|
Amaliy mashg‘ulot – 15. Ko‘p qavatli bino konstruksiyalari. (to‘sinlar, ustunlar, plitalar va poydevorlar) loyihalash va hisoblash
|
bet | 68/69 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 3,12 Mb. | | #103821 |
Bog'liq ~WRD1054 (1)Amaliy mashg‘ulot – 15. Ko‘p qavatli bino konstruksiyalari. (to‘sinlar, ustunlar, plitalar va poydevorlar) loyihalash va hisoblash
Ko‘p qavatli binolarni hisoblash. Zamonaviy ko‘p qavatli binolar turli xil elementlarni o‘z ichiga olgan murakkab fazoviy tizimlardan tashkil topadi. Bunday binolarni hisoblashda barcha konstruktiv xususiyatlari, ta’sir etuvchi yuklarning tavsifini e’tiborga olish qiyin masalalardan sanaladi. Tabiiyki, bunday hisoblarni bajarishda loyihachi eng avval EHM ga suyanadi.
Murakkab hisoblarni amalga oshirishda loyihachiga hisobning muhandislik uslublari hamda yordamchi jadvallar ham juda qo‘l keladi. Shuningdek hisobning soddalashtirilgan usullari ham mavjud. Masalan, fazoviy tizimni bir necha yassi tizimlarga ajratib, ularning har qaysisini mustaqil ravishda hisoblanadi. Binoning ayrim elementlarida hosil bo‘ladigan zo‘riqishlarni taqriban aniqlashda shu usuldan foydalaniladi, ko‘pincha bu usul aniq natijalar beradi.
Ko‘p qavatli binolar asosiy va maxsus yuklar ta’siriga hisoblash. Hisob ustun va rigellarning nisbiy bikirliklarini aniqlashdan boshlanadi. Buning uchun, mavjud konstruksiyalarga o‘xshatma ravishda, elementning ko‘ndalang kesim o‘lchamlari belgilanadi. Rigelning kesimini taqribiy hisob asosida, masalan, tayanch momenti orqali aniqlasa ham bo‘ladi:
M=(0,6…0,7)Mo, Mo= (g+)l02 /8, (1)
bu yerda g va v – rigelning 1 m ga mos bo‘lgan doimiy va muvaqqat hisobiy yuk; lo – rigelning hisobiy uzunligi. Rigelning ko‘ndalang kesimlari:
. (2)
Ustunning ko‘ndalang kesimi
Ak=(1,2...1,5)N/Rb, (3)
bu yerda 1,2. ..1,5–ustunga eguvchi moment ta’sirini hisobga oladigan koeffitsient; N – yuk maydoni bo‘yicha hisoblangan bo‘ylama kuch.
Kesimlar taqribiy usulda tanlangach, ustun bilan rigel kesimlari bir–biriga moslashtiriladi, o‘lchamlar birxillashtiriladi. Ustun va rigellarning nisbiy bikirliklari ana shu qabul qilingan kesimlar bo‘yicha hisoblanadi.
Fazoviy rama sinchini muhandislik uslubida hisoblaganda, uni alohida yassi ramalarga ajratiladi. Bino sinchining ko‘chishlari odatda kichkina bo‘lganligi sababli, kuchlar ta’sirining mustaqilligi qoidasidan foydalanib, har bir rama vertikal va gorizontal yuklar ta’siriga alohida hisoblanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Amaliy mashg‘ulot – 15. Ko‘p qavatli bino konstruksiyalari. (to‘sinlar, ustunlar, plitalar va poydevorlar) loyihalash va hisoblash
|