• 8-Mavzu: Raqamli axborot va matnni qayta ishlash texnologiyasi
  • Mavzu: Operatsion tizimda ishlash




    Download 1.65 Mb.
    bet4/8
    Sana06.12.2023
    Hajmi1.65 Mb.
    #112353
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    axborot tex ma`ruza
    hisob2, 3 amaliy, 2 amliy, Amaliy mashg’ulot №1 avtomatlashtirilgan zamonaviy mexatronika v, 8-mart (Кириллча)

    Mavzu: Operatsion tizimda ishlash.


            1. Operatsion tizimda ishlash.

            2. Operatsion tizim turlari .

            3. Operatsion tizimi tavsifi.

    Tayanch so‘z va iboralar: WINDOWS 3.0 , MS-DOS, WINDOWS-95,

    WINDOWS-98, WINDOWS-2000, vazifalar satri, ko‘rsаtkichlаr sоhаsi, pusk menyusi. Operatsion sistemalarning rivojlanishi foydalanu- vchining turli talablari asosida xotirada kam joy egallaydigan, kompyuter ichki resurslarini optimal boshqaradigan va bir vaqtda bir necha xil dasturlarning ishlashini ta’minlay oladigan sistemalarning yaratilishiga olib keldi. Natijada 1990 yilda WINDOWS 3.0 dasturlar tizimi yaratildi. Uning asosiy afzalligi bir vaqtda bir nechta dasturlar bilan ishlash imkoniyatidir. WINDOWS 3.0 to‘la jadval rejimda ishlashi foydalanuvchining kompyuter bilan muloqatini engillashtirdi. Lekin u MS-DOS operatsion sistemasi boshqaruvida ishga tushirilishi sababli mustaqil operatsion sistema emas, balki grafik muxit sifatida tan olindi. 1995 yilning sentyabr oyida IBM PC kompyuterlari uchun ishlab chiqilgan WINDOWS-95 birinchi grafik operatsion sistema bo‘ldi.


    "WINDOW" inglizcha so‘z bo‘lib, o‘zbekchada "oyna", "lavha" deb, WINDOWS so‘zi esa "oynalar", "lavhalar" deb tarjima qilinadi. Mazkur


    sistemaning boshqalardan farqli tomoni shundaki, uning yordamida bir vaqtda ham matnli, ham grafikli, ham hisob-kitobli, ham turli boshqaruv dasturlarini ishlatish imkoniyati mavjud. Shu bois uni gohida integrallashgan sistema, deb ham ataydilar. Foydalanuvchi uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan bunday operatsion sistemaning yaratilishi jadallik bilan texnik qurilmalarni rivojlanishiga va shaxsiy kompyuterlarni keng omma tomonidan qo‘llanilishiga olib keldi. WINDOWS dasturining o‘zi qisqa vaqt ichida bir necha variantda yaratildi. 1998- yilning yozida yaratilgan WINDOWS-98 yuqori darajadagi ishonchliligi, bezagining yaxshilanganligi, o‘z-o‘zini "tuzatish" va rivojlantirish uchun maxsus vositalari mavjudligi bilan ajralib turadi. Kompyuterlarning jadallik bilan rivojlanishi va operatsion sistemalarga qo‘yilayotgan talabning ortib borishi 1999 yil oxiriga kelib WINDOWS- 2000 operatsion sistemasining yaratilishiga olib keldi. U kompyuter resurslaridan yanada to‘laroq foydalanish imkonini berdi. Foydalanuvchining ixtiyoriga ko‘ra WINDOWS sistemasi tarkibiga boshqa dasturlarni ham kiritish mumkin. Xozirda WINDOWS sistemasi tarkibida ishlashga mo‘ljallangan juda ko‘p maxsus dasturlar majmuasi yaratilgan va yaratilmoqda. Masalan Microsoft Office dasturlar tizimi ixtiyoriy korxona ish yuritishida foydalananadigan hujjatlarni tayyorlash, turli xisob-kitob ishlarini va boshqa o‘nlab amallarni bajarish imkonini beruvchi dasturlarni o‘z ichiga oladi. WINDOWS sistemasining afzalliklaridan yana biri shundaki, u bir muxitda ishlaydigan dasturlar o‘rtasida ma’lumot almashinishi va uning sifatli bo‘lishini ta’minlaydi. Windows muhiti fоydаlаnuvchilаr uchun qulаy, ko‘pginа imkоniyatlаrgа egа bo‘lgаn dаstur bo‘lib, MS DOS ОT ning imkоniyatlаrini sеzilаrli dаrаjаdа kеngаytirаdi. Windows dаsturlаridа fаyl vа kаtаlоglаrning nusxаsini оlish, ko‘chirish, qаytа nоmlаsh, o‘chirish vа bоshqа аmаllаrni tеzdа vа yaqqоl bаjаrish mumkin. Hаr bir bаjаrilаyotgаn аmаllаr ekrаndа grаfik rаvishdа tаsvirlаnаdi. Bundаn tаshqаri Windows ОT bilаn ishlаgаndа bir vаqtning o‘zidа bir nеchа mаsаlаlаrni еchish, ixtiyoriy printеrvа displеy, MS DOS dаsturlаri bilаn ishlаsh qоbiliyatigа egа.
    Bоshqа оpеrаsiоn tizimlаrgа o‘xshаb Windows dаsturi hаm kоmpyutеr xоtirаsigа kоmpyutеr yoqilish vаqtidа аvtоmаtik rаvishdа yuklаnаdi.

