Tosh-g‘isht konstruksiyalar uchun ishlatiladigan materiallar




Download 3,12 Mb.
bet41/69
Sana23.11.2023
Hajmi3,12 Mb.
#103821
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   69
Bog'liq
~WRD1054 (1)

Tosh-g‘isht konstruksiyalar uchun ishlatiladigan materiallar
Tosh-g‘isht va armotosh konstruksiyalar uchun zarur bo‘ladigan asosiy materiallarga toshlar (tabiiy yoki sun’iy), korishmalar, po‘lat armatura kiradi. Yengillashtirilgan devorlarda isitgich materiallar ham ishlatiladi.
Tosh-g‘ishtlar bir necha sifatlariga qarab tasniflanadi. Kelib chikishiga ko‘ra tabiiy va sun’iy toshlar bo‘ladi. Tabiiy toshlar karperlardan kazib olinadi. Sun’iy tosh-g‘ishtlar yuqori xaroratda pishirish yoki bog‘lovchi moddalar asosida kotirish yo‘li bilan tayyorlanadi.
Toshlar katta-kichikligiga qarab balandligi 500 mm gacha va undan ortiq bo‘lgan yirik (bloklar), balandligi 200 mm gacha bo‘lgan mayda donali toshlar hamda balandligi 65, 88 yoki 103 mm, rejadagi o‘lchamlari esa 250x120mm li g‘ishtlarga ajratiladi.
Tosh materiallarga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi: ular mustahkam, uzoqka chidamli va issiqlikni saqlash xossalariga ega bo‘lishi lozim. Tosh-g‘ishtlar mustahkamligining asosiy ko‘rsatkichi uning markasi hisoblanadi.
Marka ularning siqilishga bo‘lgan vaqtli qarshiligi bo‘yicha, g‘ishtlar uchun esa egilishdagi mustahkamligini hisobga olgan xolda siqilishdagi vaqtli qarshiligi bo‘yicha belgilanadi. Mustahkamligi past (4, 7, 10, 15, 25, 35, 50 markali) tosh materiallarga yumshoq oxak- toshlar, xom g‘isht, yengil beton toshlar, o‘rtacha mustahkamlikdagi materiallarga (75, 100, 125, 150, 200 markali) tabiiy yengil toshlar, beton va sopol toshlar, turli xil g‘ishtlar kiradi. Yuqori darajada mustahkam (250, 300, 400, 500, 600, 800, 1000 markali) tosh materiallariga tabiiy oir va beton toshlar va klinker g‘ishtlari kiradi.
Toshning sovuqbardoshligi uning uzoqka chidamliligining asosiy ko‘rsatkichi hisoblanadi. Sovuqbardoshlik bo‘yicha markasi toshning muzlash-erish sikllarining nechtasiga bardosh berishini ifodalaydi. Tosh materiallarining sovuqbardoshlik bo‘yicha quyidagi markalari belgilangan: Mrz10, Mrz15, Mrz25, Mrz35, Mrz50, Mrz75, Mrz100, Mrz150, Mrz200, Mrz300.
Materialning talab etiladigan sovuqbardoshligi konstruksiya turiga, uni ishlatilish sharoitlariga va talab etiladigan uzoqka chidamlilik (ishonchlilik) darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Uzoqka chidamlilikning uch darajasi belgilangan: I daraja- xizmat muddati oshirilgan (taxminan, 100 yildan ortiq) to‘siq konstruksiyalar uchun; II daraja-xizmat muddati o‘rtacha bo‘lgan (50-100 yil) to‘siq konstruksiyalar uchun; III daraja-xizmat muddati kamaytirilgan (20-50 yil) to‘siq konstruksiyalar uchun.
Issiqlik izolyatsiyasi xossalari binoning tashqi devorlarini tiklashda bir yo‘la qilinadigan sarfga ham, binoni isitishga ketadigan ekspluatatsion sarflarga ham jiddiy ta’sir etadi. Materialning hajmiy massasi qancha katta bo‘lsa, uning issiqlik utkazuvchanligi shuncha yuqori bo‘ladi, tashqi devorlar qalin bo‘lsa kimmatga tushadi. Shu sababdan, tashqi devorlar uchun hajmiy massasi kichik bo‘lgan tosh materiallar yoki ovakli g‘isht, g‘ovakdor beton, ichi bo‘sh keramik yoki beton toshlar ishlatish maqsadga muvofiqdir.
Tosh-g‘isht terish uchun sementli, oxakli, gipsli, gilli va aralash korishmalar ishlatiladi. Hajmiy massasi g ga ko‘ra ular og‘ir (g³1500kg/m3) va yengil (g<1500 kg/m 3) qorishmalarga bo‘linadi. Og‘ir qorishmalar uchun kvarsli, oxakli va boshqa xil kumlar, yengil qorishmalar uchun esa shlak, tuf, pemza kukunlari va boshqa yengil qumlar to‘ldiruvchi material bo‘lib hisoblanadi. Qorishma alohida toshlarni bir-biriga bog‘lab, yaxlit devorga aylantiradi. Qorishma orqali kuchlanish bir toshdan ikkinchi toshga tekis uzatiladi, shuningdek, devorning xavo va nam o‘tkazuvchanligi kamayadi. Shunga ko‘ra devorning