-Mavzu: Beton va armaturaning me’yoriy va hisobiy qarshiliklari




Download 3,12 Mb.
bet28/69
Sana23.11.2023
Hajmi3,12 Mb.
#103821
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   69
Bog'liq
~WRD1054 (1)

10.2-Mavzu: Beton va armaturaning me’yoriy va hisobiy qarshiliklari

Reja:

  1. Betonlarning mustahkamlik va deformativ xarakteristikalari.

  2. Po‘lat armatura va kanatlarning mustahkamlik va deformativ xarakteristikalari.

Betonning mustahkamlik xarakteristikasi o‘zgaruvchan kattalik hisoblanadi. Hatto bir beton qorishmasidan tayyorlangan namunalar sinalganda ular turli mustahkamlikka ega bo‘lib, bu esa uning tarkibini bir xil emasligi va sinash sharoitining har xilligi bilan izohlanadi. Konstruksiyadagi beton mustahkamligini o‘zgaruvchanligiga uskuna sifati, ishchilarning malakasi, beton turi, qotish sharoiti va boshqa omillar ta’sir qiladi. Shuning uchun konstruksiyaning yetarli ishonchliligini ta’minlashga ma’lum sinfidagi beton uchun shunday mustahkamlik qiymati belgilanishi kerakki, u ko‘p holatlarda talab qilingan konstruksiya mustahkamligidan kam bo‘lmasin. Beton mustahkamlik xarakteristikasi umuman ma’lum xarakterga ega bo‘lib, u extimollik-statistik qonunlariga bo‘ysunadi. Hisob ishlarida betonning mustahkamlik xarakteristikasini aniqlashda ehtimollik nazariyasi usulidan foydalaniladi. Ammo konstruksiyani tayyorlashda beton qorishmasini tashishda, betonni quyishda, shibbalashda, qotish jarayonida va boshqa ko‘prina omillar betonning mustahkamligiga ta’sir ko‘rsatadi, bu esa o‘z navbatida me’yoriy qiymatdan ma’lum miqdorga farq qilishiga olib keladi. Bu farqlarni statistik yo‘l bilan to‘liq hisobga olishning imkoni yo‘q. Shuning uchun, betonning mustahkamligidagi farqi b ishonchlilik koeffitsienti orqali hisobga olinadi va betonning me’yoriy qarshiligiga bo‘linadi. Konstruksiyaning mustahkamligi betonni siqishga bo‘lgan Rbn prizma mustahkamligi bo‘yicha baholanadi. Unda betonning hisobiy qarshiligi chegaraviy holatning birinchi guruxi bo‘yiga quyidagi formula orqali aniqlanadi.


