• 10-Mavzu: Armaturaning fizik-mexaniq xossalari Reja
  • 1-Mavzu: Bino inshootlar konstruksiyalarini xisoblash va loyixalash tartibi. Reja




    Download 3,12 Mb.
    bet25/69
    Sana23.11.2023
    Hajmi3,12 Mb.
    #103821
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   69
    Bog'liq
    ~WRD1054 (1)

    konstruksiyaning afzalliklari :
    mustahkam,uzoqga chidamli, olov bardosh,zilzila bardosh,maxalliy xom-ashyolardan foydalanish imkoniyati,konstruksiyaga istalgan shakil berish imkoniyati, mustahkamligini yildan yilga ortib borishi
    konstruksiyaning nuqsonlari :
    vaznining og‘irligi, issiq va tovushning o‘tkazishi,mustahkamlash va tuzatishning qiyinligi, yoriq paydo bo‘lishi
    Temirbeton konstruksiyalarning ishlatilish soxalari :
    Sanoat, ma’muriy va turarjoy binolari,ko‘priklar, tunellar, maxsus inshootlar, gidrotexnik inshootlar, fazoviy konstruksiyalar va boshqalar.


    10-Mavzu: Armaturaning fizik-mexaniq xossalari

    Reja:

    1. Armaturalar tavsifi.

    2. Armaturaning fizik-mexaniq xossalari.

    3. Armaturalash usullari.

    Po‘lat sterjenli armatura hisoblash yo‘li bilan hamda konstruktiv yoki ishlab chiqarish talablari asosida betonga joylashtiriladi. Armatura temirbeton konstruksiyalarida cho‘ziluvchi kuchni qabul qilish va betonning siqilgan qismini kuchaytirish uchun qo‘llaniladi. Armaturalar ishlatilishiga ko‘ra: ishchi, konstruktiv, montaj armaturalariga bo‘linadi. Ishchi armatura hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi (cho‘ziluvchi yoki siqiluvchi kuchini qabul qilish uchun). Montaj armaturasi ishchi armaturani loyihada ko‘rsatilgan holatdagi joyini belgilash uchun, karkas bilan birlashtirish uchun qo‘yiladi. Betonda hisobda e’tiborga olinmagan kirishish va tobtashlash, hamda temperaturaning o‘zgarish kuchini hisobga olish uchun konstruktiv (yoki taqsimlovchi) armatura armaturalar o‘rtasida kuchlanishni bir xil taqsimlash uchun qo‘yiladi. Ishchi va konstruktiv armatura montaj armatura vazifasini ham bajarishi mumkin.


