• 15.2-Mavzu: Armotosh konstruksiyalarning o‘ziga xos konstruktiv xossalari va ularni hisoblash asoslari
  • Tosh-g‘isht devorning deformatsiyalanishi




    Download 3,12 Mb.
    bet42/69
    Sana23.11.2023
    Hajmi3,12 Mb.
    #103821
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   69
    Bog'liq
    ~WRD1054 (1)

    Tosh-g‘isht devorning deformatsiyalanishi. Devor elastik jism bo‘lmaganligi uchun kuchlanishlar bilan deformatsiyalar o‘rtasidagi bog‘liqlik chiziqli bo‘lmaydi (32.3.-rasm). Tosh-g‘isht terimning berilgan kuchlanishlar bo‘yicha deformatsiya moduli bu kuchlanishlarga to‘g‘ri keladigan nuqtadagi egri chiziqka o‘tkazilgan urinma qiyalik burchagining tangensi orqali ifodalanadi.

    32.3-rasm. Terimning qisqa muddatli siqilishida kuchlanish-
    deformatsiyalarining o‘zaro bog‘liqligi

    Terim deformatsiyasining moduli L.I.Onishchik formulasidan


    Ye=Ye0(1- ) (32.2)
    yoki qurilish me’yorlarida belgilanganidek, Ye=0,8Eo bo‘yicha aniqlanadi.
    bu yerda Yeo-elastiklik moduli; Ru -tosh-g‘isht terimning siqilishga bo‘lgan mustahkamlik chegarasining o‘rtacha qiymati.
    Elastiklik modulining vaqtli qarshilikka proporsionalligi tajriba yo‘li bilan aniqlangan. Armaturalanmagan terim uchun elastiklik moduli quyidagi formula orqali topiladi.
    Ye0= Ru,
    bu yerda - terimning elastiklik xarakteristikasi.
    Devorning siqilishga bo‘lgan mustahkamlik chegarasi (vaqtli qarshiligi)ning o‘rtacha qiymatini quyidagi formuladan aniqlash mumkin: Ru= k× R, bu yerda R-terimning hisobiy qarshiligi; k-xavfsizlik koeffitsienti.

    15.2-Mavzu: Armotosh konstruksiyalarning o‘ziga xos konstruktiv xossalari va ularni hisoblash asoslari



    Reja:

    1. Armotosh konstruksiyalarning o‘ziga xos konstruktiv xossalari.

    2. Armotosh konstruksiyalarni hisoblash asoslari.

    3. To‘rsimon armaturalanadigan elementlarni hisoblash.

    Po‘lat armatura bilan kuchlantirilgan tosh-g‘isht konstruksiyalar armotosh konstruksiyalar deyiladi. Armaturalash tosh-g‘isht terimning mustahkamligi va ustivorligini oshiradi. Armotosh konstruksiyalarga ishlatiladigan qorishmaning markasi kamida 50 bo‘lishi kerak. Bunday markadagi korishma armaturani korroziyadan saklaydi. Terimlarni armaturalashning ikkita asosiy turi qo‘llaniladi: ko‘ndalang (tursimon) armaturalash (bunda terimning gorizontal choklariga po‘lat simdan to‘qilgan yoki payvandlangan turlar joylashtiriladi (34.1 a, b-rasm) va bo‘ylama armaturalash (temirbeton konstruksiyalarni armaturalashga o‘xshash) (34.1 v, g-rasm). Bu xilda armaturalangan terimni temirbeton yordamida mustahkamligini oshirish mumkin. Shunday qilinganda kompleks konstruksiya hosil bo‘ladi (34.1 d-rasm).



    34.1-rasm. Armotosh konstruksiyalar:


    a-to‘g‘ri to‘rtburchak sim turlar bilan armaturalanganlari; b-"zigzag" tipidagi turlar bilan armaturalangan; v-kompleks konstruksiya (temirbeton gardish bilan kuchaytirilgan terim); g-bo‘ylama armaturalangan terim; d-kompleks konstruksiya;
    1-terim; 2-sim tur; 3-bo‘ylama sterjenlar; 4-xomutlar; 5-beton

    Kam egiluvchan ustunlar va derazalar (eshiklar) o‘rtasidagi oradevorlarning yuk ko‘tara oluvchanligini oshirishning asosiy yo‘li ko‘ndalang armaturalash hisoblanadi. Tosh-g‘isht terimning gorizontal choklariga qo‘yiladigan po‘lat sterjenlar terimga nisbatan birmuncha yuqori egiluvchanlik moduliga ega bo‘ladi. Bu esa terimning ko‘ndalang yo‘nalishda siqilishdan zo‘riqishi ta’sirida ko‘ndalang deformatsiya paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. O‘q bo‘ylab siquvchi yuk ta’siri ostida to‘rlar bilan armaturalangan terim uch xil siqilish sharoitida ishlaydi.


    Okuvchanlik chegarasi 350 MPa dan ortiq bo‘lmagan armaturalardan tayyorlangan turlar bilan armaturalash samarali hisoblanadi. To‘rsimon armaturalashning samadorligi qorishmaning mustahkamligiga ham bog‘liq bo‘ladi.
    Tursimon armaturalashda hisobiy qarshilik temirbeton konstruksiyalardagidek olinadi. Turlar to‘g‘ri burchakli (diametri 6 mm gacha bo‘lgan sterjenlar ishlatilganda) yoki "zigzag" tipida (diametri 8 mm li sterjenlar ishlatilganda) bo‘lishi mumkin. Diametri 5 mm dan ortiq bo‘lgan sterjenlardan tayyorlangan to‘g‘ri to‘rtburchak to‘rlar ishlatilganda qorishma chokini juda qalin yotqizish kerak bo‘ladi. Bunda to‘r sterjenlari kesishgan joylarda kuchlanishlar konsentratsiyasi vujudga kelishi mumkin. Bu xol terim mustahkamligiga salbiy ta’sir etadi. Shuning uchun sterjenlarning diametri katta bo‘lsa, terim "zigzag" tipidagi to‘rlar bilan armaturalanadi.
    Tur sterjenlari o‘rtasidagi masofa kamida 3 sm va ko‘pi bilan 12 sm bo‘lishi, armaturalanish koeffitsienti esa 0,1 dan 1,0% gacha bo‘lishi kerak. To‘rlar elementning balandligi bo‘ylab terimning xar besh qatoriga qo‘yib boriladi (to‘rdagi sterjenlarning diametriga nisbatan chok 4mm qalin bo‘lishi kerak).
    Armotosh konstruksiyalarda to‘rsimon armaturalashdan tashqari sterjenlar bilan bo‘ylama armaturalash ham qo‘llaniladi. Bu xil armaturalashda sterjenlarni terim sirtidan yoki ichidan qo‘yib, choklari xomutlar bilan bog‘lanadi.

    Download 3,12 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   69




    Download 3,12 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tosh-g‘isht devorning deformatsiyalanishi

    Download 3,12 Mb.