Tasodifiy yelkali elementlarning egiluvchanligini hisoblash. Siqiluvchi elementlarni hisoblashdan oldin uning hisoblash tarhi tanlanadi (30.5–rasm). Elementning hisobiy balandligi uning egiluvchanligiga bog‘liq. Elementning egiluvchanligi =lo/r, bu yerda r–kesimning inersiya radiusi.
Me’yorlarga ko‘ra tasodifiy ea yelka h/30 yoki l/600 nisbatlarning kattasiga teng qilib olinishi kerak.
14.2-Mavzu: Siqilgan temirbeton elementlarni mustahkamlikka hisoblash
Reja:
Tasodifiy yelkali elementlarni hisoblash.
Nomarkaziy siqilgan temirbeton elementlarni hisoblash.
Siqilgan elementlar armaturasining yuzasini aniqlash.
Siqilgan elementlarning hisobiy sxemalari.
Tasodifiy yelkali elementlarni hisoblash. Siqilishga ishlovchi temirbeton elementlar - bu ustunlar, fermalarning yuqorigi belbog‘lari va panjaralarining ba’zi bir elementlari, arkalar va rama konstruksiyalaridir. Lekin eng ko‘p tarqalgan siqilishga ishlovchi elementlar bu ustunlardir. Amalda har qanday temirbeton elementlarga ta’sir etayotgan bo‘ylama siquvchi kuchlar ekssentrisitet orqali ta’sir etadi. Agar loyihada ekssentrisitet ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, betonning har xil jinsliligi, montaj ishlaridagi noaniqliklar sababli tasodifiy ekssentrisitet hosil bo‘lishi mumkin. Tasodifiy ekssentrisitetni aniqlashning uch xil turi mavjud. Bunda tasodifiy ekssentrisitet ning qiymati element ko‘ndalang kesimi balandligining 1/30 yoki element uzunligining 1/600 qismiga teng qilib, eng kamida 1 sm qilib olinadi. Agar elementga bir vaqtda bo‘ylama siquvchi kuch-N va eguvchi moment-M ta’sir etayotgan bo‘lsa u holda ekssentrisitet qiymati qo‘yidagicha qabul qilinadi:
.
Tashqi kuchlarni ta’sir etish xususiyatiga ko‘ra nomarkaziy siqilishga ishlovchi elementlar ko‘ndalang kesimi to‘g‘ri burchakli, qo‘shtavrli, tavrsimon, halqasimon va boshqa ko‘rinishlarda bo‘lib, aksariyat hollarda moment ta’sir qiladigan tekislik tomonga rivojlantirilgan bo‘ladi. Bundan tashqari bu elementlar ikki tarmoq (yo‘nalish)li bo‘lishi ham mumkin. Nomarkaziy siqilishga ishlovchi elementlarning ko‘ndalang kesim o‘lchamlari shunday qabul qilinishi kerakki ikkala yo‘nalishda ham egiluvchanlik talablariga javob berishi kerak.
Nomarkaziy siqilishga ishlovchi elementlarni hisoblash usuli ularni buzilish tavsifiga bog‘liq bo‘lib, bu o‘z navbatida ekssentrisitetlar qiymatiga va elementni S va S1 armaturalar bilan ta’minlanganlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Agar tashqi kuch katta ekssentrisitet bilan qo‘yilgan bo‘lsa, ya’ni R, bunda cho‘ziluvchi armatura S tomondagi betonda yoriqlar paydo bo‘ladi va cho‘ziluvchi armaturadagi kuchlanish uning oquvchanlik chegarasiga yetadi, shundan keyingina siqiluvchi betonni buzilishi ro‘y beradi. Bu birinchi hisobiy holat deyiladi.
Agar tashqi kuch kichik ekssentrisitet bilan qo‘yilgan bo‘lsa, ya’ni >R, bunda armatura S juda kam cho‘zilgan yo hattoki siqilgan bo‘lib, elementning buzilishi siqiluvchi beton va armaturalardagi kuchlanish ularning vaqtli qarshiligi chegaraviy miqdoriga yetgandan so‘ng yuz beradi. Bu ikkinchi hisobiy holat deyiladi.
Nomarkaziy siqilgan elementlarga, ularni hisoblash natijalaridan qat’iy nazar, 1 jadvalda berilgan armaturalar miqdoridan kam armatura qo‘yilmasligi kerak.
31.1-jadval.
Nomarkaziy siqilgan elementlar uchun bo‘ylama armaturalar kesim yuzasining eng kichik miqdori.
Egiluvchanlik
|
17
|
17 35
|
35 83
|
83
|
As va As1 %
|
0,05
|
0,10
|
0,20
|
0,25
|
Siqiluvchi elementlarni hisoblashdan oldin uning hisoblash tarhi tanlanadi
Tasodifiy yelkali siqiluvchi elementning yuk ko‘tarish qobiliyati (31.3) formula bo‘yicha tekshiriladi (12.1–rasm, a). Agar elementning ko‘ndalang kesim o‘lchamlari ma’lum bo‘lsa, (13.3) formuladan armaturaning yuzini aniqlasa bo‘ladi:
As+A's=(N/ Rsc) – (ARb/Rsc). (31.1)
bu yerda: –bo‘ylama egilish koeffitsienti ketma–ket yaqinlashuv usulidan foydalanib aniqlanadi.
Elementning ko‘ndalang kesim o‘lchamlari va armatura yuzasini dastlabki aniqlashda qo‘yidagi tengliklar qabul qilinadi:
==1, As+A’s=A=0,001A. (31.2)
Kesim yuzasi A (30.3) dan topiladi.
A=N/[(Rb+Rsc)]. (31.3)
Agar =1...2 % ni tashqil etsa, kesim to‘g‘ri tanlangan bo‘ladi.
Armaturalash foizining miqdori min=0,05 % < < max=3 % oralig‘ida bo‘ladi.
|