish uchun Word muharriridan foydalaniladi. Shartga muvofiq 2-turdagi hujjatlar hosil qilish mumkin:

    • oddiy hujjatlar - hujjatlar formatlangan matndan iborat;

    • kompleks hujjatlar - matndan tashqari chizmalar, rasmlar, formulalar, jadvallar va multimediya obyektlari ishtiroq etadi.

    Microsoft Word – xat, fakslar, sharhlar, eslatmalar, xizmat yuzasidan yozilgan ma’lumotlar, xabarnomalar, xotiranomalar va hokazolar kabi matnli hujjatlarni yaratish uchun ishlatiladigan matn protsessoridir.
    Word hujjatlarni osonlik bilan yaratish uchungina emas, shuningdek boshqa ko‘plab xolatlarda
    Ham yordam beradi.
    U hujjatlarni terishtahrir qilish, ularni bosmaga tayyorlash imkonini beradi. Uning yordamida hujjatning tashqi ko‘rinishini yaratish, shriftlarni o‘lchamini va chizilish shaklini, xat boshining parametrlarini o‘zgartirish, bo‘sh joylar, jadvallar va hoshiyalar kiritishi mumkin.
    Microsoft Word bilan ishlash ham qulay, chunki Wordda orfografiyani avtomatik ravishda tekshirish ko‘zda tutilgan. Siz ishni to‘laligicha qayta bajarmasdan, hujjatda osonlik bilan istalgan o‘zgarishlarni, shuningdek, o‘z hujjatlaringizga jadvallar va grafiklarni kiritishingiz, to‘liq hujjatni ko‘rib chiqishingiz, tuzatishlar kiritishingiz mumkin.
    1. Mavzu: Excel jadval protsessori. POWER POINT dasturi va inter-feysi.

    Reja:


      1. Excel jadval protsessori.

      2. POWER POINT dasturi va inter-feysi.

      3. Dasturlar versiyasi

    Tayanch so‘z va iboralar: MS EXCEL, XLS, prezentatsiya, Power Point, slayd, Ppt.


    MS EXCEL-WINDOWS amaliy dasturlaridan biri bo‘lib, elektron jadvallarni tayyorlash va ularga ishlov berishga mo‘ljallangan dasturdir. Elektron jadvallar asosan iqtisodiy masalalarni yechishga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, uning tarkibiga kiruvchi vositalar boshqa sohaga tegishli masalalarni yechishga ham, masalan, formulalar bo‘yicha hisoblash ishlarini olib borish, grafik va diagrammalar qurishga ham katta yordam beradi. Inson o‘z ish faoliyati davomida ko‘pincha biror kerakli ma’lumot olish uchun bir xil, zerikarli, ba’zida esa, murakkab bo‘lgan ishlarini bajarishga majbur bo‘ladi. MS EXCEL dasturi mana shu ishlarni osonlashtirish uchun ishlab chiqilgan.

    1. MS EXCELni ishga tushirish. «Пуск»—«Программы «MICROSOFT EXCELning asosiy elementlari. MS EXCEL dagi barcha ma’lumotlar jadval ko‘rinishida namoyon bo‘lib, bunda jadval yacheykalarining (xonalarining) ma’lum qismiga boshlang‘ich va birlamchi ma’lumotlar kiritiladi. Boshqa qismlari esa har xil arifmetik amallar va boshlang‘ich ma’lumotlar ustida bajariladigan turli amallar natijalaridan iborat bo‘lgan axborotlardir.

    Elektron jadval yacheykalariga uch xil ma’lumotlarni kiritish mumkin:



    • matnli;

    • sonli ifodalar;

    • formulalar.

    Matnli ma’lumotlar sarlavha, belgi, izohlarni o‘z ichiga oladi. Sonli ifodalar bevosita jadval ichiga kiritiladigan sonlardir.

    Formulalar—kiritilgan sonli qiymatlar bo‘yicha yangi qiymatlarni hisoblaydigan ifodalardir.


