• 15-Mavzular: Tosh-g‘isht konstruksiyalar. Armatosh konstruksiyalar. Reja
  • Siqilgan elementlarning hisobiy sxemalari




    Download 3,12 Mb.
    bet40/69
    Sana23.11.2023
    Hajmi3,12 Mb.
    #103821
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   69
    Bog'liq
    ~WRD1054 (1)

    Siqilgan elementlarning hisobiy sxemalari

    31.1–rasm. Siqiluvchi elementlarning hisoblash tarhi: a–tasodifiy
    yelka – Io ; b – x  R bo‘lgan hol uchun; v– x  R bo‘lgan hol uchun
    Endi =x/h0>R bo‘lgan holni ko‘ramiz. Bu holda armatura yuzasi qo‘yidagi tartibda hisoblanadi:
    1. Hisobga doir qiymatlar (Rb; Rs; Rsc; Yes; Yeb) yozib olinadi;
    2. Armaturalash koeffitsienti  = (As+A's)/bh, =(0,0005–0,035) oralig‘ida qabul qilinadi, Ncr hisoblanadi. Agar N > Ncr chiqsa, elementning ko‘ndalang kesim yuzi o‘lchamlari kattalashtiriladi;
    3. As/A's nisbatga qiymatlar berib, x va x/h0 aniqlanadi, keyin (13.13) va (13.14) formulalardan foydalanib, armatura yuzasi As va A's topiladi;
    4. Armatura yuzasining topilgan qiymatlari asosida armaturalash koeffitsienti qayta hisoblanadi. Agar koeffitsientning bu qiymati, qabul qilingan qiymatidan 0,0005 dan kamroq farq kilsa, shu yuzani koldirish mumkin. Farq katta chiqsa, u holda armaturalash koeffitsientiga yangi qiymat berib, hisob qaytadan bajariladi.


    15-Mavzular: Tosh-g‘isht konstruksiyalar. Armatosh konstruksiyalar.

    Reja:

    1. Tosh-g‘isht konstruksiyalarni rivojlanish tarixi.

    2. Tosh-g‘isht konstruksiyalar uchun ishlatiladigan materiallar.

    3. Tosh-g‘isht devorlarning deformatsiyasi.

    Markaziy Osiyoning ko‘p joylaridagi faol seysmik kuchlarning ta’sirilar binolarning buzilishiga sabab bo‘lgan, chunki VII asrgacha qurilgan binolar paxsadan, IX asrgacha qurilganlari esa xom g‘ishtdan qurilgan va faqat IX asrdan boshlab devor, ravoq va gumbazlar qurilishida pishiq g‘isht qo‘llanila boshlangan. Bu esa bino mustahkamligini ancha oshirgan. Shuning uchun ham bizgacha asosan pishiq g‘isht va paxsadan ishlangan binolargina yetib kelgan.