    Temirbeton konstruksiyalarida qo‘llaniladigan armaturalar quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi:
    -tayyorlash texnologiyasiga ko‘ra qizdirib prokatlangan va sovuqlayin cho‘zilgan;
    -yuza shakli silliq va davriy profilli;
    -qo‘llash usuli oddiy va zo‘riqtirilgan.
    Shuni alohida ta’kidlash joizki, temirbeton konstruksiyalarida davriy profili sterjenli armaturalar keng qo‘llaniladi. Davriy profili armaturani 1889 yilda F.Ransen (AQSh) ixtiro qildi. Armatura sirtining davriy profili shakli (ya’ni uning g‘adir-budurligi) uning beton bilan yopishuvini yanada oshiradi, bu esa o‘z navbatida, beton cho‘zilishga ishlaganida, yoriqlarning kengayishini kamaytiradi, armaturani betondagi mustahkamlashi bo‘yicha maxsus choralar ko‘rishdan xalos etadi. Sterjenli va simli armaturalar egiluvchan armatura deyiladi. Ayrim xollarda egiluvchi armaturadan tashqari egilmaydigan bikir yuk ko‘taruvchi armaturalardan ham foydalaniladi (shveller, qo‘shtavr va b).
    Armatura po‘latlari mexaniq xususiyatlariga ko‘ra yumshoq yoki qattiq bo‘ladi. Yumshoq po‘lat plastik va ma’lum darajada (25% gacha) uzayish xususiyatiga ega. Ma’lumki, po‘latning asosiy fizik-mexaniq xossalari armaturani cho‘zishga sinash jarayonida olinadigan «kuchlanish-deformatsiya» s - s diagrammasidan aniqlanadi.
    Yumshoq po‘lat uchun kuchlanish va deformatsiya orasidagi chiziqli va oqish chegarasining aniqligi o‘ziga xosdir. Oquvchanlik chegarasi uchun qo‘llaniladigan kuchlanishi-u bunday holatda namunada kuchlanishni oshirmay turgan xolda deformatsiya ortadi. Uzilishdagi vaqtinchalik qarshilik-u namunani uzilishiga olib keladigan kuchlanish.Yumshoq po‘latning oquvchanlik chegarasi u 200-400 MPa, vaqtinchalik qarshiligi esa u 380-600 MPa ga teng.
    Armaturaning mustahkamligini oshirish va uzilishdagi uzayishini kamaytirish uchun o‘tda toblash yoki mexaniq ishlov berish yoki tarkibiga marganes, kremniy, xrom va boshqa qo‘shimchalar qo‘shish orqali erishiladi.
    Armatura po‘latini o‘tda toblash, ya’ni termik mustahkamlash qizdirish (800-900°S gacha qizdirish va moyda tez sovutish) va yana qisman qizdirish (300-400°S gacha qizdirish va asta sovutish) orqali bajariladi. Termik toblangan po‘latlarda shartli oqish chegarasi plastik zona tarafiga qarab asta-sekin yuqoriga ko‘tariladi. Xuddi shunday holat «s - s» diagramma yuqori aralashmali (yuqori legirlangan) armatura po‘latlari uchun ham xosdir. Bunday po‘latlarda aniq ko‘rinadigan oqish maydonchasi yo‘q. Ular uchun oquvchanlikning shartli chegarasi kuchlanish -0,2 deb belgilanadi, bunda qoldik deformatsiya 0,2% ga teng. Bunda po‘latning uzilishdagi uzayishi shartli oquvchanlik chegarasida uzayishi 8% ni tashqil etadi,
    0,2 6001000 MPa; u 9001200 MPa.
    Po‘latni mexaniq usulda mustahkamligini oshirish uchun (sovuq xolda cho‘zish) ichki kristall to‘r tuzilishi holatini o‘zgarishiga bog‘liq bo‘ladi. Po‘latni k- kuchlanishgacha uzaytirilganda, u dan ortishi proporsionallik chegarasini ko‘tarilishiga olib keladi. Takroriy cho‘zishda kuchlanishning yangi oqish chegarasi sun’iy ravishda orttirilgandek bo‘lib qoladi. Natijada, mustahkamligi oshirilgan oddiy sim armatura olinadi. Ko‘p karrali cho‘zish po‘latni mexaniq mustahkamligini oshirishning boshqa turi hisoblanadi, ya’ni unda «s - s» nisbati uzilishgacha chiziqli bo‘lib qoladi, bunda mustahkamlik chegarasi anchaga uzayadi. Bunday texnologiya asosida mustahkamligi yuqori bo‘lgan armaturali sim olinadi. Qattiq po‘latlarning eng ko‘p uzayishi 4-6% ni tashqil etadi, oddiy armaturalar uchun u 380550 MPa bo‘lsa, yuqori mustahkam armatura uchun esa u 13001900 MPa tashkil etadi.
    Armaturalarning elastiklik xususiyati elastik moduli bilan xarakterlanadi va u 0,15 dan 0,4 gacha oraliqda bo‘ladi.
    Temirbeton konstruksiyalarini yuk ta’sirida me’yorda ishlashi uchun hamda armatura ishlarini mexanizatsiyalash uchun uning plastiklik xususiyati, charchash natijasida yemirilishi va boshqa holatlari katta ahamiyatga ega. Po‘latning plastiklik xossasini kamayishi armaturani mo‘rt uzilishiga olib keladi. O‘tda toblangan yoki tortish bilan mustahkamlangan po‘lat armaturalarni payvandlash mumkin emas, negaki bunda mustahkamlik o‘z samarasini yo‘qoladi.
    Shuni alohida ta’kidlash joizki, seysmik rayonlar uchun armatura po‘latlarini plastik xususiyatlari alohida ahamiyatga ega, negaki plastiklik xossasi, masalan statik noaniq konstruksiyalarda kuchlanishni tekis taqsimlash imkonini beradi.

    Download 3,12 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   69




    Download 3,12 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Mavzu: Bino inshootlar konstruksiyalarini xisoblash va loyixalash tartibi. Reja

    Download 3,12 Mb.