    Windows yuklаngаndаn kеyin ekrаnning аsоsiy ko‘rinishi hаvоlа qilinаdi. Ekrаnning аsоsiy qismlаri:


    Ish stоli - ekrаnning bo‘sh sоhаsi.

              1. Pаpkа vа Yorliqlаr - hаr xil dаsturlаr vа fаyllаrning bеlgilаri, ulаr yordаmidа shu dаsturlаr ishgа tushirilаdi yoki shu fаyllаr оchilаdi;

              2. Dаstur оynаlаri - dаstur bаjаrilаdigаn оynа;

              3. Pusk mеnyusi - Windowsning аsоsiy dаsturlаri vа buyruqlаri jоylаshgаn mеnyusi.

              4. Vаzifаlаr sаtri - аktiv dаsturlаr vа fаyllаr nоmlаrini ko‘rsаtuvchi tugmаlаr jоylаshаdi vа ulаr yordаmidа biridan ikkinchisiga tеzkоr o‘tish tа`minlаnаdi;

    Ko‘rsаtkichlаr sоhаsi - vаqt vа kun hаqidа mа`lumоtlаr, klаviаturа, til stаndаrti, tоvush bаlаndligi, printеr, ekrаn vа bоshqа qurilmаlаr hаmdа hаr xil dаstur bеlgilаri jоylаshаdi, ulаr yordаmidа shu qurilmаlаr xususiyatlаrini yoki shu dаsturlаr ishlаsh hоlаtlаrini o‘zgаrtirishimiz mumkin. Windows dаsturidа hаmmа dаstur, pаpkа vа fаyllаr аlоhidа o‘zining оynаsidа bаjаrilаdi. Оynа - bu ekrаnningchеgаrаlаngаn to‘rtburchаk sоhаsi. Windows ОT vа uning dаsturlаri quyidаgi imkоniyatlаrgа egа: fоydаlаnuvchigа zаmоnаviy grаfik mulоqоtni tаvsiya etаdi; fоydаlаnuvchi turli kоmpyutеr dаsturlаri bilаn ishlаshidа yagоnа mulоqоt vоsitаsini yo‘lgа qo‘yadi; bоshqа оpеrаsiоn tizimlаr (mаsаlаn, MS DOS) bilаn ishlаgаndа uning ishini to‘lаligichа tа`minlаydi; bir vаqtning o‘zidа bir nеchtа vаzifаlаrni bаjаrаdi, hоhlаgаn vаqtdа bir dаsturdаn ikkinchisigа o‘tishni tа`minlаydi; kоmpyutеrdа mаvjud оpеrаtiv xоtirаdаn unumli fоydаlаnishgа erishаdi; bir dаsturdаn bоshqа dаsturgа mа`lumоtlаr аlmаshinuvini tа`minlаy оlаdi vа bоshqаlаr. Windows ish stоlidа pаpkа, yorliqlаr vа hаr-xil mаxsus bеlgilаr jоylаshаdi. Yorliq - bu diskdа jоylаshgаn fаyl yoki dаsturgаchа yo‘llаnmа. Bu yo‘llаnmаgа sichqоnchаni ikki mаrtа bоsish yordаmidа kirsаk, kоmpyutеr yo‘llаnmаgа mоs fаyl yoki dаsturni оchib bеrаdi. Bittа fаyl yoki dаstur bir nеchtа yorliqlаrgа egа bo‘lishi mumkin. Mаxsus yoki ish stоlninng аsоsiy pаpkаlаri - bu Windows dаsturi ustidаn hаr-xil аmаllаrni bаjаruvchi mаxsus dаsturlаrgа yo‘llаnmа.