, (22.1)
bunda: bs=1,3 - betonni siqishdagi ishonchlilik koeffitsienti;
bt=1,5-betonni cho‘zishdagi ishonchlilik koeffitsienti.
Betonning cho‘zilishdagi mustahkamligi siqishdagi mustahkamligini orqali empirik formula bo‘yicha aniqlanganda uning miqdori siqishdagi mustahkamligiga qaraganda katta o‘zgaruvchanlikka ega, negaki unga formulaning noaniqligi ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun cho‘zilishga bo‘lgan mustahkamlik koeffitsienti -bt, koeffitsient bc qiymatidan katta bo‘ladi.
Chegaraviy holatni ikkinchi guruhi bo‘yicha betonning hisobiy qarshiligi
b=l( bC=bt=l) me’yoriy qiymatiga teng deb qabul qilinadi: Rb,ser=Rbn; Rbt,ser=Rbtn
Bunda, konstruksiya ishonchliligini ta’minlash uchun hisobga kiritilgan zahira omili bo‘lib hisoblanadi.
Betonning hisobiy va me’yoriy qarshiliklari Rb; Rbt; Rb.ser Rbt,ser va Eb 9.1-jadvalda keltirilgan.
Chegaraviy holatning birinchi guruxi bo‘yicha temirbeton konstruksiyasini hisoblashda betonning hisobiy qarshiligi, ishlash sharoiti koeffitsient -bi bilan birgalikda hisobga olinadi va u 1<bi<1 bo‘lishi mumkin, ular betonga turli omillar ta’sirida mustahkamligini o‘zgarishini hisobga oladi. Masalan: bi=0,5...1,0-ko‘p takrorlanadigan yuk ta’siri oqibatida. Bu koeffitsient betonni chidamlilikka hisoblashda foydalaniladi. b2=0.85...1.0 konstruksiyaning mustahkamlikka hisoblashda ishlatiladi. b2 koeffitsienti betonning vaqtincha va uzoq muddatli qarshiligi orasidagi farqni hisobga oladi. Bu farq eksperimentlarning ko‘rsatishi bo‘yicha 20... 25% ga yetadi. Bundan tashqari, koeffitsient qiymatiga beton mustahkamligini ortib borishi va uning tarkibi ham ta’sir etadi:
b5=0,85 -ko‘ndalang kesimining yuzasi 30sm dan kam bo‘lmagan monolit ustunlar uchun.
b7=0,85-quyosh radiatsiyasi ta’siridan himoyalanmagan beton konstruksiyalar uchun. Bu koeffitsient Markaziy Osiyo hududi uchun juda muhim hisoblanadi. Bu mintaqada beton 500 S va undan ortiq darajada qiziydi natijada mustahkamligi kamayadi.
Ishlash sharoiti bo‘yicha koeffitsientlari bir-biridan qat’iy nazar qo‘llaniladi, ammo ularning qiymati 0,45 dan kam bo‘lmasligi kerak. Ishlash sharoiti bo‘yicha koeffitsientlari blb2b6b7b9b11 ma’lum hisobiy qarshiliklar Rb va Rbt hisobga olishda foydalaniladi. (4-ilova)
Rbt,ser aniqlashda b4 koeffitsienti, qolgan b3; b5; b8; b10; b12; koeffitsientlari esa faqat Rb ni aniqlashda ishlatiladi. Temirbeton konstruksiyasini hisoblashda chegaraviy holatning II guruxi uchun b=l koeffitsient qabul qilingan. Bunda qiya kesim bo‘yicha (b ≤ l) hisobga olinmaydi.
22.1 jadval
Betonlarning mustahkamlik va deformativ xarakteristikalari

Beton sinfini siqilish
dagi mustahkam ligi

Ikkinchi chegaraviy holat bo‘yicha hisoblashda betonning me’yoriy va hisobiy qarshiligi, MPa