mustahkamligi, uzoqka chidamliligi, teplotexnik ko‘rsatkichlari ko‘p jixatdan qorishmaning tarkibi va miqdoriga bog‘liq. Qorishma devorning gorizontal va tik choklarini to‘ldirish uchun qulay bo‘lishi, tarkibidagi suvni tutib tura oladigan darajada quzg‘aluvchan bo‘lishi kerak. Uning tarkibi bir jinsli, qotgandan keyin esa talab etiladigan darajada mustahkam va sovuqbardosh bo‘lishi kerak. Qorishmaning mustahkamligi uning markasi bilan baxolanadi. Bu marka qorishmadan qirralari 7 sm li 28 kun normal sharoitda (t=20±2°C, namlik 65±5%) saqlangan kublar siqilganda ko‘rsatgan vaqtli qarshilik (kg/sm 2 da) bilan belgilanadi. Qorishmalar uchun 4, 8, 10, 25, 50, 75, 100, 150, 200 loyiha markalari belgilangan.
Armotosh konstruksiyalarga ishlatiladigan armatura A-I klassdagi qaynoq xolida prokatlangan po‘lat, A-II sinfdagi, diametri 6 dan 40 mm gacha bo‘lgan davriy profilli po‘lat, shuningdek, Vr-I sinfdagi, diametri 3-8mm li sovuqlayin cho‘zib taram-taram qilingan oddiy armatura simlardan iborat.
Tosh-g‘isht devorning mustahkamligi tosh bilan qorishmaning mustahkamligiga, terish sifatiga va boshqa omillarga bog‘liq. Tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, devorning tik choklari amalda xech qanday ish bajarmaydi, chunki qorishma qota boshlagach kirishib, tosh bilan bog‘lanishi buziladi.
Yuk devorning yuqori qatorlaridan pastki qatorlariga gorizontalp choklar orqali beriladi. Korishmaning kotishi bir xil bulmaganligi va toshlar notekis bo‘lganligi sababli, yuk ayrim nuqtalarga bir tekis uzatilmaydi. Natijada, sikilgan devordagi toshlar faqat siqilibgina qolmay, balki egiladi va xatto darz ketadi.
O‘q bo‘ylab siqilish jarayonida, xar qanday material singari devor ham ko‘ndalangiga deformatsiyalanadi. Qorishmaning ko‘ndalangiga deformatsiyalanishi, odatda, toshnikidan ortiq bo‘ladi. Qorishma bilan tosh o‘zaro bog‘langanligi sababli, ular mustakil deformatsiyalana olmaydi. Buning oqibatida bog‘lanishning gorizontal tekisliklari bo‘ylab urinma kuchlanish paydo bo‘ladi. Bu kuchlanish ta’siri ostida qorishma siqiladi, tosh esa ko‘ndalang yo‘nalishda cho‘ziladi. Qorishma qancha kuchsiz bo‘lsa, cho‘zuvchi kuchlanishlar shuncha katta bo‘ladi. Shu sababli qorishmaning mustahkamligi kamayadi.
Tik siquvchi yukning devorni buzish darajasiga qadar ortib borishi 4 bosqichda o‘tadi. I-bosqich (devordagi kuchlanish buzuvchi kuchlanishning 50% idan kam) - devor yaxlit materialdek ishlaydi, unda yoriqlar paydo bo‘lmaydi; II-bosqichda ayrim g‘ishtlarda maxalliy tik yoriqlar paydo bo‘ladi; ular balandlik bo‘ylab devorning 1-3 qatorigacha tarqaladi. Bu yoriqlar, odatda, xali xavfli hisoblanmaydi, chunki ular uzgarmaydigan yuk ta’sirida boshqa tarkalmaydi, kuchlanish esa buzuvchi kuchlanishning faqat 50-70% ini tashkil etadi; shu bilan birga juda pishiq qorishma ishlatilgan devordagi kuchlanish buzuvchi kuchlanishning 70-80% iga yetishi mumkin. Yukning bundan keyingi ortishi
(III bosqich) da tik yoriqlarning ayrimlari tutashadi, buning oqibatida material alohida ustunchalarga bo‘linadi; bu paytda devordagi kuchlanish buzuvchi kuchlanishlarning 80-90% iga teng bo‘ladi. Nixoyat, devorning buzilishi IV bosqichda boshlanadi. Bunda materialda ilgari paydo bo‘lgan ayrim ustunchalar ustivorligini yo‘qotib, buziladi. 10 va undan yuqori markadagi qorishmalarda tiklangan devorning siqilishga vaqtli qarshiligi Ru(mustahkamlik chegarasi) L.I.Onishchik formulasidan aniqlanadi:
Ru=KRR1[1- ], (32.1)
bu yerda R1, R2- tosh-g‘isht va qorishmaning tegishlicha mustahkamlik chegarasi; a va v-devor turini hisobga oluvchi empirik koeffitsientlar: a=0,09-0,2; v=0,25-0,30; KR- konstruktiv koeffitsient.
Devorning siqilishga bo‘lgan mustahkamligidan tashqari, ba’zi
xollarda cho‘zilish va kesilishga bo‘lgan mustahkamligini e’tiborga
olishga to‘g‘ri keladi. Devorning cho‘zilishi bog‘langan va bog‘lanmagan
kesimda sodir bo‘lishi mumkin (32.2.-rasm).