    Bino tarhini ishlashda miqyosiy o‘lchov (modul) va modul tizimidan foydalanish, simmetriyaga asoslanish, bino shakllari tomonlarini kvadrat va “oltin kesim”, “oltin nisbat”larida chiqarish, ularda mutanosib proporsiyalarni qo‘llash qoidalariga amal qilish eng asosiy tartiblar qatoriga kirgan.
    O‘rta Osiyo tarixi Uyg‘onish davrida Marv, Buxoro, Samarqand, Urgench kabi shaharlar o‘sha davrning eng yirik madaniy markazlari hisoblangan. IX-XI asrlarda o‘z asarlarini arab tilida yozgan olimlarning eng mashhurlari O‘rta Osiyolik edilar. Ular orasida Muhammad ibn Muso Xorazmiy (arxitekturaviy shakllarni hisoblashda matematikani qo‘llash usullari), Abu Ali Ibn Sino (bino xonalarini yoritish va ulardagi havo almashinuvini ta’minlash masalalari), Abu Nasr Forobiy (obidalardagi go‘zallik sirlari, mutanosiblik, garmoniya masalalari), Abu Rayhon Beruniy (qurilish uchun yer maydoni va poydevor zamini), Abdul Vafo Buzjoniy (arxitekturaviy shakllarda geometriyani qo‘llash usullari) va boshqalar bor edi. Keyinroq ular safiga Mirzo Ulug‘bek (binolarni hajmiy-rejaviy va konstruktiv yechimlari hamda poydevorlarning shakllari) va G‘iyosiddin Jamshid Koshiy (ravoq chizish uslubi va uni amalda qo‘llash masalalari) qo‘shildi.
    Ma’lumki, o‘rta asr Sharq olimlari antik davr Yunon mualliflarining falsafa va matematikaga doir asarlarini qunt bilan o‘rganganlar. Ularni butun islom dunyosiga ommalashtirib yanada rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlar. O‘rta Osiyolik olimlar ham dunyoviy fanlarning barcha sohalari bo‘yicha, jumladan matematika, geometriya, astronomiya, falsafa va meditsina bo‘yicha o‘lkan asarlar yaratdilar. Bundan tashqari o‘rta asrlarda yaratilgan Sharq va O‘rta Osiyolik olimlarning asarlarida me’morlar va hunarmandlarga zarur bo‘lgan geometrik yasalmalar hamda mutanosiblik bilan bog‘liq bo‘lgan qurilishga oid qator masalalar ham keng yoritib berilgan. Masalan, Abu Nasr Forobiyning fikricha, arifmetika va geometriya barcha fanlar va san’atlar tarkibiga kirib boradi. Uning X asrda yozgan “Geometrik shakllarning nafisligi haqidagi ma’naviy go‘zal usullar va tabiiy sirlar kitobi” me’morlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Unda Forobiy eng yaxshi mutanosibliklar haqidagi ijodiy izlanishlarni, go‘zal nisbatlarni qarab chiqqan va san’at asarlarining geometrik uyg‘unligi bilan bog‘liq bo‘lgan go‘zallik sirlarini ochib bergan. Forobiyning ushbu asarini rus tiliga tarjima qilgan olimlar Abul-Vafo Buzjoniyning Forobiydan keyin yozilgan “Hunarmandlarga handasaviy yasalmalardan nimalar zarurligi haqidagi kitob”iga deyarli to‘liq mos kelishini aytib o‘tgan. Ushbu kitob geometrik shakllar va ularning yasalish uslublari haqidagi ma’lumotlar, shuningdek yetti burchakliklarni taqribiy qurish, ko‘pburchakliklarni shaklning berilgan tomoni va boshqa parametrlari bo‘yicha yasash; aylana ichiga teng tomonli uchburchak, kvadrat; besh-; olti-; yetti-; to‘qqiz-; va o‘n ikki burchakliklarni chizishga asoslangan yasalishlar hamda handasaviy qurish bo‘yicha boshqa zarur ma’lumotlar keltirilgan. Forobiy o‘zining “Fozil shahar aholisining qarashlari haqida”gi risolasida “shaharni ham, uyni ham inson qomatiga taqqoslash zarur” deb yozadi. Bu bilan olim fozil shaharning sof inson qomatiga hamohang va mos tarzda qurilishini orzu qiladi. Uning fikricha, “go‘zallik va foydalilikni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi, ularning qo‘shilishi esa uyg‘unlikka olib keladi”. Demak, ulug‘vorlik – oddiylikda, go‘zallik – uyg‘unlikda namoyon bo‘ladi.