    Formulalar har doim «=» belgisini qo‘yish bilan boshlanadi. Formula yacheykaga kiritilgandan keyin shu formula asosida hisoblanadigan natijalar yana shu yacheykada hosil bo‘ladi. Agar shu formulada foydalanilgan sonlardan yoki belgilardan biri o‘zgartirilsa, EXCEL avtomatik ravishda yangi ma’lumotlar bo‘yicha hisob ishlarini bajaradi va yangi natijalar hosil qilib beradi.
    EXCELning asosiy ishlov berish ob‘ekti hujjatlar (dokumentlar) hisoblanadi. EXCEL hujjatlari (dokumentlari) ixtiyoriy nomlanadigan va.XLS kengaytmasiga ega bo‘lgan fayllardir. EXCELda bunday fayllar
    «Ishchi kitob» deb ataladi. Har bir «Ishchi kitob» ixtiyoriy sondagi elektron jadvallarni o‘z ichiga olishi mumkin. Ularning har biri «ishchi varaq» deb ataladi. Har bir ishchi varaq o‘z nomiga ega bo‘ladi. Ishchi kitobni hosil kilish uchun MS EXCEL dasturini ishga tushirish zarur. Ishchi kitobning tarkib elementlaridan biri ishchi varaq, ya’ni elektron jadval hisoblanadi.
    Elekron jadvalning asosiy elementlari esa yacheyka va diapazonlardir.

    • YAcheyka — bu jadvaldagi manzili ko‘rsatiladigan hamda bir qator va bir ustun kesishmasi oralig‘ida joylashgan elementdir. Yacheyka kesishmalarida hosil bo‘lgan ustun va qator nomi bilan ifodalanadigan manzili bilan aniqlanadi. Masalan, B—ustun, 5—qator kesishmasida joylashgan yacheyka—B5 deb nom oladi. Yacheykaga sonli qiymatlar, matnli axborotlar va formulalarni joylashtirish mumkin.

    Bir necha yacheykalardan tashkil topgan guruh diapazon deb ataladi. Diapazon manzilini ko‘rsatish uchun uni tashkil etgan yacheykalarning chap yuqori va o‘ng quyi yacheykalar manzillari olinib, ular ikki nuqta bilan ajratilib yoziladi. Masalan: E1:H3
    Ishchi jadvallarni ko‘rib chiqishda yoki yacheykalarni formatlashda ish olib borayotgan diapazonning manzilini bilish shart emas, lekin formulalar bilan ishlayotganda bu narsani bilish kerak bo‘ladi.



        1. Ish olib borilayotgan jadvalning barcha yacheykalarini ajratib ko‘rsatishuchun sichqoncha tugmasini bosgan holda sichqonchani harakatga keltirish kerak.

        2. Ustunlar sarlavhasi. Jadvaldagi barcha mavjud 256 ustunlar lotin alifbosining bosh harflari bilan belgilanadi va u A

    dan boshlab IV gacha belgilanib boriladi. Boshqacha aytganda, A dan Z gacha, keyingi ustunlar AA, AV,.....,AZ, BA,...,BZ, va


    oxirgi 256-ustun IV deb belgilanadi. Biror ustunning barcha yacheykalarini belgilab olish uchun ustun sarlavhasi ustida sichqoncha tugmasini bosish kerak.



        1. Faol yacheyka indiqatori. Bu kora rangdagi kontur bo‘lib, joriy yacheykani ajratib ko‘rsatib turadi. Ayrim xollarda u jadvallar kursori deb ham ataladi.




        1. qatorlar tartibi. Ishchi jadvalning har bir qatori tartib raqamiga ega bo‘lib, u 1 dan to 65536 gacha raqamlanadi. Bu qatorlarning keragini tanlab olish sichqoncha yoki klaviaturadagi tugmalar majmuini bosish orqali amalga oshiriladi.



        1. Varaqlarning yorlig‘i. Bu yorliqlarning har biri yon daftarchaning yorlig‘iga o‘xshash bo‘lib, ishchi kitobning alohida varaqlari sifatida karaladi. Ishchi kitob ixtiyoriy sondagi varaqlardan iborat bo‘lishi mumkin. Har bir varaqning nomi bo‘ladi va u varaq yorlig‘ida ko‘rsatib qo‘yiladi.




