|
Oldindan zo‘riqtirilgan temirbeton elementlardagi kuchlanishlarni yo‘qotilishi
|
bet | 67/69 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 3,12 Mb. | | #103821 |
Bog'liq ~WRD1054 (1)Oldindan zo‘riqtirilgan temirbeton elementlardagi kuchlanishlarni yo‘qotilishi
Armaturani taranglash chog‘ida unda oldindan uyg‘otilgan kuchlanishlar vaqt o‘tishi bilan qaytmas yo‘qotishlar evaziga kamayib boradi. Ushbu yo‘qotishlar betonning kirishishi va tob tashlashi, armaturadagi kuchlanishlarning relaksatsiyasi (kamayishi), ankerlar deformatsiyasi, armaturaning tuynuk devorlariga ishqalanishi va boshqa har xil sabablar natijasida sodir bo‘ladi. Hammasi bo‘lib yo‘qotilishlarning 11 ta turi mavjud 9.
Oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalarni hisoblashda ana shu yo‘qotishlarni e’tiborga olish lozim, chunki ular zo‘riqtirilgan armaturadagi kuchlanishning kamayishiga olib keladi.
Yo‘qotishlar ikki guruhga bo‘linadi. Birinchi yo‘qotishlar los 1 element tayyorlanayotgan va beton siqilayotgan davrda sodir bo‘ladi. Ikkinchi yo‘qotishlar los 2 esa beton siqilgandan keyin hosil bo‘ladi.
Agar armaturalar tayanchlarga tortib taranglangan bo‘lsa, u holda birinchi gurux yo‘qotishlar quyidagicha aniqlanadi:
slos 1=s1+ s2+ s3+ s4+ s5+s6
ikkinchi gurux yo‘qotishlar
slos 2=s8+ s9
Agar armaturalar betonga tortib taranglangan bo‘lsa, u holda
slos 1=s3+ s4
slos 2=s1+ s8+ s9+ s10+ s11 teng bo‘ladi
yo‘qotishlar miqdori 9-ilovaga asosan aniqlanadi, bunda umumiy miqdori
slos =slos 1+slos 2
bo‘ladi, lekin konstruksiyani loyihalashda yo‘qotishlarning umumiy me’yor bo‘yicha miqdori 100 MPa dan kam bo‘lmasligi kerak.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Oldindan zo‘riqtirilgan temirbetonning afzalliklari.
2.Oldindan zo‘riqtirishning moxiyati
3.Taranglashgan usullari
4.Oldindan zo‘riqtirilgan temirbeton elementlardagi kuchlanishlarni yo‘qotilishi
|
| |