Oldindan zo‘riqtirilgan temirbeton elementlarini loyihalash




Download 3,12 Mb.
bet32/69
Sana23.11.2023
Hajmi3,12 Mb.
#103821
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   69
Bog'liq
~WRD1054 (1)

Oldindan zo‘riqtirilgan temirbeton elementlarini loyihalash. Oldindan zo‘riqtirilgan elementlar uchun armatura po‘latlari konstruksiya turi, beton sinfi, ta’sir etuvchi kuchlarning tavsifi (xarakteri), atrof muhitning harorati va zararliligi, ishlash sharoiti va boshqa omillarga bog‘liq holda tanlanadi. Iloji boricha mustahkamligi yuqoriroq bo‘lgan armatura tanlashga harakat qilish kerak, betonning sinfi konstruksiyaning turi, betonning xili, taranglangan armaturani sinfi va diametri, ankerining bor–yo‘qligiga qarab belgilanadi.
Elementlari diametri 5 mm gacha bo‘lgan Vr–II sinfli sim bilan ankersiz armaturalansa, betonning sinfi V20 dan, diametri 6 mm va undan ortiq bo‘lsa – V30 dan kam bo‘lmasligi lozim. K–7 va K–19 sinfli arqonsimon armatura qo‘llangan elementlardagi betonning sinfi kamida V30 olinadi. Agar A–V (At–IV) va At–IV sinfli sterjenli ankersiz armatura ishlatilsa, armatura diametri 18 mm gacha bo‘lganda beton sinfi kamida V20 va V30, armatura diametri 20 mm va undan ortiq bo‘lganda V25 va V30 dan kam bo‘lmasligi kerak.
Taranglangan armaturani betonga yaxshi birikuvi va zo‘riqishlarning betonga uzatilishini ta’minlash maqsadida armaturani uchiga anker deb atalgan maxsus mahkamlovchi moslama o‘rnatiladi. Armaturani tirgaklarga tirab taranglaganda, agar armatura bilan beton o‘zicha puxta biriksa, masalan, armatura davriy profilli po‘latdan yoki sim arqonlar (kanat)dan tashqil topgan bo‘lsa, anker uskunalamasa ham bo‘ladi. Biroq, buning uchun beton yuqori darajada mustahkam bo‘lishi, bundan tashqari, maxsus konstruktiv choralar qo‘llangan (qo‘shimcha ko‘ndalang armaturalar o‘rnatilgan, himoya qatlamining qalinligi oshirilgan) bo‘lishi lozim.
Aylana kesimli konstruksiyalar (rezervuarlar, quvurlar va h.k.) o‘ta mustahkam sim bilan uzluksiz ravishda armaturalansa, simning bir uchi o‘rama spiral ostiga mahkamlanadi va ikkinchi uchi siquvchi boltga o‘ralib, betonda qoldirilgan metall taxtakachlarga burab tig‘izlanadi.
Oldindan zo‘riqtirilgan temirbeton konstruksiyalarda taranglangan armatura ta’sir etuvchi kuchga qarab joylashtiriladi. Markaziy cho‘ziladigan elementlarda (fermalarning pastki tasmalari, tortqichlar va h.k.) taranglangan armatura kesim bo‘ylab bir tekisda joylashtiriladi, rezervuar va quvurlarning devorlari maxsus mashinalar yordamida o‘ta mustahkam sim bilan armaturalanadi yoki halqa simlar o‘ralib, domkrat yoki tortuvchi muftalar yordamida taranglanadi.
Egiluvchi nomarkaziy cho‘ziluvchi va yelkasi katta bo‘lgan nomarkaziy siqiluvchi elementlarning kesimi qo‘shtavr, tavr va qutisimon shakllarda loyihalanadi. Egiluvchi elementlarda taranglangan asosiy armaturani cho‘zilish zonasiga joylanadi, ba’zan kesim yuzasi Asp=(0.15...25) As bo‘lgan taranglangan armatura siqilish zonasiga ham o‘rnatiladi Taranglangan armaturani siqilish zonasisiga joylashdan maqsadi shuki, u nomarkaziy siqilgan (tayyorlash jarayonida) betonni yorilishdan asraydi, chunki egiluvchi to‘sinning siqilish zonasi bunday paytda cho‘zilishga ishlay boshlaydi va to‘sinda yorilish havfi paydo bo‘ladi.
26.5–rasm, g da siquvchi kuch va tashqi yoyiq va yuk ta’sirida to‘sinda vujudga keladigan kuchlanishlar epyurasi tasvirlangan; bu yerda yelka lop o‘zgarmas bo‘lib, kuchlnish momentlar epyurasiga muvofiq ravishda parabola bo‘yicha o‘zgaradi. Epyuralarning algebraik yig‘indisini olganda to‘sinning pastki qirrasidagi cho‘zuvchi kuchlanishlar ancha kamayadi, agar siquvchi kuch R va uning yelkasi to‘g‘ri tanlansa, o‘sha kuchlanish butunlay yo‘qolishi mumkin. To‘sinning tayanch yaqinidagi yuqori qismida siquvchi R kuchdan hosil bo‘lgan cho‘zuvchi kuchlanish saqlanib qoladi, to‘sinning shu uchastkasi yemirilishi ham mumkin, element uchlaridagi kuchlanishlarning kamaytirish maqsadida pastki taranglangan armaturaning bir qismi bukib qo‘yiladi (26.5–rasm, a). Bunda yelka eop hamda siquvchi kuch R, demak, cho‘zuvchi kuchlanish ham elementning uchi tomon kichrayib boradi. Tayanch yaqinidagi og‘ma kesimida hosil bo‘ladigan bosh cho‘zuvchi kuchlanishlarni qabul qilishda ham taranglangan armaturani bukish foydadan holi emas.
Egiluvchi elementlarga ta’sir etuvchi ko‘ndalang kuchning qiymati salmoqli bo‘lsa, to‘sinning tayanchga yaqin qismida zarurat bo‘lgan holda, bo‘ylama armaturadan tashqari ko‘ndalang armatura – xomutlar ham taranglanadi. Tayanch atrofida to‘sinning ikki o‘q yo‘nalishida oldindan zo‘riqtirilishi og‘ma kesimlar bo‘yicha yorilishining oldini oladi.
Oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyada, ayniqsa, armatura betonga tirab taranglanadigan holatlarda zo‘riqtiriladigan armaturalar Asp va Asp’ dan tashqari zo‘riqtirilmagan oddiy armaturalar As va As’ ham joylashtiriladi. Tuynuklar orasidagi masofalar pastki armaturalar uchun armatura diametridan yoki 25 mm dan, tuynuklar orasidagi masofa esa tuynuk diametridan yoki 50 mm dan kam bo‘lmasligi lozim.

