• Ramalarni gorizontal yuk ta’siriga hisoblash.
  • Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
  • Ramalarni vertikal yuklar tasiriga hisoblash




    Download 3,12 Mb.
    bet69/69
    Sana23.11.2023
    Hajmi3,12 Mb.
    #103821
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69
    Bog'liq
    ~WRD1054 (1)

    Ramalarni vertikal yuklar tasiriga hisoblash. Ko‘p qavatli rama yuqori, o‘rta va quyi qavatlarni o‘zida mujassamlashtirgan uch xil bir qavatli ramalarga ajratiladi (1,b–rasm). Tayyor jadvallardan foydalangan holda har qaysi rama alohida hisoblanadi. Rama rigellaridagi tayanch momentlari quyidagi formuladan aniqlanadi:
    M=(g+)l2, (4)
    bu yerda  va  – oraliqlar soni, yuklanish sxemasi hamda ustun va rigel bikirliklari nisbatiga bog‘liq bo‘lgan koeffitsient. g va v – 1 m rigelga to‘g‘ri keladigan doimiy va muvaqqat yuk; l – rigel uzunligi.Ustunlardagi eguvchi momentlar tugunda rigellar tayanchida hosil bo‘lgan momentlar farqini ustunning nisbiy bikirligiga mutanosib ravishda taqsim qilish yo‘li bilan aniqlanadi. Doimiy va muvaqqat yuklarning turli xil ko‘rinishdagi yig‘indilari uchun qurilgan eguvchi moment va ko‘ndalang kuchlar epyuralari asosida umumlashma epyura ko‘riladi va zo‘riqishlar qayta taqsimlanadi. Agar rama oraliqlari uchtadan ortiq bo‘lsa, rama baribir uch oraliqli deb qaralaveradi.
    Ramalarni gorizontal yuk ta’siriga hisoblash. Ramalarni gorizontal kuchlar (shamol, zilzila) ta’siriga hisoblaganda taqribiy usullardan foydalaniladi. Yoyiq gorizontal yuklar rama tugunlariga qo‘yiluvchi yig‘ik kuchlar bilan almashtiriladi. Ustunlardagi eguvchi momentning nolga teng bo‘lgan qiymati, birinchi qavatdan boshqa qavatlarda, ustunning o‘rtasida joylashgan deb olinadi. Birinchi qavatda esa (ustun poydevorga mahkam biriktirilgan bo‘lsa) nol nuqta balandlikning 2/3 qismida yotadi (3–rasm).
    Qavatga ta’sir etuvchi umumiy ko‘ndalang kuch

    Qi=Wn+Wn–1+...+Wi+1+Wi (5)


    bo‘lib, har bir ustunga ularning bikirligiga mutanosib ravishda taqsimlanadi:
    (6)
    bu yerda V – ustun kesimining bikirligi; t – qavatdagi ustunlar soni.
    Topilgan ko‘ndalang kuchlar asosida barcha qavat ustunlarida (birinchi qavatdan tashqari) hosil bo‘ladigan eguvchi momentlar aniqlanadi:
    M=Qkh/2. (7)
    Birinchi qavatda ustunning ustki Mt va pastki M kesimlarida hosil bo‘ladigan eguvchi moment quyidagi formulalardan topiladi:

    1–rasm. Ko‘p qavatli ramaning hisobiy sxemasi (a)


    va ko‘p qavatli ustunning momentlar epyurasi (b)

    2 – rasm. Qo‘p qavatli ramalarni vertikal yuklar ta’siriga hisoblashga doir


    Mt=Qkh/3; Mb=Qk2h/3. (8)

    Rigellardagi tayanch momentlari tugunlar muvozanatidan aniqlanadi.


    Turli xil (doimiy va muvaqqat) yuklar uchun qurilgan eguvchi moment M va ko‘ndalang kuchlar Q epyuralari asosida umumlashma epyuralar quriladi, plastik deformatsiyalar hisobiga rigellardagi zo‘riqishlar qayta taqsimlanadi; ustun va rigellar hisobi ana shu qayta taqsimlangan epyuralar bo‘yicha bajariladi.

    3– rasm. Qo‘p qavatli ramalarni gorizontal yuklar ta’siriga hisoblashga doir


    Rigellar egiluvchi elementlar sifatida normal va og‘ma kesimlar bo‘yicha hisoblanadi. Ustunlar esa nomarkaziy siqiluvchi elementlar singari hisoblanadi.

    Mavzuni mustahkamlash uchun savollar

    • Bir qavatli ishlab–chiqarish binolari ustunlarini chizing.

    • Ko‘p qavatli binolar ustunlarini chizing.

    • Hisoblash pinsiplari.

    Ustun va uni konsollarini armaturalash sxemasini keltiring
    Download 3,12 Mb.
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69




    Download 3,12 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ramalarni vertikal yuklar tasiriga hisoblash

    Download 3,12 Mb.