    8-Mavzu: Raqamli axborot va matnni qayta ishlash texnologiyasi

    Reja:


    1. Raqamli axborot.

    2. Matnni qayta ishlash dasturlari

    3. Matnni qayta ishlash

    Tayanch so‘z va iboralar: Word ADP, MS Office ADP, Sentrovka po shrine, Vneshnыye granise – Abzas, Oriyentasiya, Predvaritelnыy prosmotor Bosma, matn muharrirlari.


    Matnni qayta ishlash texnologiyalarini uskunaviy va dasturiy vositalarga ajratishimiz mum-kin. Shulardan biz bugungni kunda eng ommalashgan dasturlardan biri matn muharrirlari haqida fikr yuritamiz.

      1. Matn muharrirlari haqida umumiy tushuncha Bugungi kunda matnli hujjatlarni tayyorlashda ommabop bo‘lgan dastur Microsoft Word dasturi bo‘lib, u matn prosessori deb ham ataladi. Haqiqatdan ushbu dastur o‘zining juda keng imkoniyatlari tufayli o‘z sinfining matn prosessorlari orasida foydalanuvchi standartiga aylandi. Word prosessorining asosiy vazifasi matnli hujjatlarni yaratish va tahrirlashdir.

    Ammo shu bilan birga Word ADP(amaliy dasturlar paketi) hujjatga grafik ob‘ektlar, jadvallar, diagrammalar, giperbog‘lovlar joylashtirish kabi keng imkoniyatlarga ega. Word ADPi o‘zi-dagi ko‘rsatkichlar, mundarijalar, kolontitullar yaratish vositalari mavjud bo‘lganligi tufayli katta hajmdagi hujjatlar bilan ishlashda qulaylik yaratadi. MS Office ADPga kiruvchi barcha amaliy dasturlardagi kabi Microsoft Word dasturida ham tizimli menyular to‘plami mavjud bo‘lib, u oltita buyruqni bajaradi Microsoft Word dasturini sozlash. Word ADPni sozlash uchun
    «Servis» menyusining «Nastroyka» punktini tanlash lozim.
    «Nastroyka» - oynada uchta sahifa mavjuddir:
    «Paneli instrumentov» - (uskunalar paneli),
    «Komandы» - (menyu amallari),
    «Parametrы» - (menyu parametrlari).
    1. Fayl menyusi komandalarining mazmuni:
    Sozdat - Yangi, ilgari mavjud bo‘lmagan hujjatni yaratish (tayyor shablondan foydalanib).
    Otkrыt - Mavjud bo‘lgan (ilgari yaratilgan) hujjatni ko‘rish yoki o‘zgartirish uchun ochish
    Zakrыt - Ekranda ochik bo‘lgan hujjatni berkitish.
    Soxranit - Ekranda ochiq bo‘lgan hujjatni saqlash
    Soxranit kak - Ekranda ochiq bo‘lgan hujjatni saqlash yangi nom ostida saqlab kuyish yoki boshqa bir katalogga joylashtirish.
    Soxranit v formate NTML - Ekranda ochiq bo‘lgan hujjatni xotiraga gipertekst ko‘rinishida saqlab qo‘yish.
    Versii - Ekranda ochiq bo‘lgan hujjatni yangi versiyasini saqlash. Parametrы stranisы - Ishchi sahifasini formatlashga oid parameter-lardan iborat dialog oynasini hosil qilish.
    Predvaritelnыy prosmotor Bosmaga tayyorlangan xujjatni sahifaga joylashishini oldindan qurish.