Birinchi chegaraviy holat bo‘yicha hisoblashda betonning hisobiy qarshiligi, MPa

Betonning siqilishidagi boshlang‘ich elastiklik moduli, Yev 10-3 MPa

Siqilishda
Rbn,
Rb ser

Cho‘zilishda
Rbtn,
Rbt ser

Siqilishda
Rb

Cho‘zilishda Rbt

Tabiy holda qotganda

Issiqlik ta’siri ostida atmosfera bosimida ishlov berilgan holda

V 7,5

5,5

0,7

4,5

0,48

16

14,5

V10

7,5

0,85

6

0,57

18

16

V12,5

9,5

1

7,5

0,66

21

19

V 15

11

1,15

8,5

0,75

23

20,5

V 20

15

1,4

11,5

0,9

27

24,5

V 25

18,5

1,6

14,5

1,05

30

27

V 30

22

1,8

17

1,2

32,5

29

V 35

25,5

1,95

19,5

1,3

34,5

31

V 40

29

2,1

22

1,4

36

32,5

V 45

32

2,2

25

1,45

37,5

34

V 50

36

2,3

27,5

1,55

39

35

V 55

39,5

2,4

30

1,6

39,5

35,5

V 60

43

2,5

33

1,65

40

36

Armatura uchun ham xuddi betondagidek qarshilikning hisobiy tizilmasi qabul qilingan. Armaturaning me’yoriy qarshiligi Rsn sifatida mustahkam po‘lat armatura uchun qabul qilingan, davlat standartiga javob bera oladigan metallurgiya zavodlarida tekshirilganda ishonchlik darajasi 0,95 dan kam bo‘lmagan holatda bo‘lishi kerak. Bunda sterjenli armatura, yuqori mustahkam sim va arqonlar uchun shartli me’yoriy qarshiligi (0,2% nisbiy uzayish) oqish chegarasidan, oddiy armatura simlari uchun esa -0,75 uzilishdagi vaqtinchalik qarshiligidan olinadi.
Chegaraviy holatning birinchi guruxi uchun armaturaning cho‘zilishidagi hisobiy qarshiligi me’yoriy qarshiligini armatura bo‘yicha ishonchlilik koeffitsienti -s bo‘lish orqali aniqlanadi,

bunda, s armatura turiga va sinfiga bog‘liq, uning qiymati s=1,05...1,2 teng.
Armaturaning siqilishdagi qarshiligi Rsc nafaqat po‘lat armatura sinfiga, balki betonning siqilish darajasiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Uzoq vaqt davomida betonning tobtashlashi armaturadagi siqilish kuchining ortishiga olib keladi. Shuning uchun, hisob ishlarida ishlash sharoiti bo‘yicha koeffitsienti b2=0,9 deb olinadi.
Armaturaning hisobiy qarshiligi, chegaraviy holatining ikkinchi guruxi uchun me’yoriy qiymatga teng deb olinadi, agar armatura bo‘yicha ishonchlilik koeffitsienti s=l bo‘lsa.

Armaturaning Rsn; Rs,ser; Rsc va Es me’yoriy va hisobiy qarshiligi 9.2-jadvalda berilgan.
22.2-jadval
Po‘lat armatura va kanatlarning mustahkamlik va deformativ xarakteristikalari

Armatura
sinfi

Diametri

Armatura
ning me’yoriy
va hisobiy qarshiligi,
MPa

Armaturaning hisobiy
qarshiligi, MPa

L el as tik
lik
moduli,
MPa
Es105

Bo‘ylama va ko‘ndalang
armaturalarni qiya kesim
bo‘yicha egiluv
chi momentga hisoblash.

Ko‘ndalang armaturani
qiya kesim bo‘yicha
kesuvchi kuchga hisoblash

Cho‘zilishga

Siqi lishga

Sterjenli

A-I



6...40

235

225

175

225

2.1

A-P

10...80

293

280

225

280

2.1

A-III

6...8

390

355

285

355

3.0




10...40

390

365

295

365

2.0

A-IV

10...28

590

510

405

400

1.9

A-V

10...32

785

680

545

400

1.9

A-VI

10...28

980

815

650

400

1.9

A-IIIv

20...40

540

490

390

200

1.8

Simli

Bp-I

3,4,5

410,405,395

375,365,360

270,265,260

375.365.360

1.7

V-II

3...8

1490...1100

1240.. .915

990.. .730

400

2.0

Vr-II

3...8

1460…1020

1215...850

970...680

400

2.0

Arqonli

K-7

6...15

1450... 1295

1210.. .1080

965. ..865

400

1.8

K-19

14

1410

1175

940

400

1.8

Armaturaning ishlash sharoiti bo‘yicha koeffitsienti -si chegaraviy holatning birinchi guruhi bo‘yicha hisoblashda ishlatiladi, chegaraviy holatning ikkinchi guruxi bo‘yicha hisoblashda ishlash sharoiti bo‘yicha koeffitsienti si.... s9 qator omillarni hisobga oladi. Bunda po‘latning cho‘zilishdagi diagrammasini holati, konstruksiyaning tayyorlash texnologiyasiga ta’siri, ankerovka sharoitini va boshqa omillar ko‘zda tutilgan. Armaturaning ishlash sharoiti bo‘yicha koeffitsienti si=0,3....1,2 gacha olinadi.





Download 3,12 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   69




Download 3,12 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Mavzu: Beton va armaturaning me’yoriy va hisobiy qarshiliklari

Download 3,12 Mb.