    1. Yangi ishchi kitob hosil qilish. EXCEL dasturi ishga tushirilgandan so‘ng avtomatik ravishda yangi Ishchi kitob

    15-Mavzu: Microsoft Power Point dаsturi


    Microsoft Power Point dаsturi 1987 yildаn bоshlаb pаydо bo‘lgаn bo‘lsа hаm, аmmо prеzеntаtsiоn grаfik ishlаridа еtаkchi o‘rin tutаdi. Bu dаsturning kеyingi vеrsiyalаridа esа shu dаsturgа yangi ko‘shimchа fikrlаr vа prеzеntаtsiyalаrni qo‘llаshning yangi usullаri ishlаb chiqildi. Microsoft Power Point dаn fоydаlаnа- yotgаn hаr bir fоydаlаnuvchi hоh u yangi ish bоshlоvchi bo‘lsа, hоh tаjribаli bo‘lishidаn qаt`iy nаzаr, ushbu dаsturgа kiritilgаn yangi usullаrni yuqоri dаrаjаdа bаhоlаydi.

    POWER POINT DASTURI BILAN ISHLASH


    Power Point dasturi Microsoft Оffice dasturlar to‘plamiga kiruvchi dastur hisoblanib, prezentatsiya yaratish va namoyish qilish uchun ishlatiladi. Bu dastur o‘zida matnlar (so‘zlar), rasmlar, animatsiya effektlari, ovoz, videokliplar va h.k.lardan iborat bo‘lgan slaydlar hosil qilish imkoniyatini beradi.
    Prezentatsiya – namoyish ma’nosini beradi va biror bir xizmat yoki mahsulotning namoyishini anglatadi. Prezentatsiya bir yoki bir nechta ketma-ket slaydlardan tashkil topadi.Slayd – bu matn yoki grafika joylashtirilgan varaq.
    Power Point dasturini «Пуск»  «Программы»  «Microsoft Ofifice» «Microsoft Power Point» menyusini tanlash bilan ishga tushirish mumkin.

    1.2-rаsm. Power Point dаsturini ishgа tushish hоlаti.
    Windows ning ish stоligа Power Point bеlgisi (yarlik) jоylаshtirilsа, Power Point ni yuklаsh аnchа tеz аmаlgа оshirilishi mumkin.
    Power Point dasturida yozilgan fayllar «.Ppt» kengaytkichi bo‘yi- cha saqlanadi. Bu dastur ham Microsoft Office dasturlar to‘plamining bоshqа dаsturlаri singаri ko‘rinishgа egа bo‘lib, menyular qatori, аsbоblаr pаnеli, slаydning ko‘rinishidаn ibоrаt


    1. Mavzu: Kompyuter tarmoqlari haqida umumiy ma’lumot.

    Reja:


    1. Kompyuter tarmoqlari

    2. Kompyuter tarmoqlari turlari

    3. Kompyuter tarmoqlarining tuzilishi

    Tayanch so‘z va iboralar: network, mijoz, LAN, Local Area Network, server, bir rutbali tarmoq, fayl-server, papka, ma’murlash .


    Tarmoq (network) – bu ikkita va undan ortiq kompyuterlar guruhi bo‘lib, o‘zining apparat va dasturiy resurslaridan birgalikda foydalanish imkonini beradi. Tarmoqning bir necha turlari mavjuddir: ikkita o‘zaro ulangan kompyuterlardan tashkil topgan tarmoqlar va turli shahardagi kompaniya ofislarini birlashtiruvchi tarmoqlar. Bitta ofis yoki bitta binoda joylashgan kompyuterlarni birlashtiruvchi tarmoq lokal tarmoq (Local Area Network – LAN) deyiladi. Lokal tarmoqning mijoz-server va bir rangli (peer-to-peer –teng huquqli) kompyuterlarning ulanish sxemasiga asoslangan turlari mavjuddir.
    Mijoz-server tarmog‘i. Mijoz-server tarmog‘ida har bir Kompyuter faqat bitta vazifani: yoki server vazifasini, yoki mijoz vazifasini bajaradi. Server o‘z resurslarini tarmoqning hamma mijoz kompyuterlariga taqdim qilish uchun mo‘ljallangan. Tarmoqning boshqa kompyuterlari mijoz vazifasini bajaradi

    Download 1.65 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 1.65 Mb.