|
1-Mavzu: Bino inshootlar konstruksiyalarini xisoblash va loyixalash tartibi. Reja
|
bet | 31/69 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 3,12 Mb. | | #103821 |
Bog'liq ~WRD1054 (1)To‘sinlar va ularni loyihalash. Temirbeton to‘sinlarning ko‘ndalang kesimlari turli shakllarga ega bo‘lishi mumkin. Bular ichida eng ko‘p tarqalganlari to‘g‘ri to‘rtburchak (26.3–rasm, a), tokchasi yuqorida joylashgan tavr (26.3–rasm, b) va qo‘shtavr (26.3–rasm, s) shaklli kesimlardir. Shular bilan bir qatorda tokchasi pastda joylashgan tavr (26.3–rasm, v), trapesiyasimon (26.3–rasm, g), ichi bo‘sh (26.3–rasm, j) va boshqacha shaklli kesimlar ham qo‘llanadi. Tavr shaklli kesimlar alohida to‘sinlarda ham, qovurg‘ali monolit yopmalarda ham uchraydi.
Ko‘ndalang kesimlar balandligi odatda to‘sin uzunligining 1=10 – 1=20 qismini, kengligi esa balandlikning 1=2 – 1=4 qismini tashqil etadi. Ko‘ndalang kesim o‘lchamlarini birxillashtirish maqsadida to‘sinning balandligi (agar h< 500 mm bo‘lsa) 50 mm va (h > 500 mm bo‘lsa) 100 mm ga karrali qilib olinadi; to‘sinning kengligi 100, 120, 150, 180, 200, 250 mm, davomi 50 mm ga karrali bo‘ladi.
Bo‘ylama ishchi armatura, ozgina himoya qatlami qoldirilgan holda, to‘sinning cho‘zilish zonasiga joylanadi. Qiya kesimlarda qarshilikni oshirish maqsadida ko‘ndalang armaturalar o‘rnatiladi. Bundan tashqari, ko‘ndalang armaturani mahkamlash va fazoviy karkas hosil qilish uchun to‘sinning siqilish zonasiga montaj armatura qo‘yiladi.
To‘sinlar asosan payvandlangan karkaslar bilan (26.4–rasm, a), ba’zi hollarda to‘qima karkaslar bilan (26.4– rasm, b) armaturalanadi. Payvand to‘rlardagi cho‘ziluvchi sterjenlar 2 tayanchga qadar olib boriladi, 3 sterjen oraliqda uzib qo‘yiladi. Montaj sterjenlari 1 va ko‘ndalang 4 sterjenlar qirquvchi kuchlarni qabul qiladi. To‘qima karkasdagi bo‘ylama cho‘ziluvchi sterjen 7 ham tayanchga qadar mo‘ljallangan, 6 – bukilgan sterjen, 5 – montaj sterjeni, 8 – ochiq xomut, 9 – yopiq xomut ham karkas hosil qilish uchun ishlatiladi.
To‘sin kesimidagi yassi payvand to‘rlarning soni turlicha bo‘lishi mumkin. To‘sin kesimining kengligi 100 –150 mm bo‘lsa – bitta, kenglik kattaroq bo‘lsa – ikkita va undan ortiq to‘r o‘rnatiladi. Po‘latni tejash maqsadida ishchi bo‘ylama armaturalarning bir qismi tayanchlargacha yetkazilmay, oraliqda uzib qo‘yilishi mumkin. Bu ish hisoblarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Biroq (to‘sinning kengligi 150 mm va undan ortiq bo‘lsa) kamida ikki sterjen tayanchga qadar davom ettirilishi zarur. Alohida yassi to‘rlar sterjenlar yordamida birlashtirilib, fazoviy karkas hosil qilinadi.
26.3–rasm. Temirbeton to‘sinlarning qo‘ndalang kesim yuzalari
26.4–rasm. Bir oraliqli to‘sinlarni armaturalash. a – payvand karkaslar;
b – to‘qima karkaslar.
To‘sin kesimidagi yassi payvand to‘rlarning soni turlicha bo‘lishi mumkin. To‘sin kesimining kengligi 100 –150 mm bo‘lsa – bitta, kenglik kattaroq bo‘lsa – ikkita va undan ortiq to‘r o‘rnatiladi. Po‘latni tejash maqsadida ishchi bo‘ylama armaturalarning bir qismi tayanchlargacha yetkazilmay, oraliqda uzib qo‘yilishi mumkin. Bu ish hisoblarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Biroq (to‘sinning kengligi 150 mm va undan ortiq bo‘lsa) kamida ikki sterjen tayanchga qadar davom ettirilishi zarur. Alohida yassi to‘rlar sterjenlar yordamida birlashtirilib, fazoviy karkas hosil qilinadi.