    Asrlar osha bizning davrimizgacha yetib kelgan arxitektura yodgorliklari qadimgi binokor va me’morlarning yuksak aql-zakovati, bilimdonligidan dalolat beradi. Qadimda yashab ijod etgan binokor ustalar faqatgina boy tajribaga asoslanib qolmay, me’morchilikning o‘sha davrlarda mavjud bo‘lgan nazariy g‘oyalariga ham suyanib ish tutganlar. Qadimiy me’moriy obidalar bunyod etilishidan ilgari ularni loyihasi chizilgan va bu loyiha ko‘zga ko‘ringan usta va me’morlarning muhokamasidan o‘tgan. Doim xavf solib kelgan zilzila dahshati O‘rta Osiyo memorlari diqqat-etiboridan chetda qolmagan,albatta. Shu kunlargacha saqlanib qolgan tarixiy obidalar fikrimizning dalilidir.
    Markaziy Osiyoda bunyod etilgan ko‘pgina memoriy yodgorliklarni tahlil qilish natijasi, qadimgi memorlar zilzila kuchlarining inshootlarga tasir etish qonuniyatini yaxshi bilganlar, degan xulosaga olib keladi. O‘sha davr binokor ustalari zich yoki bo‘sh tuproqda tiklangan binoning zilzila jarayonidagi holatini to‘la tasavvur eta olganlar. Bu esa memorlarga turli-tuman binolar va ishootlarning seysmik mustahkamligini taminlovchi antiseysmik chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan. Ya’ni bino qurishda qo‘llanilgan g‘ishtlarning o‘lchamlari ham inshootdagi kuchlanishlarni kesim bo‘yicha tekis tarqalishini ta’minlagan, chunki g‘ishtlarning o‘lchamlari kvadrat shaklda bo‘lgan.
    Bobokalon me’morlarimiz elastik qurilish materiallari va konstruksiyalari inshootlarning seysmik mustahamligini ta’minlovchi eng yaxshi chora deb hisoblanganlar. Bu esa, o‘z navbatida, qurilish qorishmasi sifatida ganch va loyida foydalanishga, poydevorlarning maxsus konstruksiyalarini ishlab chiqishga hamda devorlarning sokol qismida qamish tasmalar qo‘llaniishga olib kelgan.
    Pishiq g‘isht terishda soz tuproqdan tayyorlangan loy hamda ganch (mahalliy alebastr, gipsning bir turi ) qorishmasi qo‘llanilgan.
    Ganch qorishmasi tez qotuvchi bo‘lganligi sababli uni qurilishning o‘zida oz-ozdan (10-12 kg dan) tayyorlangan .
    G‘isht terish ishlarida ganch hech qachon sof holda ishlatilmagan: unga 1:1 yoki 1: 3 nisbatan soz tuproq yoki qum qushib ishlatilgan. Ustalar yirik ganchdan tayyorlangan qorishmaning mustahkamligi mayda ganchga nisbatan yuqori bo‘ladi, deb hisoblanganlar. Shuning uchun ham g‘isht terishda yirik donali ganchdan foydalanishgan. Yirik donali ganch sekin qotadi. Qotish jarayonining sekin kechish mustahkamlikni asta-sekin ortib borishini ta’minlaydi. Chunki qorishma tarkibidagi namlikni shimib olgan ganchning yirik donasi vaqt o‘tishi bilan shu namlikning bir qismini ma’lum miqdorda chiqarib turadi, bu esa qotish jarayonining bir tekis o‘tishini ta’minlaydi. Qadimiy ustalarning fikricha, ganch o‘zining to‘liq mustahkamligiga bir yil mobaynida erishishining oldindan bilganlar.
    Ba’zan ganch qorishmasiga sog‘ tuproq va toza qumdan tashqari g‘isht ko‘quni, kul va o‘tin-ko‘mir talqoni qo‘shilgan.
    Qadimgi me’morlar elastik va qayishqoq qorishmalar g‘isht konstruksiyalarni zilzila ta’siridan asrovchi eng yaxshi chora deb bilib, devor choklarida uning qalinligini kattaroq (deyarli g‘isht qalinligida) olishga harakat qilganlar. Odatda, binoning pastki qismida qorishma qalinroq (5 sm atrofida) olinib, devor ko‘tarilgan sari, qorishma qalinligi ham sekin-asta yubqalashib borgan; ikkinchi qavat balandligida qorishma choklarining qalinligi 10-12 mm ni tashqil etgan.