26.5–rasm. Oldindan zo‘riqtirilgan egiluvchi elementlarni armaturalash:
1 – 4 – zo‘riqtirilgan armatura; 5, 6 – zo‘riqtirilmagan armatura;
7 – siquvchi zo‘riqishdan hosil bo‘lgan kuchlanishlar epyurasi;
8 – tashqi yuklar ta’sirida hosil bo‘lgan kuchlanishlar epyurasi


26.6–rasm. Oldindan zo‘riqtirilgan to‘sinning cho‘zilgan zonasini armaturalash: a – sterjenlar bilan; b – yuqori mustahkamli simlar bilan; v – kanaldagi o‘ramlar bilan; 1 – xomutlar; 2 – zo‘riqtirilgan armatura; 3 – oddiy bo‘ylama armatura

Oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalarni loyihalash jarayonida kuch ko‘p tushadigan ayrim joylarini kuchaytirish talab etiladi. Ankerlar va tortish moslamalari o‘rnatilgan joylar ana shunday joylardan sanalib, bu joylar qo‘shimcha ko‘ndalang armatura yoki metall taxtakach qo‘yish yoki o‘sha uchastkada element kesimini kattalashtirish yo‘li bilan kuchaytiriladi.





Download 3,12 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   69




Download 3,12 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oldindan zo‘riqtirilgan temirbeton elementlarini loyihalash

Download 3,12 Mb.