    Pechat - Faylni bosmaga chiqarishga oid parametrlardan iborat dialog oynasini xosil qilish.
    Otpravit - Faylni boshqa kompyuterga jo‘natish Svoystva - Fayl haqida ma’lumotlar saqlash
    Word ADPi ishga tushgandan so‘ng, matn kiritishdan oldin qog‘oz turini, uning abzaslari va matn hoshiyalarini tanlab olish zarur.
    Buning uchun fayl menyusining «Parametrы stranisы» punktini tanlaymiz. Hosil bo‘lgan muloqot oynasida «Polya», «Razmer bumagi» va «Istochnik bumagi» sahifalari mavjuddir.
    «Polya» — hoshiyani o‘rnatish uchun foydalaniladi, bunda
    «Verxneye» – tepadan qancha santimetr tashlanishi lozimligi, «Nijnыye»
    – pastdan, «Levoye» – chapdan, «Pravoye» – o‘ngdan, «Oriyentasiya» – hujjatni qanday
    ko‘rinishda bo‘lishi («knijnaya» – kitob shaklida,
    «albomnaya» – albom shaklida) ko‘rsatiladi.
    «Razmer bumagi» — qog‘oz o‘lchamini ko‘rsatish uchun foydalani- ladi, u orqali «Razmer bumagi» maydonidan qog‘oz o‘lchamini,
    «Shirina» maydonidan esa qog‘oz kengligini va «Vыsota» maydonidan qog‘oz uzunligini kiritishimiz mumkin. «Istochnik bumagi» sahifasida bo‘limlar ko‘rsatiladi.
    3. Microsoft Word muharririda matnni formatlash imkoniyatlari



    1. Stil - Matn stilini o‘zgartirish

    2. Shrift - Matn shriftini o‘zgartirish

    3. Razmer - Matn shrift kattaligini o‘zgartirish

    4. Efekt nachertaniya - Qalin xarflar holatiga o‘tish yoki undan chiqib ketish

    5. Efekt nachertaniya - Qiyshik xarflar holatiga o‘tish yoki undan chiqib ketish

    6. Efekt nachertaniya - Chiziqli xarflar holatiga o‘tish yoki undan chiqib ketish

    7. Sentrovka po levomu polyu - Matnni (kursor turgan abzasni) chap chegara bo‘yicha tekkislash

    8. Sentrovka po sentru - Matnni (kursor turgan abzasni) markaz bo‘yicha tekkislash

    9. Sentrovka po pravomu polyu- Matnni (kursor turgan abzasni) ung chegara bo‘yicha tekkislash

    10. Sentrovka po shrine - Matnni (kursor turgan abzasni) ikkala tomon chegaralari bo‘yicha tekkislash

    11. Spisok - Rakamli ro‘yxat ko‘rinishiga o‘tqazish yoki undan chiqib ketish

    12. Spisok - Belgili ro‘yxat ko‘rinishiga o‘tqazish yoki undan chiqib ketish

    13. Abzas - Abzasni tashqariga chiqarish

    14. Abzas- Abzasni ichkariga tortib olish

    15. Vneshnыye granise - Abzas chegaralarini ramka bilan belgilash.

    16. Vыdeleniye svetom - Tanlangan matn tagini rang bilan buyash

    17. Svet shrifta - Tanlangan matn xarflar rangini o‘zgartirish

    «Format» menyusining «Spisok» bandini tanlab, ma’lumotlarni raqamlar yoki tanlangan belgi yordamida tartiblab yozishimiz mumkin

    Download 1.65 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 1.65 Mb.