|
1-Mavzu: Bino inshootlar konstruksiyalarini xisoblash va loyixalash tartibi. Reja
|
bet | 64/69 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 3,12 Mb. | | #103821 |
Bog'liq ~WRD1054 (1)Tasmasimon va yaxlit poydevorlar. Tasmasimon poydevorlar uzun devorlar ostiga, o‘zaro yaqin joylashgan ustun qatorlari ostiga, zaif gruntli imoratlar ostiga o‘rnatiladi. Alohida poydevorlar orasi qisqa bo‘lsa, ularni o‘zaro birlashtirib, tasma ko‘rinishiga keltirish maqsadga muvofiqdir.
Tasmasimon poydevorlar 8,a,b–rasmda ko‘rsatilgandek, quyma (yaxlit) yoki yig‘ma bo‘lishi mumkin. Yig‘ma poydevorlar, o‘z navbatida, yaxlit, qobirg‘ali yoki bo‘shliqli bloklardan tashkil topadi (8,v–rasm).
8–rasm. Tasmasimon poydevorlar: a –tasmasimon poydevor tarhi;
b – tasmasimon yaxlit poydevor kesimi; v – devor osti tasmasimon yig‘ma poydevorlar
Devor osti tasmasimon poydevorlari. Odatda, ular yig‘ma bo‘lib, alohida yostiq–blok va poydevor bloklaridan tashkil topadi. Yostiq–bloklar to‘g‘ri to‘rtburchak yoki trapesiya kesimli yaxlit, qobirg‘ali yoki bo‘shliqli bo‘ladi. Yon ko‘rinishi trapesiya shakliga ega bo‘lgan yaxlit bloklar keng tarqalgan. Ularning tagiga bitta armatura to‘ri qo‘yiladi, shuning uchun ularni tayyorlash boshqa blok turlariga qaraganda ancha oson.
Yostiq–bloklar o‘zaro zich qilib yoki orasida kichik joy qoldirib teriladi. Yostiq–blokning kengligi hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi; buning uchun me’yoriy yukni grunt qarshiligiga bo‘linadi. Yostiqning mustahkamligi faqat ko‘ndalang yo‘nalishda tekshiriladi. Bunda yostiqning hisoblash tarhi konsol to‘sin ko‘rinishida olinib, unga faqat grunt bosimi ta’sir etadi, deb faraz qilinadi. Armatura yuzasi moment M = r12/2 bo‘yicha aniqlanadi (8,b–rasm). Yostiq qalinligi h betonga ta’sir etuvchi ko‘ndalang kuch Q=pl orqali topiladi, biroq h ning qiymati 200 mm dan kam bo‘lmasligi kerak.
Nomarkaziy yuklangan poydevorlar. Ular moment ta’sir qiladigan tekislikka cho‘zilgan to‘g‘ri to‘rtburchak kesimli qilib tayyorlanadi. Poydevor tagining o‘lchamlari uning chetidagi gruntga tushadigan bosim 1,2R dan, o‘rtacha bosim esa R dan oshmaslik shartidan aniqlanadi.
Poydevorni gruntga to‘liq yoki to‘liqsiz tegishida poydevor tagidagi bosim epyurasi trasesiya (9,a–rasm) va uchburchak (9,b–rasm) shaklida bo‘ladi.
Poydevor tagidagi gruntga tushadigan bosim quyidagi formulalardan aniqlanadi:
bir ishorali bosim uchun, ya’ni
eof= Mnf/Nnf a/6 bo‘lsa,
rn,1,2 = (Ninf /ab) (6Minf/ba2); (8)
ikki ishorali bosim uchun, poydevorning uzilishi sodir bo‘lganda, ya’ni, eof= Minf/Ninf a/6 bo‘lsa,
pn1 = 2Ninf/by = 2Ninf/3b(0,5a – eof), (9)
9–rasm. Nomarkaziy yuklangan poydevor tagidagi gruntga tushadigan bosim epyurasi
bu formulalarda Ninf va Minf – poydevor tagidagi keltirilgan kuch
Ninf = Nn + mHA; Minf = Mn + Qinfh, (10)
bunda Ninf, Minf, Qinf – yuklar bo‘yicha ishonchlilik koeffitsienti f=1 da aniqlangan, poydevor ustidagi ustunga ta’sir qiluvchi bo‘ylama kuch, eguvchi moment va ko‘ndalang kuchlar.
Poydevor tagining o‘lchamlari tanlash yo‘li bilan aniqlanadi. Dastlab tomonlar nisbatini m = b/a = 0,6…0,8 olib, grunt bosimining epyurasi trapesiya ko‘rinishida bo‘lganda, poydevor tagining tomonlarini o‘lchamlarini aniqlash mumkin:
a == yeof(2 + ), (11)
bunda k = Nn/(1,2R – mH)me . (12)
Olingan o‘lchamlarni a va b yaxlitlab, (8) formuladan gruntga tushadigan bosim tekshiriladi. Bunda rn11,2R; 0,5(pn1 + pn2) R shart bajalilishi shart.Nomarkaziy yuklangan poydevorning balandligi markaziy yuklangan poydevordagi kabi aniqlanadi.Nomarkaziy yuklangan poydevorning ezilishga (prodavlivanie) mustahkamligi gruntning eng katta reaktiv bosimiga tekshiriladi.
FRbtumho, (13)
mustahkamlik shartida ezadigan kuch F = p1Afo deb qabul qilinadi, bunda Afo – poydevor tagi yuzasining bir qismi (10–rasmda shtrixlangan yuza); p1– gruntning maksimal reaktiv bosimi; um=2(hc+bc+2ho) – poydevor ishchi balandligi ho oralig‘ida bosish piramidasining ostki va ustki perimetrlari orasidagi o‘rta arifmetik qiymati. Ezilish piramidasining o‘rtacha perimetri it uning qirrasini o‘rtacha o‘lchami bt= 0,5(bc–bo) bilan almashtiriladi.
Gruntning reaktiv bosimi hisobiy yuklarning ta’siridan m >1 bo‘lganda, poydevor va grunt vaznini hisobga olmasdan aniqlanadi.
P1,2 = Nf/ba 6Mf/ba2, (14)
Poydevorni ko‘ndalang kuch ta’siriga hisobi va armaturani tanlash markaziy yuklangan poydevordagi kabi moment ta’sir qiladigan va unga tik bo‘lgan tekislikda olib boriladi.Eguvchi moment va ko‘ndalang kuchlar I–I, II–II kesimlarda va shunga o‘xshagan tik tekislikning III–III va IV–IV kesimlarida aniqlanadi. Poydevor konsoliga ta’sir qiladigan moment va ko‘ndalang kuchlarning qiymatlarini grunt reaktiv bosimining trapesiya ko‘rinishidagi epyurasini unga teng bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak ko‘rinishiga almashtirib aniqlashga ruxsat etiladi (10–rasmda punktirli chiziq).
|
| |