    Shuning uchun ham Markaziy Osiyoning monumental binolarida ganch qorishmasining hajmi devorlar hajmining deyarli 30 foizini tashqil etgan.
    Toza sog‘ tuproqdan yaxshilab pishitib, yetiltirib tayyorlangan loyning o‘ta plastik xossasi me’morlarning diqqat-e’tiboridan chetda qolmadi. X-XVII asrlarda bunyod etilgan monumental g‘ishtin binolarning deyarli hammasida poydevor ostiga ma’lum qalinlikda sof loy qatlami – yostiq to‘shalgan.
    Qadimiy binolarda ikki xil poydevor qo‘llanilgan: 1) eni sokol eniga teng va o‘zgarmas bo‘lgan poydevorlar, 2) eni pastga tomon kengayib boradigan poydevorlar. Poydevorlarning tubi yoysimon qabariq shaklda ishlangan. Qabariqlik poydevorning loydan tayyorlangan yostiqqa osonroq joylashuviga imkon berib, inshootning bir tekis cho‘kishini ta’minlagan.
    Poydevor balandligi yer sirtiga yetganda, poydevor bilan sokol orasiga kuchsiz loy qorishmasida yoki toza tuproqning o‘zida binoning butun (ichki va tashqi devorlari) perimetri bo‘ylab, bir qator g‘isht terilgan. Bu ham qadimiy me’morlarning antiseysmik choralaridan biri hisoblangan.
    Zilzila kuchining gorizontal tashqil etuvchilari, ya’ni gorizontal to‘rtkilar poydevorni bino ostidan surib chiqarishga intiladi. Binoning pastki va ustki qismi bilan bog‘lanmagan g‘isht qatlami esa poydevorni sokol ostida qo‘zg‘alishiga imkon beradi. Natijada poydevorda vujudga kelgan zo‘riqishlar binoning yuqori qavatlariga to‘liq uzatilmaydi. Bu esa, o‘z navbatida, binolarni zilzila ta’siriga yaxshi bardosh berishiga olib keladi.
    Markaziy Osiyoning ba’zi arxitektura yodgorliklarida qo‘llanilgan qamish qatlamlarini yuqoridagi g‘oyaning mantiqiy davomi deyish mumkin.
    Qamish qatlami binolarning sokol qismiga yotqazilgan. sokolning yer sirtiga chiqqan qatoriga avval tekis qilib qorishma yoyilgan. Qorishmaning ustiga 8-10 sm qalinlikda, devor sirtiga tik yo‘nalishda qamish bostirilgan. Qamishning uzunligini devor eniga teng qilib, oldindan qirqib, tayyorlab qo‘yilgan. Qamish qatlami ustiga yana qorishma yoyib, uning ustiga g‘isht terilgan.
    G‘ishtning navbatdagi qatorlari odatdagicha davom ettirilgan. Ba’zi binolarda qamish qatlami ikki qator qilib yotqizilgan, bunda ikkinchi qatlam sokolning yuqori qismiga joylangan.
    Tekshirishlarning ko‘rsatishicha, vaqt o‘tishi bilan qatlam o‘tirgan (cho‘kkan), biroq qamish poyalari sinmagan va pachoqlanmagan. Qamish yer sirtidan yuqorida joylashganligi tufayli, unga hamma vaqt havo tegib turgan va chirimagan. Ba’zi binolarda vaqt o‘tishi bilan tuproq ostida qolgan qamishlar chirib, binoning mustahkamligiga putur yetgan. Buni nazarda tutgan qadimiy me’morlar qamishga doimiy ravishda shabada tegib turishini o‘ylaganlar, hatto devor suvoqlari qamish qatlamiga yetganda uzib qo‘yilgan, shu yo‘l bilan qamish ham ichkari, ham tashqari tomonidan havo olib turgan.
    Ma’lumki, yer qimirlaganda zilzila manbaidan har tarafga seysmik to‘lqinlar tarqaladi. To‘lqinlarning vertikal tashqil etuvchilari inshoot poydevoriga pastdan yuqoriga qarab zarb bilan uriladi. Seysmik to‘lqinlarning gorizontal tashqil etuvchilari esa bino poydevoriga grizontal yo‘nalishda urilib, poydevorni bino ostidan surib chiqarishga intiladi.