32.2-rasm. Terimning cho‘zilish sxemasi:
a)-bog‘lanmagan kesimda; b)-bog‘langan kesimda

Bog‘langan kesim bo‘ylab cho‘zilishda devor qorishma bo‘yicha (1-1) yoki tosh-g‘isht va qorishma (2-2 yoki 3-3) bo‘yicha buziladi. Bog‘lanmagan kesimda devor, odatda, tosh-g‘isht bilan qorishmaning gorizontal choklariga tutashgan joyidagi tekislik bo‘yicha buziladi. Biroq, qorishmaning cho‘zilish vaqtidagi mustahkamlik chegarasi tosh bilan qorishma o‘rtasidagi bog‘lanishdan kam bo‘lib qolsa, unda devor qorishma bo‘yicha buzilishi mumkin.


Devorning bog‘langan kesim bo‘ylab markaziy cho‘zilishi doiraviy rezervuarlar, silos minoralari va boshqa inshootlarni hisoblashda, egilishda cho‘zilishi esa devorlar va ustunlarning nomarkaziy siqilishini hisoblashda e’tiborga olinadi.
Ba’zi xollarda tosh devor kesilishga ham ishlashi mumkin.
Bunda kesilish bog‘langan va bog‘lanmagan kesim bo‘ylab ham sodir bo‘lishi mumkin.

Download 3,12 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   69




Download 3,12 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tosh-g‘isht konstruksiyalar uchun ishlatiladigan materiallar

Download 3,12 Mb.