To‘sinlar to‘qima karkaslar bilan armaturalansa, ko‘ndalang kuchlarni qabul qilish uchun xomutlar o‘rnatiladi. Agar siqilish zonasidagi bo‘ylama sterjenlar ikkitadan ortmasa – ochiq xomut, ikkitadan ortsa va hisob bo‘yicha siqilish zonasiga armatura qo‘yilishi lozim bo‘lsa – yopiq xomut qo‘yiladi. To‘sinning kengligi 350 mm dan katta bo‘lsa, to‘rt simli xomut qo‘yish tavsiya etiladi; bunday xomut ikkita ikki simli xomutdan tashqil topadi.
To‘qima karkaslarda bo‘ylama ishchi armaturaning bir qismini tayanch yaqinida bukib, siqilish zonasiga kiritib qo‘yish maqsadga muvofiqdir To‘sinning bu qismida cho‘ziluvchi armatura kamroq talab etiladi, biroq ko‘ndalang kuchlarni (bosh cho‘zuvchi kuchlanishlarni) qabul qilish uchun ko‘proq armatura talab etiladi. Bukmalar asosan 45° burchak ostida o‘tkaziladi, biroq baland to‘sinlarda (balandligi 800 mm dan ortiq bo‘lsa) bukilish burchagini 60° ga kadar oshirish, balandligi past bo‘lgan to‘sinlarda 30° ga qadar kamaytirish mumkin.
Ishchi bo‘ylama armaturaning diametri 10–40 mm oralig‘ida olinishi zarur. To‘qima karkas xomutlarining diametri to‘sin kesimining balandligi 800 mm gacha bo‘lsa – kamida 6 mm, 800 mm dan ortiq bo‘lsa – kamida 8 mm olinadi. Montaj armaturasining diametrini 10–12 mm olsa bo‘ladi.
To‘sin kesimining balandligi 700 mm dan katta bo‘lsa, to‘sinning ikkala yon sirti yaqiniga har 400 mm oraliqda diametri 10–12 mm bo‘lgan bo‘ylama sterjenlar o‘rnatish tavsiya etiladi. Bu sterjenlar kesimlarining yig‘indi yuzasi to‘sin qovurg‘asi kesim yuzasining 0,1 % idan kam bo‘lmasligi kerak. Tavr kesimli ba’zi to‘sinlarda payvandlangan karkaslar bilan bir qatorda tokchalarni armaturalash uchun payvand to‘rlari ishlatiladi.
Beton yotqazish va zichlashtirishni qulaylashtirish uchun, shuningdek armatura bilan beton orasidagi yopishuv ishonchliroq bo‘lishi uchun bo‘ylama sterjenlar orasidagi masofa armatura diametridan kichik bo‘lmasligi hamda pastki armaturalar oralig‘i 25 mm dan, ustki armaturalar oralig‘i 30 mm dan kam bo‘lmasligi lozim. Armaturalar kesim balandligi bo‘yicha ikki qatordan ortiq bo‘lsa, bo‘ylama sterjenlar orasidagi masofa gorizontal yo‘nalishda 50 mm dan kam bo‘lmasligi kerak.
Xomutlar orasidagi masofa to‘sin kesimining balandligi h<450 mm bo‘lsa, 1=2h yoki ko‘pi bilan 150 mm; agar kesim balandligi 450 mm dan katta bo‘lsa, 1=3h yoki ko‘pi bilan 300 mm olinadi. Bu talab tayanchlarga yaqin uchastkalar uchun taalluqlidir. To‘singa tekis yoyiq kuch qo‘yilgan bo‘lsa, tayanch oldi uchastkasi 1=4 deb, agar yig‘iq kuchlar qo‘yilgan bo‘lsa, tayanchdan birinchi yig‘iq kuchgacha bo‘lg‘an masofa qabul qilinadi. To‘sinning qolgan qismlarida xomutlar orasidagi masofa 3/4h gacha oshirilishi mumkin, lekin xomut masofasi 500 mm dan oshmasligi kerak.
450>
|
| |