    Bir binoni ko‘z oldimizga keltiraylik. Uning loy qorishmasida pishiq g‘ishtdan terilgan poydevori elastik loy qatlamiga o‘rnatilgan. Poydevor bilan sokolning tutashuv yeriga qum bilan tuproq aralashmasidan yupqa qatlam (kuchsiz qorishma qatlami) berilgan. Undan yuqoriroqda qamish qatlami yotqizilgan. Binoning g‘ishtin dvori elastik ganch qorishmasida tiklangan, deylik.
    Seysmik to‘lqinlarning vertikal tashqil etuvchilari dastavval poydevor ostidagi elastik loy qatlamiga duch keladi. Bu yerda bir oz kamaygan to‘lqin poydevorga uzatiladi, poydevorning plastik qorishmasida uning kuchi yana bir oz qirqiladi. sokolda joylashgan qamish qatlami amortizator vazifasini o‘taydi. Chunki qamish qatlami o‘zining elastikligi tufayli yetib kelgan to‘rtkini to‘laligicha yuqoriga uzatish qobiliyatiga ega emas. (Agar qamishning o‘rnida oddiy g‘isht bo‘lganida, u holda to‘rtki kuchi to‘laligicha yuqoriga uzatilgan bo‘lar edi.) Kuchi ancha qirqilgan to‘lqin g‘ishtin devor bo‘ylab yuqorilaydi; elastik ganch qorishmasidan o‘tib borgan to‘lqin kuchi ko‘tarilgan sari so‘nib boradi.
    Seysmik to‘lqinlar gorizontal tashqil etuvchilarning shiddatkor ta’siridan binolarni yana o‘sha qamish qatlami hamda sokol va poydevor orasiga yotqazilgan qumoq tuproq yoki o‘ta kuchsiz loy yotqizig‘i asraydi. Tuproq yotqizig‘i poydevorni binoning ostidan siljitishga yo‘l qo‘yadi. Bu siljish bino devorlariga zarar yetkazmagan holda seysmik kuchlarning quvvatini qirqadi. Qamish qatlami ikkita bo‘lsa, siljish va egilish kuchlanishlari yanada ko‘proq so‘nadi. Devor tarkibidagi ganch qorishmasi o‘zining elastik xossasi tufayli qolgan kuchlanishlarning so‘nishiga olib keladi.
    Bino va inshootlarning zilzilabardoshligi oshirish maqsadida qadimiy me’morlar yuqorida ko‘rib o‘tilgan usullardan tashqari yana qator seysmomustahkam konstruksiyalarni qo‘llaganlar. Ularning ichida eng diqqatga sozovorlaridan biri ravoqlar shaklini cho‘qqisimon qilib olinishidir. Zilzila jarayonida cho‘qqasimon ravoqlar yarim aylana shaklli ravoqlarga nisbatan yaxshi saqlanadi. Ravoqning ayrim yerlari yorilib, shikastlangan taqdirda ham ravoq sharnirli sistema sifatida ishlayveradi.
    Samarqand shahri yaqinida 1502 yilda Zarafshon daryosi ustiga Shoyboniyxon tomonidan qurdirilgan suv ayirgich- ko‘prikning bitta ravog‘i bizning davrimizgacha saqlanib qolgan. Dastlab ko‘prik 7 ravoqdan iborat bo‘lgan. Davrlar o‘tishi bilan suv ayirgich- ko‘prik buzila boshlagan. Inshootning buzilishiga asosan suvning agressiv ta’siri sabab bo‘lgan deb taxmin qilish mumkin. Chunki ko‘prikni qurishda, asosan, pishiq g‘isht ishlatilgan. U davirlarda sement bo‘lmagan. Ma’morlar biriktiruvchi qorishma sifatida o‘simlik kuli, ganch va ohak kabi materiallardan foydalanganlar. Ma’lumki, bu materiallar agressiv muhit ta’siriga yaxshi bardosh bera olmaydi. Suvga tegib turgan ravoqlar asta- sekin yemirilib, buzilib ketgan. Suvdan chetroqda – qirg‘aqda joylashgan ravoqning shu kunlargacha yaxshi saqlanib qolganligi, uning seysmomustahkam konstruksiya ekanligi dalolat beradi.
    Markaziy Osiyo qadimiy me’morlarining yaratgan seysmik ta’sirlarga qarshi choralari haqida gap borar ekan, ular bunyod etgan binolarda alohida turuvchi tosh ustunlarning qo‘llanmaganligini ta’kidlab o‘tish zarur. Tosh ustunning zilzila ta’siriga bardoshsiz ekanligini bilgan me’morlar bino qismlarida bu elementdan foydalanmaganlar.
