• Ustun osti poydevorlari.
  • Alohida poydevorning hisobiy sxemasi




    Download 3,12 Mb.
    bet63/69
    Sana23.11.2023
    Hajmi3,12 Mb.
    #103821
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   69
    Bog'liq
    ~WRD1054 (1)

    Alohida poydevorning hisobiy sxemasi

    5–rasm. Alohida poydevor (poyustun)ni hisoblashga doir:


    a – bosim piramidasi; b – poydevor tarhi
    Poydevor tubi armaturalarini aniqlash uchun I–I va II – II kesimlarni mustahkamlikka hisoblaymiz. Bu kesimlardagi hisobiy eguvchi momentlar quyidagi formulalardan aniqlanadi:
    MI–I=0,125P(a–hk)2b, MII–II=0,125P(aa1)2b. (6)
    Ishchi armaturaning zaruriy yuzasi
    Asi=MI–I/0,9Rsho, Asi=MII–II/0,9Rsho (7)
    formulalardan aniqlanadi, bu yerda Rs – armaturaning hisobiy qarshiligi.
    Poydevor tagining kengligi 3 m gacha bo‘lganda As1 va As2 dan qaysi biri katta bo‘lsa, armatura diametri va soni o‘shanga qarab tanlanadi. Tag kenglik 3 m dan ortiq bo‘lsa, armaturani tejash maqsadida sterjenlardan yarmining uzunligini 1/10 ga qisqartirish mumkin. Poydevor armaturasining minimal ruxsat etilgan foizi egiluvchan elementlardagi kabi bo‘ladi.
    Ustun osti poydevorlari. Tosh, g‘isht yoki beton poydevor o‘rniga temirbeton poydevor ishlatilsa, uning chuqurligini ancha kamaytirish imkoniyati tug‘iladi. Bu esa poydevorning arzonlashuviga olib keladi. Bunday poydevorlarning afzalligi shundan iboratki, bular yig‘ma temirbeton poydevorlar qo‘llash hisobiga tashkil etish samaradorligini yanada oshiradi (6-rasm).



    6–rasm. Ustun ostiga qo‘yiladigan alohida poyustunlar


    Ustun ostiga o‘rnatiladigan alohida poydevorlar ko‘pincha tarhda kvadrat ko‘rinishga ega bo‘ladi. Poydevorga qo‘yiladigan yuk nomarkaziy bo‘lsa, uni to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida olinadi. Kichik yig‘ma poydevorlar butun piramida (6,a–rasm) yoki pog‘onali (6,b–rasm) ko‘rinishda ishlanadi, kattaroqlari esa bir necha bo‘lakdan tashkil topadi (6,v–rasm).
    Yig‘ma ustunlar poydevorga bikir mahkamlanadi. Ustunning poydevor ichiga kirib turish chuqurligi ustun ko‘ndalang kesimining katta o‘lchamidan kichik bo‘lmasligi yoki ustunning bo‘ylama ishchi armaturasi 20d dan kam bo‘lmasligi lozim (7,b–rasm). Ustun ostiga poydevor chuqurchasiga (stakanga) 50 mm qalinlikda beton quyiladi, chuqurcha devorlari bilan ustun orasidagi masofa pastda 50 mm, yuqorida 75 mm ni tashkil etadi. Stakan tubi va devorlarining qalinligi 200 mm dan kam bo‘lmasligi kerak. Stakan devorlari hisoblanmay, konstruktiv armaturalanadi, biroq, ularni armaturalash shart emas.

    7–rasm. Stakan turidagi yig‘ma poydevorlar: a–lotokli kanal tayanchining poydevori; b–shunga o‘xshash, ishlab–chiqarish binosining ustunlari; v, g – pog‘onali poydevorlar; 1– montaj ilmoqlari


    Yaxlit poydevorlar ham, yig‘ma poydevorlarga o‘xshab, payvand to‘rlar bilan armaturalanadi (81,d–rasm). Poydevor bilan ustunni bikir biriktirish uchun poydevordan chiqarib qo‘yilgan armatura ustundan chiqib turgan armaturaga payvandlanadi. To‘qima karkaslarda armatura payvandlanmay, yonma–yon qo‘yib bog‘lanadi.Ustunga bikir birikishini ta’minlaydigan yig‘ma poydevorning minimal konstruktiv balandligi h hh+ th,, bunda hh hc+ 5 sm va hhlan + 6 sm bo‘lishi kerakUstun bilan poydevorni biriktirish uchun orasidagi bo‘shliq sinfi V12,5 dan yuqori bo‘lgan beton bilan to‘ldiriladi. Agar stakan devorining balandligi 200 mm va 0,75hi va undan katta bo‘lsa, (bunda hi, – ustki pog‘ona balandligi) uning devorlarini armaturalamasa ham bo‘ladi. Agar bu shart bajarilmasa, unda uning devorlarini hisobga muvofiq armaturalash lozim. Bunda devor qalinligi 150 mm dan kam bo‘lmasligi kerak.

    Download 3,12 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   69




    Download 3,12 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Alohida poydevorning hisobiy sxemasi

    Download 3,12 Mb.