    Shunday qilib, qadimgi me’morlar plastik konstruksiyalardan foydalanish binolarni zilzila halokatidan asrab qoladigan yagona vosita deb hisoblaganlar. Bu dunyoqarash uzviy ravishda avloddan avlodga o‘tib keldi. Asrlar osha bizning davrimizgacha yetib kelgan arxitektura yodgorliklari bobokalon me’morlarimiz yaratgan uslublarning to‘g‘ri va yashovchan ekanligidan dalolat berib turibdi.
    “HAZRATI IMOM” majmuasiga oid
    Toshkent shahridagi “Hazrati Imom” (Hastimom) majmuasi yirik qadamjolardan hisoblanadi. Bu majmuani bunyod bo‘lishi Qaffol Shoshiy maqbarasi qurilishidan boshlanadi.
    Qaffol Shoshiy – to‘liq ismi Abu Bakr Muhammad ibn Ali Ismoil Qaffol ash-Shoshiy al-Kabir bo‘lib, Hazrati Imom nomi bilan mashhur bo‘lgan. Bu insonning hurmatini bajo keltirish maqsadida ismi yoniga al-Kabir (ulug‘ va muhtaram) so‘zini ham qo‘shib aytilgan. Imom Shosh (Toshkent)da 903 yilda tavallud topgan, 976 yilda vafot etgan. U yirik olim, faylasuf, muhaddis, faqh, tilshunos va shoir bo‘lgan.Zamondoshlari orasida ulug‘ Imom (Imom al-Kabir) nomi bilan shuhrat qozongan. Uning bir qancha asarlari islom olamida mashhur. O‘sha vaqtda Movarounnahrda u kishiga teng keladigan olim yo‘q edi.
    Qaffol Shoshiyniing hozirda mavjud bo‘lgan maqbarasi uning qabri ustiga me’mor G‘ulom Husayn tomonidan 1541-1542 yillarda qurilgan, Hazrati Imom majmuasining eng yuqori (baland) qismida joylashgan. Majmuaning umumiy maydoni 10 gektarga yaqin.
    Imom Qaffol Shoshiy qulfsoz usta bo‘lgan. Manbalarning guvohlik berishiga, u og‘irligi 0,5g keladigan jajji qulf-kalit yasagani uchun “Qaffol” (qulf yasovchi, qulfsoz) nomi berilgan. U kishi Qur’oni Karim, fiqh va leksikologiya allomasi bo‘lgan. Ellikdan ortiq tillarni mukammal bilgan. U arab, lotin va hind tillariga oid mo‘qammal lug‘atlar ham yozgan. Qaffol Shoshiy “al-Jadal al-Hasan (Dialektika go‘zalligi), “Kitob fi usul al-fiqh” (Fiqh usullari kitobi), “Javomi’ al-kalim” (Hikmatlar to‘plami) “Adab al-Qozi” (Qozining odobi), “Daloil an-nubuvvat” (Payg‘ambarlik dalillari), “Mahosin ash-shariat” (Shariat go‘zalliklari) va boshqa asarlar yozgan.
    “Hazrati Imom” jome’ masjidi hovlisida ikkita minora qad ko‘targan. Minora xorazmlik va qo‘qonlik ustalar tomonidan 2007 yilda qurilgan. Ularning har birining balandligi 52 m, pastki qismining diametri 6,7 m, yuqori qismining diametri 4,5 m. Bu minora Buxorodagi Minorai Kalon usulida qurilgan bo‘lib, farqi diametrining kichikroq qilib olinganligidadir (32.1 . rasm).
    Tosh-g‘isht va armotosh konstruksiyalarning olovbardoshligi, tayyorlash osonligi, chidamliligi, ulardan foydalanishda mablag‘ning deyarli sarf bo‘lmasligi bu xildagi konstruksiyalarning afzalligidir. Tosh-g‘isht va armotosh konstruksiyalar uz massasining kattaligi, shuningdek, nisbatan to‘la industrlashtirishning imkoni yo‘qligi ularning kamchiligi hisoblanadi.
    Xozirgi vaqtda tosh-g‘isht konstruksiyalar, asosan, turli xil bino va inshootlarning devor hamda ustunlarini tiklashda ishlatiladi. Ba’zan, og‘ir jinsli tabiiy toshlardan poydevorlar yotkizishda foydalaniladi. Armotosh konstruksiyalar turli xil muxandislik inshootlari, masalan, tutun chiqarish quvurlari rezervuarlar va shu kabi inshootlar qurilishida ishlatiladi.


    32.1 - rasm. Minoraning umumiy ko‘rinishi va qirqimi



    Download 3,12 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   69




    Download 3,12 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Siqilgan elementlarning hisobiy sxemalari

    Download 3,12 Mb.